Ishchi o’quv dasturning maqsadi: O‘quvchilarda hayvonlarning sog’ligini saqlash va ulardan yuqori mahsulotlar olish,yuqumli va ichki yuqumsiz kasallklarning oldini olish chora- tadbirlari bo’yicha ko’nikmalarni shakllantirish.
O‘zlashtirish (o‘qitish) natijalari 1. Ferma qurish uchun joy tanlash, chorvachilik binolarini joylashtirish va qurilish sifatini baholash.
2. Сhorva mollari va parrandalar orasida uchraydigan kasalliklarni oldini olish tadbirlari.
Bilimlar - hayvonlarning sog‘ligini himoya qilish, saqlash, oziqlantirish, sug‘orish, parvarish qilishning chorvachilik mahsulotlarini ko‘paytirishdagi ahamiyati;
- genetika qonunlaridan seleksiya va naslchilik ishida samarali foydalanish hamda chorva mollari, parrandalar va baliqlarni mahsuldorligi bo‘yicha genetik potensialini to‘liq yuzaga chiqarishda biotexnologik usullar to‘g‘risida tasavvurga ega bo‘lishi;
- umumiy patologik jarayonlarni; xirurgik, ichki yuqumsiz, yuqumli va invazion kasalliklarning kelib chiqish sabablari va oldini olish choralari hamda asosiy veterinariyasanitariya tadbirlari.
Ko‘nikmalar - ferma qurish uchun joy tanlash;
- chorvachilik binolarini joylashtirish va qurilish sifati;
- foydalaniladigan yer maydonining me’yori;
- molxonalar o‘lchamlari, mikroiqlim ko‘rsatkichlari, havo almashishi va mutatsiya;
- immunogenetika va hayvonlarda uchraydigan irsiy nuqsonlar, mayib-majruhliklarni oldini olish usullarini bilishi va ulardan foydalana olishi;
- chorva mollari va parrandalar orasida uchraydigan ichki yuqumsiz, yuqumli va invazion kasalliklarni oldini olish hamda qishloq xo‘jalik hayvonlarini bichish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak.
O‘quv rejasiga muvofiq o‘zarobog‘liq bo‘lgan fanning nomi Qishloq xo‘jalik hayvonlari anatomiyasi va fiziologiyasi
O‘qitishni tashkiliy shakli N – Nazariy ta’lim;
A – Amaliy ta’lim;
NA – Nazariy va amaliy ta’lim birgalikda tashkil etiladi;
MX – Maxsus xonada o‘tkaziladigan mashg‘ulot.