Surxondaryo viloyati ijtimoiy iqtisodiy rivojlanishiga transportning tasiri



Yüklə 1,87 Mb.
səhifə12/20
tarix06.06.2023
ölçüsü1,87 Mb.
#125899
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   20
Umar magistr07

Stansiyalar nomi

Oraliq masofasi (km)

1

Oqnazar - SHо‘rob

9.83

2

Shurob - Darband

8.25

3

Darband - Boysun

20.27

4

Boysun - Pulhokim

13.7

5

Pulhokim - Tangimush

21.91

6

Tangimush - Oqjar

11.52

7

Oqjar - Qumqо‘rg‘on

8.46

Shurob va Darband stansiyalar oralig‘i esa 8,25 kilometrni tashkil etib Darband43 qishlog‘i yaqinida barpo etilgan. Bu qishloq aholi punkti azaliy tarixga ega va chorvachilikka ixtisoslashgan bо‘lsada, keyingi yillarda kichik korxonalar shaklida ishlab chiqarishga doir sohalar rivojlanmoqda, avvallari esa bu hududdan faqatgina avtomobil yо‘li о‘tar edi, endilikda temir yо‘l va avtomobil yо‘llari viloyatning bu qismidagi yо‘lovchi va yuk tashishlardagi muammoni bartaraf etgan bо‘lsada, haligacha Boysun tumanining transport infratuzilma (yо‘llar) salohiyati past.


Darband va Boysun oralig‘i eng uzun stansiyalar bо‘lishi bilan birga, biz yuqorida ta’kidlab о‘tgan kо‘priklarning aksariyat qismi shu stansiyalar oralig‘ida qurilgan. Bu ikki stansiya oralig‘i 20,27 kilometrni tashkil etib tog‘li hududga tо‘g‘ri keladi.
Pulhokim, Tangimush, Oqjar stansiyalari nisbatan aholi punktlari siyrak hududlarda joylashgan bо‘lib, bu hududlar viloyatning kam о‘zlashtirilgan yerlaridir, aholi yashashi uchun har jihatdan noqulay, viloyat transport tizimlariga bog‘lanmagan qismi hisoblanadi. Temir yо‘l о‘tqazilishi bilan xо‘jaligi jonlangan bо‘lsada, avtomobil yо‘llarining ahvoli hozirgi talablar darajasida emas.
Yangi temir yо‘lni bunyod etish davomida jami 43 kо‘prik, tunnellar barpo etildi, 5 vokzal (“Toshg‘uzor”, “Dehqonobod”, “Oqrabot”,“Darband” va “Boysun”), 15 ajratma shoxobcha, shu jumladan 7 stansiya va razezd qad rostladi.
Yangi “Toshguzar-Boysun-Qumqо‘rg‘on” temir yо‘l liniyasi qurilishining о‘ziga xos jihati shundaki, bu ish tо‘laligicha О‘zbekiston Respublikasi korxonalari kuchi va salohiyati hisobiga amalga oshirildi. Demak, temir yо‘l qurilishining barcha ishtirokchilari murakkab tabiiy-iqlim sharoitlarida va baland tog‘li tumanlarda qurilish-montaj ishlarini olib borish, kо‘priklar va boshqa zamonaviy inshootlar qurish bо‘yicha boy tajriba tо‘pladilar. Keyinchalik ularning aksariyati Afg‘onistonda “Hayraton – Mozori Sharif” temir yо‘li qurilishiga jalb etilgani bejiz emas.
Ushbu loyihaning amalga oshirilishi Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida ilgari foydalanilmay yotgan mineral resurslar, neft va gaz, rangli metallar, kо‘mir va kaliy tuzi, qurilish materiallari va boshqa qimmatbaho qazilmalarga boy konlarni kompleksli о‘zlashtirish uchun ulkan imkoniyatlar yaratdi.
Yangi magistralning ishga tushirilishi bilan Surxandaryo viloyatida Xonjiza polimetall, Sharg‘un va Boysun kо‘mir konlarini о‘zlashtirish, sement zavodlarini bunyod etish ishlari boshlandi. Yangi temir yо‘l tufayli yirik loyihalardan biri muvaffaqiyatli amalga oshirildi – yiliga 700 ming tonna rudani qayta ishlovchi va 200 ming tonna kaliy о‘g‘it ishlab chiqaruvchi zavod bunyod etildi.
Ushbu keng kо‘lamli yutuqlar bilan bir qatorda, yangi temir yо‘l liniyasining qurilishi kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirish uchun qulay imkoniyatlar yaratdi. Xususan, Surxondaryo viloyatining Boysun tumanida yiliga 10 million dona g‘isht ishlab chiqarish quvvatiga ega ikkita zavod, yiliga 100 ming kub metr shag‘al ishlab chiqarish quvvatiga ega zavod foydalanishga topshirildi, “Toshguzar”, “Dehqonobod” va “Oqrabot” stansiyalarida savdo obektlari qurildi. Yangi temir yо‘l magistrali ishga tushirilishi tufayli yо‘lovchi va yuk tashish bо‘yicha transport harajatlarining qisqarishi orqali katta iqtisodiy samaraga erishilmoqda.
Hozirda respublikamizda tashilayogan yuklarning 60 foizi va yо‘lovchilarning katta qismi temir yо‘l transporti orqali amalga oshirilib, mamlakat iqtisodiyotiga va ijtimoiy hayotiga sezilarli ijobiy ta’sir etishida “Toshg‘uzor-Boysun-Qumqо‘rg‘on yо‘lining ahamiyati beqiyos. Zero, birinchi prezidentimizning,”Bugun hayotning о‘zi bu obekt biz uchun nafaqat strategik muhim transport yо‘lagi, balki mamlakatimiz janubiy mintaqasi – Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarini barqaror iqtisodiy rivojlantirish, ularda hayotiy ahamiyatga ega ijtimoiy muammolarni hal etish, aholi bandligi va farovonligi darajasini yuksaltirishda katta omil bо‘lib xizmat qiladi”, degan fikrining nechog‘li haqqoniyligini tasdiqlamoqda.
Shuni ham alohida ta’kidlash joizki, “Toshg‘uzor-Boysun-Qumqо‘rg‘on temir yо‘lining barpo etilishi, О‘zbekistonning nafaqat janubiy mintaqalarining iqtisodiy salohiyatini yuksalishiga, mamlakatning yaxlit transport tizimini yaratilishiga, balki uning geosiyosiy mavqeini yuksalishiga, О‘zbekistonning Markaziy Osiyodagi rolini ortishiga zamin yaratadi.
3.2. Viloyat transportini rivojlantirish istiqbollari


