Surunkali yallig'lanish



Yüklə 0,79 Mb.
səhifə3/7
tarix30.01.2023
ölçüsü0,79 Mb.
#81639
1   2   3   4   5   6   7
PATAN 7

KATARAL YALLIG'LANISH


Qataral yallig'lanish suyuq, tinik, ekssudat hosil bo'lishi bilan ta'riflanadi, kataral yallig'lanishda hosil bo'ladigan ekssudat shilimshiq aralashganligi, tarkibida leykotsitlar, limfotsitlar va ko'chib tushgan epitelial hujayralar bo'lishi bilan ajralib turadi. Kataral yallig'lanish odatda yuqori nafas yo'llari, me'da-ichak yo'li shilliq pardalarida boshlanadi (rinit, rinosinusit, gastrit, enterokolit). Ekssudat tarkibi qandayligiga qarab, seroz, shilimshiqli va yiringli katar tafovut qilinadi.
Seroz katar tarkibida arzimas miqdorda leykotsitlar, ko'chib tushgan qoplovchi epiteliy hujayralari va birozgina shilimshiq bo'ladigan loyqaroq suyuq ekssudat hosil bo'lishi bilan ta'riflanadi. Bunda shilliq parda qonga to'lib (giperemiya), bo'rtib turadi. Seroz katar burun shilliq pardasida (o'tkir kataral rinit), vabo kasalligida ingichka ichak shilliq pardasida boshlanadi. Seroz katar tabiatan qaytar bo'ladi.
Shilimshiqli katarda ekssudat tarkibida bir talay shilimshiq, ko'chib tushgan epiteliy hujayralari bo'ladi. Bunday katarni barcha shilliq pardalarda kuzatish mumkin, ko'pincha u traxeya, bronxlar va hazm yo'li shilliq pardasida boshlanadi. Bunda shu joydagi shillik. pardalar qonga to'lib turadi (giperemiya) va yuzasida cho'ziluvchan ekssudat paydo bo'ladi. Bu xildagi o'tkir yallig'lanish qadahsimon hujayralar giperplaziyasi bilan birga davom etib boradi, shu hujayralar bir talay shilimshiq ishlab chiqaradi. Bunday yallig'lanish shilliq pardalarga fizik, kimyoviy va termik omillar, shuningdek mikroorganizmlar ta'sir qilganida boshlanadi.
Yiringli katarda bir talay shilimshiq aralash yiringli ekssudat hosil bo'ladi. Shilliq pardalarda yaralangan, chaqalangan joylar, ya'ni eroziyalar paydo bo'lishi mumkin.
Kataral yallig'lanishning ahamiyati, boshqa turdagi har qanday yallig'lanishning ahamiyati singari, jarayonning qayerda boshlangani va nechog'lik zo'rligiga bog'liq. Nafas yo'llari va ichak shilliq pardalarining kataral yallig'lanishi hammadan katta ahamiyatga ega.



Yüklə 0,79 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin