Surxondaryo viloyati denov tumanidagi denov tadbirkorlik va pedagogika instituti “boshlang’ich ta’lim va sport” yo’nalishi iii-курс 307 –guruh talabasi alimova xosiyatнинг ona tili va bolalar adabiyoti fanidan taqdimoti
1. Qo‘shma gap haqida umumiy tushuncha. Qo’shma gap turlari
SURXONDARYO VILOYATI DENOV TUMANIDAGI DENOV TADBIRKORLIK VA PEDAGOGIKA INSTITUTI “BOSHLANG’ICH TA’LIM VA SPORT” YO’NALISHI III-КУРС 307 –GURUH TALABASI ALIMOVA XOSIYATНИНГ ONA TILI VA BOLALAR ADABIYOTI FANIDAN TAQDIMOTI
Qo‘shma gap haqida umumiy tushuncha.Qo’shma gap bilan sodda gap qiyosiy xarakteristkasi
Ikki yoki undan ortiq sodda gapning mazmun, grammatik va ohang jihatidan birikuvidan tuzilgan gap qo‘shma gap deyiladi: Eshik sekin ochildi-yu, Qalandarovning yuzi ko‘rindi.
Sodda gap tarkibida bitta ega va kesim birligi ishtirok etsa, qo‘shma gap tarkibida ikki va undan ortiq ega va kesim birligi qatnashadi. Qo‘shma gap tarkibidagi sodda gaplar o‘zaro bog‘lovchilar, yuklamalar, ko‘makchilar va fe’l shakllari hamda ohang orqali bog‘lanadi.
Mazmun munosabati va bog‘lovchi vositalarining qo‘llanishiga ko‘ra qo‘shma gaplar 3 xil bo‘ladi: bog‘langan qo‘shma gaplar, ergash gapli qo‘shma gaplar va bog‘lovchisiz qo‘shma gaplar.
Mazmun munosabati va bog‘lovchi vositalarining qo‘llanishiga ko‘ra qo‘shma gaplar 3 xil bo‘ladi: bog‘langan qo‘shma gaplar, ergash gapli qo‘shma gaplar va bog‘lovchisiz qo‘shma gaplar.
Ayrim darsliklarda qo‘shma gaplar quyidagi guruhlarga bo‘linadi:
1) Teng bog‘lovchilar vositasida bog‘langan qo‘shma gaplar. 2) Ergashtiruvchi bog‘lovchilar vositasida bog‘langan qo‘shma gaplar.
3) Bog‘lovchi-yuklamalar vositasida bog‘langan qo‘shma gaplar.
4) Nisbiy so‘zlar vositasida bog‘langan qo‘shma gaplar. 5) Faqat ohang vositasida bog‘langan qo‘shma gaplar.
Ergash va bosh gaplar haqida ma’lumot
Birdan ortiq sodda gaplarning mazmun jihatdan tobe-hokim munosabati asosai, ya’ni birining boshqasiga ergashishidan tuzilgan qo‘shma gap ergash gapli qo‘shma gap deyiladi: Ildiz oziq bersa, novda ko‘karar. Ergashgan gapda bosh gap va ergash gap bo‘ladi.