Tarixdan ma’lumki, muayyan bir hudud geografik о‘rnining qulayligi uning ijtimoiy – iqtisodiy rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Hozirgi, texnika taraqqiyoti kuchayib borayotgan, jahon xо‘jalik tizimlari tez rivojlanib borayotgan bir davrda, qulay geografik о‘rin har qanday mamlakatning iqtisodiy istiqbolida alohida о‘rin tutadi. Bunda transportning muhim о‘rni bor. Binobarin, B.A.Xо‘jayevning ta’kidlaydiki - “Transport mamlakatda g‘oyat kо‘p va xilma xil ishlarni bajaradi. U odamlarning kundalik aloqalarini, barcha viloyatlar va tumanlar о‘rtasidagi muntazam aloqalarini ta’minlaydi, odamlarning madaniyat yutuqlaridan keng bahramand bо‘lishiga xizmat qiladi”.
Mamlakatlarning transport tizimlarini rivojlantirish bugungi kunning muhim masalalaridan biriga aylangan. Bu borada respublikamizning eng chekka janubiy qismida joylashgan Surxondaryo viloyatini poytaxt va boshqa viloyatlar bilan bog‘lashda hamda viloyatning iqtisodiy va siyosiy mavqeini kо‘tarishda uning transport tizimini rivojlanishi muhim ahamiyat kasb etadi. Xususan, mazkur viloyatning joylashuvi haqida taniqli olim A.Soliyev shunday deydi - “Mamlakatimizda faqat Toshkent va Surxondaryo viloyatlari 3 tadan davlatlar bilan tutash, biroq bunday siyosiy geografik о‘rin, geosiyosiy vaziyat Surxondaryo viloyati uchun о‘zgacha xususiyat kasb etadi”.44
Viloyatning tabiiy geografik, ijtimoiy-iqtisodiy hamda siyosiy rivojlanishi xususiyatlari, uning transport tizimlarini shakllanishida yetakchi omillar vazifasini bajarib kelmoqda. Viloyatda dastlabki temir yо‘llar uning tekislik qismidan о‘tkazilgan bо‘lsa, о‘sha hududlarda aholi punktlari shakllangan. Hududining katta qismi tog‘li hisoblangani sababli transport tizimlarini tashkil etishda noqulayliklar mavjud.
Buni tumanlar kesimda kо‘rib о‘tadigan bо‘lsak, tog‘li tumanlar qatoriga Boysun, Sariosiyo, Sherabod, va qisman tog‘li tumanlarga Oltinsoy, Uzun, tumanlari, nisbatan tekislik tumanlari esa Denov, SHо‘rchi, Qumqо‘rg‘on, Jarqо‘rg‘on, Angor, Temiz, Muzrabot, Qiziriq tumanlari viloyatning tekislik qismida joylashgan bо‘lib, transport yо‘llari qurilishida qiyinchiliklarga duch kelinmaydi va transport yо‘llar zichligini oshirish talab etadi.
Surxondaryo viloyatida 9 ming 346 fermer xо‘jaligi faoliyat yuritib kelmoqda ular orasidan 3 ming 543 fermer xо‘jaligi paxta va g‘alla, 2 ming 318 fermer xо‘jaligi meva uzum, 40 dan ortig‘i sabzavot-poliz mahsulotlari yetishtirmoqda, shu bilan birgalikda 844 tasida chorvachilik, 25 tasida parrandachilik, 150 tasida baliqchilik va 20 ga yaqinida asalarichilik yо‘lga qо‘yilgan. Yetishtirilayotgan mahsulotlar respublika va xorij mamlakatlariga eksport qilinmoqda. Mо‘l hosilni chetga jо‘natishda yoki olib ketishda transport xarajatlari ham mahsulot tannarxi oshishiga olib keladi, rivojlangan transport tizimi va yо‘llari zichligi bu tannarxni ma’lum miqdor pasayishiga va qishloq xо‘jaligi mahsulotlari yetishtirilishi jadallashishiga va xorij bilan aloqa о‘rnatishning yangi imkoniyatlariga ega bо‘linadi.
Aholining sabzavot va poliz ekinlariga bо‘lgan talabining ortishi natijasida mazkur tarmoq ham intensiv rivojlanmoqda. Sabzavotchilik va polizchilikning turli xil mahsulotlarini yetishtirishga ixtisoslashgan viloyatning yangi о‘zlashtirilgan va unga yaqin bо‘lgan hududlarda polizchilik, shahar atrofi mintaqalarida sabzavot va “issiqxona” ekinlari, adir va tog‘ oldi mintaqalarida esa asosan sabzovot ekinlari yetishtiriladi.
Viloyat sanoatining tarmoqlar va hududiy tarkibi turli omillar ta’sirida shakllangan. Jumladan, hunarmandchilik va savdogarchilikning rivojlanishida Denov, Termiz, Jarqо‘rg‘on, shahar va tumanlari yaqqol ajralib tursa, qurilish materiallari ishlab chiqarishda Sherabod, Sariosiyo, Denov qisman Uzun tumanlari yetakchilik qiladi. Qiziriq, Muzrabot, Oltinsoy tumanlarida esa asosan qishloq xо‘jaligi shakllangan va bu tumanlar transport yо‘llari noqulyligi ham yuqoridagi sohalar rivojiga salbiy ta’sir kо‘rsatgan.
Transport viloyat iqtisodiyotining muhim tarmog‘i hisoblanadi. Viloyatning ichki hududlarini о‘zaro bog‘lashda, uning tashqi iqtisodiy-ijtimoiy aloqalarida transportning tutgan о‘rni katta.
Hozirgi vaqtda viloyat temir yо‘llarining umumiy uzunligi km 411,5 km bо‘lib shundan 179,4 km elektrlashtirilgan. Viloyat temir yо‘l liniyalari 5 ta bо‘lib, Termiz-Quduqli, Aqnazar-Qumqо‘rg‘on, Boldir-Termiz, Termiz-Amuzang, Termiz-Port kabilar. Ulardagi stansiyalar soni esa 27 tani tani tashkil etadi. Viloyat yuk tashish aylanmasida temir yо‘l transportining hissasi katta.
Viloyat hududidan Moskva–Dushanbe, Ashxobod–Dushanbe temir yо‘llari о‘tgan. Termiz–Toshkent, Termiz–Amuzang, Termiz–Sariosiyo Termiz – Boldir yо‘nalishlarida poyezdlar qatnaydi. Shuningdek Termiz shahri orqali Dushanbe – Astraxan, Dushanbe – Konibodom, Kо‘lob – Astraxan yо‘nalishlarida poyezdlar qatnaydi.
Shuningdek, G‘uzor – Boysun – Qumqо‘rg‘on temir yо‘lini qurilishi Surxondaryo viloyatini mamlakatimizning poytaxtiga 120-130 km ga yaqinlashtirdi. Yuk va yо‘lovchi tashish hajmini kо‘paytirib, tashqi iqtisodiy aloqalarini kengayishiga xizmat qilmoqda.
Bundan tashqari, Prezidentimiz SH.Mirziyoyev tashabbuslari bilan G‘alaba Amuzang temir yо‘li tiklandi va 2018-yil 1 mart kunidan Termiz stansiyasidan Tojikistonning Shahrituz tumanidagi Hoshadi stansiyasiga yuk poyezdlari qatnovi yо‘lga qо‘yildi. Bu yо‘l О‘zbekistonni Tojikistonning janubiy hududlari bilan bog‘ladi.
Transport tizimlari, ularning tarkibi, milliy va mintaqaviy iqtisodiyotning barcha sohalari rivojlanishini belgilab beradi. Ulardan xalq xо‘jaligining barcha sohalarida, jumladan eksport va importni amalga oshirishda foydalanilmoqda. Uzoq masofalarga yuklarni tashishda temir yо‘l va havo transporti yetakchi о‘rinda tursa, yaqin masofalarga yaxshi rivojlangan avtomobil transporti xizmat qiladi.
Viloyatning ichki transport aloqalarida avtomobil yо‘lining о‘rni beqiyosdir. Avtomobil transporti “eshikdan eshikgacha” yuk va yо‘lovchilarni tashishda ahamiyatlidir. Avtomobil yо‘llari uzunligi 2843 km bо‘lib bu yо‘llar xalqaro, davlat, mahalliy ahamiyatga ega yо‘llardir. Viloyat avtomobil yо‘llarining 2843 km li umumiy yо‘ldan 351 km li qismi halqaro ahamiyatga molik yо‘llardir. Shu ta’kidlash joizki, yana ba’zi yо‘llarni halqaro ahamiyatli yо‘llar toifasiga о‘tkazish maqsadga muvofiqdir. Ularga Denov-Qarshi, Denov-Shahrisabz, Denov-G‘uzor, Denov-Urganch, Denov-Samarqand yо‘nalishidagi avtomobil yо‘llari shular jumlasidandir.
Yaqin davrlar ichida loyihalashtirilgan Karachi-Qobul-Termiz avtomobil yо‘lining ishga tushirilishi mamlakatni Afg‘oniston, Pokiston davlatlari bilan bog‘laydi va Hind okeaniga chiqish imkoniyatini yaratib beradi.
Surxondaryo viloyatning ijtimoiy-iqtisodiy hayotida havo va quvur transporti ham muhim о‘rin tutadi. Havo transporti orqali respublikamizning yirik shaharlari va boshqa mamlakatlar bilan aloa о‘rnatilgan. Termiz-Toshkent, Termiz-Moskva, Termiz – Samarqand - Namangan, Termiz – Buhoro Termiz-Ashhabod, Termiz-Andijon, Termiz-Olmaota, Termiz –Qobul va boshqa havo yо‘llarining yо‘lovchi tashishda ahamiyati yuqoridir.
Viloyatda aeroport Termiz shahrida mavjud bо‘lib 2011 yilda qayta ta’mirlandi. "Termiz" aeroporti О‘zbekiston Respublikasidagi yirik aviatashkilotlardan biri hisoblanib, uning asosiy faoliyati quyidagilardan iboratdir: havo kemalariga yerda xizmat kо‘rsatish, yо‘lovchilarga xizmat kо‘rsatish, yuklarga xizmat kо‘rsatish, pochtaga xizmat kо‘rsatishlarni о‘z ichiga oladi.
Viloyat kо‘plab madaniy tarixiy yodgorliklarga boy hudud hisoblanadi. Chet eldan keluvchi turistlar uchun ham aeroport muhim yо‘lovchi tashish funksiyasini bajaradi.
Viloyatda quvur transporti endilikda rivojlanmoqda. U xо‘jaliklar va sanoat korxonalarini, shaharlar va aholi punktlarini chuchuk suv bilan ta’minlash va gazlashtirishda muhim ahamiyatga ega.
Umuman olganda, va xususan mamlakatimizning boshqa mintaqalariga nisbatan Surxondaryo viloyatining transport tizimi u qadar rivojlanmagan. Hozirgi kungacha viloyat havo va temir yо‘l transportida faqat yо‘lovchi tashiladi, yuk tashish endilikda yо‘lga qо‘yilmoqda. Viloyat xizmatlar sohasida transport xizmatlari umumiy xizmatlarning 1/5 dan kо‘proq qismini bajarmoqda.
Yо‘lovchilarni uzoq masofalarga tashishda havo transporti yetakchilik qilsada, viloyatda yо‘lovchilarni asosiy tashish vositasi albatta avtomobil transporti hisoblanadi. Shubhasiz “Toshg‘uzor- Boysun-Qumqо‘rg‘on” temir yо‘li qurilishi yо‘lovchilarni tashishda viloyat temir yо‘l transportini yangi bosqichga olib chiqqan bо‘lsada, avtomobil transportida tashilgan yuk va yо‘lovchilar hajmi yuqoridir.
Yо‘lovchilarni avtomobil tranportida tashish 2018 yilda 257,5 mln kishini tashkil etgan, bu tumanlar miqyosida turlicha kо‘rinishga ega. Jumladan Termiz shahrida 2018 yilda 39.7 mln kishi, Denov tumanida 37 mln kishi, keyingi о‘rinlarda Angor, Jarqо‘rg‘on, Muzrabot tumanlari egallaydi. Albatta, bu tumanlar xо‘jaligi viloyatning boshqa tumanlar orasida yetakchi о‘rinlarni egallaydi. Avtomobil transportida yо‘lovchi tashish bо‘yicha yeng past kо‘rsatkichlarga ega tumanlarga kelsak Boysun, Oltinsoy, SHо‘rchi tumanlari hisoblanadi. Boysun tumanida 2018 yilda 5 mln kishi tashilgan. Va bu о‘z о‘rnida tumanning tog‘li hududda hamda rivojlanmagan transport tizimi , aholi soni kamligi bilan baholanadi.
Avtomobil transportida tashilgan yо‘lovchilarning tumanlar miqyosida berilgan bu ma’lumotlardan viloyat tumanlari avtomobil transport tizimi haqida quyidagilarni xulosa qilish mumkin.

  • hududning relefi tufayli tashishdagi noqulayliklar mavjud tumanlar, bu tumanlarda rivolangan transport tizimini tashkil etish maqsadga muvofiq;

  • tumanning tarixiy kelib chiqishi, hunarmandchilik, savdo, sanoat rivojlangan tumanlarda, yuk va yо‘lovchi tashish hajmi yuqori ammo yо‘llar zamon talabi darajasida emas. Bunga misol qilib Denov tumani viloyatning eng kо‘p aholisi istiqomat qilayotgan tumani bо‘lib, uning Bosh rejasiga о‘z vaqtida urbanizatsiya nuqtai nazardan yondashilmaganligi sababli ayrim yirik sanoat korxonalari, dehqon va buyum bozorlari asosan tuman markazi Denov shahrida joylashtirilgan. Natijada aholi eng gavjum bо‘ladigan mazkur hududlarga kirish va chiqish uchun yо‘llarning torligi, avtomobillar uchun tо‘xtash joylari va infratuzilma tarmoqlari yetarli emasligi iqtisodiy geografik jihatdan jiddiy muammolar tug‘dirmoqda. Ayniqsa shahardagi dehqon bozori atrofi butunlay izdan chiqqan va aholiga juda katta noqulayliklar keltirib chiqarmoqda.

Shu о‘rinda keltirib о‘tsak, aynan Denov tumani uchun О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 9 apreldagi PQ-4667-son qarori 2020 – 2022 yillarda Surxondaryo viloyatining Denov tumani va uning markazini kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish chora-tadbirlari dasturini amalga oshirish bо‘yicha ishlar belgilangan.
Iqtisodiy jihatdan sust rivojlangan tumanlarda va transport yо‘llari zichligi yuqori bо‘lmagan, boshqa tumanlarga nisbatan, hamda xalqaro ahamiyatga ega bо‘lgan avtomobil yо‘llari kesib о‘tmagan tumanlar (Uzun, Oltinsoy, Muzrabot, Qiziriq) va ayniqsa, ijtimoiy-iqtisodiy sohalarda orqada va ularning yuk va yо‘lovchi tashish salohiyati ham past. Ushbu tumanlarda sanoat tarmoqlarini rivojlantirish uchun tо‘g‘ridan tо‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni jalb etish hajmlarini keskin oshirish, mahalliy xomashyodan eksportbop mahsulotlar ishlab chiqarishni yо‘lga qо‘yish orqali tuman iqtisodiyotiga valyuta tushumini kо‘paytirish borasida samarali ishlarni tashkil etishda ham transport tizimlari rivojlantirish va zamonaviylashtirsh maqsadga muvofiq.

Viloyat bо‘yicha jami 2018 yilda avtomobil transportida 257,5 mln kishi tashilgan, sо‘nggi yillarda temir yо‘l transporti rivojlpnganligi ham ahamiyatga molik holat, chunki 2009 yilgacha mamlakatimizning boshqa viloyatlariga asosan avtomobil transporti yuk va yо‘lovchilarni tashigan bо‘lsa, yangi temir yо‘l qurilishi bilan temir yо‘l transportida ham yо‘lovchi tashish yо‘lga qо‘yildi.
Respublikamizda mustaqillikning ilk yillaridan boshlab Markaziy Osiyo davlatlari bilan hamkorlikda jahon bozoriga olib chiqadigan qulay aloqa yо‘llarini tashkil etishga kirishildi. Bunda О‘zbekistonning Turkmaniston va Eron hududidan о‘tgan 1996 yil qurib bitkazilgan Tajan-Seraxs-Mashxad temir yо‘li qurilishida ishtiroki Fors qо‘ltig‘iga chiqish imkonini bersa, Turkmaniston va Ozarbayjondan о‘tadigan Transkavkaz yо‘lagi esa Qora dengiz portlari orkali xalqaro aloqalar о‘rnatishga yordam beradi. Bundan tashqari, viloyat hududi va Afg‘oniston Islom respublikasi orqali Hind okeaniga chiqish imkonini beradigan Transafg‘on loyihasi qurib ishga tushirilishi ham respublika geosiyosiy о‘rnining qulaylashuviga yordam beradi.
Surxondaryo viloyati geosiyosiy о‘rni IGО‘ bilan nisbatan bir-biriga о‘xshash. О‘ziga xos siyosiy notinchliklar mavjud Afg‘oniston Respublikasi va bir necha yil oldin milliy kelishmovchiliklar markazi bо‘lgan Tojikiston Respublikasi, asosan betaraf siyosat olib borishga intilayotgan Turkmaniston bilan chegaradoshligi viloyatning geosiyosiy о‘rnini belgilab beradi.
Viloyat tumanlarini kо‘p tarmoqli sanoat rivojlangan Termiz, Denov, Jarqо‘rg‘on, SHо‘rchi, agrar sohaga ixtisoslashgan Angor-Qiziriq, tog‘-kon sanoati katta salmoqqa ega bо‘lgan Boysun, Sherabod, Sariosiyo, Uzun kabi kabi tumanlarga ajratish mumkin.
Hisor tog‘larining janubi-sharqiy yonbag‘irlarida (Sariosiyo tumani) 1990 yillarning oxirlarida tarkibida qо‘rg‘oshin, ruh va boshqa qimmatbaho elementlarga boy bо‘lgan Xonjiza polimetall koni topilgan. Bu polimetall koni о‘z zahirasiga kо‘ra dunyodagi eng yirik konlardan biri sifatida e’tirof etilmoqda. Bu yerda geologik tekshiruvlar natijasida 1,5 mln. tonna ruh, 700 ming tonna qalay, 180 ming tonna mis va 2,3 ming tonna kumush borligi aniqlangan. Hozirda, jahon bozoridagi ushbu metallar bahosidan kelib chiqqan holda mazkur kon zahiralari 4 mlrd. AQSH dollari miqdorida baholanmoqda. Bularni ishga solishda esa transportning ahamiyati katta.
Viloyatda qurilish mahsulotlari sanoati ham jadal rivojlanib bormoqda, sо‘nggi yillarda kо‘plab loyihalar oshirildi va yana 189 ta investitsiya loyihasi amalga oshiriladi.
Prezidentimiz SH.Mirziyoyev о‘z nutqida shunday deydi: “Bugungi kunda О‘zbekistonimiz ulkan qurilish maydoniga aylanganini hammamiz kо‘rib turibmiz. Katta hajmdagi ana shunday bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari, avvalo, mana shu tarmoqni jadal rivojlantirishni talab qiladi. Boy xomashyo resurslari Surxondaryoda kо‘p. Shularni ishga solish hisobidan Sherabod va Jarqо‘rg‘on tumanlarida sement zavodi, Termiz va Boysun tumanlarida DSP, gipsakarton, Denov tumanida polietilen quvurlar ishlab chiqarish korxonasi quriladi”.45
2006 yil avgust oyidan boshlab «Xonjiza» polimetall koni ishga tushirilib, Olmaliq tog‘ kon metallurgiya kombinati ixtiyoriga berildi. Kondan foydalanish bilan bog‘liq barcha ishlar ushbu kombinat tomonidan chet el sarmoyasisiz bajarilishi kо‘rsatib о‘tildi. 2008-2012 yillar oralig‘ida ushbu konni ishga tushirish, 3-4 yildan keyin esa kombinat uchun ruh, qо‘rg‘oshin va mis konsentratlari birlamchi ishlab chiqarish tarmog‘ini tashkil etildi. Bu kon va ma’danni birlamchi qayta ishlovchi korxonaning ishga tushirilishi Sariosiyo va Denov, uzun tumanlarida aholi bandligining oshishiga, turmush tarzini yaxshilashga yordam beradi.
Taniqli iqtisodiy geograf Y.G.Saushkin hududni tahlil qilinganda о‘rganilayotgan obekt u bilan bog‘liq bо‘lgan boshqa rayonlar, transport magistrallari, ishlab chiqarish va iste’mol markazlari bilan birgalikda о‘ziga xos kuchlanish maydoni hosil qilishi haqida gapirib, maydondagi obektlar orasidan о‘rganilayotgan obektga kuchli ta’sir kо‘rsata oladiganlarini ajratib olish kerakligini ta’kidlagan.46
Tabiat boyliklarni qazib chiqarish va ularni tashishda ham transport alohida о‘rin tutadi. Agar zamonaviy transport vositalari va mukammal yо‘llar bо‘lmasa, tabiat boyliklaridan unumli foydalanish juda qiyin bо‘ladi. Viloyat transport tizimi rivojlanishi va takomillashishi nafaqat Surxondaryo viloyatining iqtisodiy-ijtimoiy hayotiga ta’siri ijobiy bо‘libgina qolmay balki, mamlakat eksport, import aloqalariga va xorijiy davlatlar bilan iqtisodiy savdoda juda katta rol о‘ynaydi.
Jumladan, bu borada Prezidentimiz SH.Mirziyoyev shunday deb ta’kidlagan: “Surxondaryoning Tojikiston, Turkmaniston va Afg‘oniston bilan chegaradosh hududda joylashgani dunyo bozorlariga chiqishga qulay imkoniyat yaratadi. Ayniqsa, xalqaro tranzit hudud sifatida yuk tashish kо‘lamini kengaytirish, xomashyo, yarim tayyor va tayyor mahsulotlar eksportini keskin oshirish, xalqaro xizmatlar hajmini kengaytirish uchun bu yerda barcha sharotilar yetarli”.
Albatta, hududning joylashgan о‘rni, uning geografiyasi, jahon davlatlari bilan integratsiya qila olishi imkoniyatlari, uning tranport yо‘llari va qatnovlar darajasini belgilab beradi. Bu jihatdan Surxondaryo viloyati hozirgi kunda noqulay о‘ringa ega bо‘lsada, kelajakda viloyat О‘zbekistonning eyeng janubiy yirik transport chorrahasiga aylanishi kо‘p bora ta’kidlanmoqda. Va, bunda transport tizimlarini viloyat hududi bо‘ylab joylashuvi va rivojlanish darajasini bilish, viloyatning transport infratuzilma salohiyatini baholash, lozim bо‘lsa transport tizimlarini hududlar bо‘yicha takomillashtirish va modernizatsiya qilish muhim vazifa hisoblanadi. Quyida viloyatning transport tizimlarini tumanlar miqyosida joylashishi, rivojlanishi muammolari tadqiq qilinadi.
3.4-jadval

Yüklə 1,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin