Surxondaryo viloyati ijtimoiy iqtisodiy rivojlanishiga transportning tasiri



Yüklə 1,87 Mb.
səhifə11/20
tarix06.06.2023
ölçüsü1,87 Mb.
#125899
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   20
Umar magistr07

qurilishi bosqichlari



Yо‘nalish nomlari
(bosqichlar)

Qurilish boshlanishi muddati



Qurilishni tugash muddati



Moliyalashtirish
manbai

Toshg‘uzor-Dehqonobod

1998 yil

2005 yil

Davlat mablag‘lari (20%) va GAJK "Uzbekiston temir yullari" DATYK mablag‘lari (80%)

Boysun-Qumqо‘rg‘on

1999 yil

2005 yil

Davlat mablag‘lari (20%) va GAJK "Uzbekiston temir yullari" DATYK mablag‘lari (80%)

Dehqonobod -Boysun

2001 yil

2007 yil

Yaponiya davlati imtiyozli kreditlari

Ushbu jadvaldan kо‘rishimiz mumkinki, qurilish ishlari 10 yilga mо‘ljallangan va aynan Dehqonobod - Boysun yо‘nalishi baland tog‘larga tо‘g‘ri kelib, balandligi 1800 metrli hududlardan temir yо‘l yotqizildi, bu eng qiyin yо‘nalish bо‘lib, о‘z ichiga 43 ta kо‘prik va boshqa inshootlarni qamrab oladi, va “Asr qurilishi” deb nomlanishi bejizga emasligini anglatadi.


Mazkur temir yо‘l qurilishi shu hududlarning tabiiy boyliklarini о‘zlashtirishda, yangidan-yangi sanoat tarmoqlari va korxonalarini, temir yо‘l stansiyalarini barpo bо‘lishiga, aholiga ish о‘rinlarini yaratilishiga, turmush darajasini о‘sishiga katta ta’sir kо‘rsatdi.
Aytish joizki, ushbu loyiha hududida joylashgan qishloq tumanlari bunga qadar tо‘liq agrar xususiyatga ega edi, sanoat salohiyati juda sust edi, loyiha ishga tushgandan sо‘ng tumanlarning sanoat ishlab chiqarish salohiyatida о‘sish kо‘zga tashlana boshladi.
Zaruriy xom ashyoni yetkazib berish, tayyor mahsulotni tashish kabi jarayonlar transport bilan ta’minlanganlik darajasiga bevosita bog‘liq. Bu jihatdan «Toshg‘uzor-Boysun-Qumqо‘rg‘on» temir yо‘lining ishga tushirilishi ham mavjud tabiiy boyliklari tо‘liq о‘zlashtirilmagan, asosan yengil sanoat tarmoqi mavjud bо‘lgan Boysun shahrining iqtisodiy salohiyatini yuksalishiga imkon berdi.
Viloyat sanoat tarmoqlarini tahlil etar ekanmiz, asosiy sanoat markazlari mintaqaning IGО‘ning shakllanishida muhim о‘rin egallovchi transport yо‘llarida joylashganini kо‘ramiz. Ayniqsa, sanoatning bir necha tarmoqlari rivojlangan Denov, SHо‘rchi, Qumqо‘rg‘on, Jarqо‘rg‘on, Termiz shaharlari viloyatning asosiy temir va avtomobil yо‘llari tutashgan transport tugunlaridir.42
О‘zR Vazirlar mahkamasining 2003 yil 24 yanvarda “Toshg‘uzor-Boysun-Qumqо‘rg‘on” yangi temir yо‘l liniyasi qurilishini jadallashtirish tо‘g‘risida”gi qaror qabul qilindi. “Asr qurilishi” deb nom olgan ushbu temir yо‘lning qurilishi О‘zbekiston mustaqilligining 16 yilligi arafasida qurib bitkazildi. Bu esa Janubiy transport-iqtisodiy rayonining ya’ni Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlari rivojlanishida hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Umumiy qiymati 450 mln. AQSH dollariga teng va uzunligi 223 km dan iborat bо‘lgan ushbu temir yо‘l juda tez muddatda qurib bitkazildi.
О‘zbekistonning birinchi Prezidenti I.A.Karimov “Toshg‘uzor-Boysun-Qumqо‘rg‘on” temir yо‘lining ishga tushirilishiga bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqida mazkur temir yо‘lning yurtimiz ravnaqi va uning rivojlanishiga batafsil tо‘xtalib: “Hech shubhasiz , bu yо‘l О‘zbekistonning chet davlatlarga, avvalo Transafg‘on temir yо‘l koridori orqali yaqin kelajakda tо‘g‘ridan – tо‘g‘ri Hind okeani, Janubiy va Janubi sharqiy Osiyo mamlakatlari portlariga chiqish va eksport imkoniyatini, shu bilan birga, yurtimizning tranzit rolini kengaytirish borasidagi salohiyatimizni keskin oshiradi”, deb ta’kidlaydi.
«Toshg‘uzor-Boysun-Qumqо‘rg‘on» temir yо‘lining ishga tushirilishi tufayli viloyatning sanoat tarmoqlari joylashuvi jaddallashdi masofa va vaqt qisqardi ya’ni yuk va yо‘lovchilarni tashish masofasi 170 kilometrga, harakatlanish vaqti esa 7 soatga qisqardi.
Ushbu temir yо‘lning Surxondaryo viloyatiga tegishli qismi stansiyalari qurilish bilan birgalikda temir yо‘l о‘tgan hududlardagi aholi turmush tarzi ham yanada yaxshilanib bordi va hudud sanoati geografiyasi bir muncha kengaydi. Temir yо‘l viloyatning Boysun, Qumqо‘rg‘on tumanlari hududini kesib о‘tishi, hamda aynan bu temir yо‘l kesib о‘tgan hududlar kam о‘zlashtirilgan qishloq joylardir.
Umuman olganda “ Toshg‘uzor-Boysun-Qumqо‘rg‘on” temir yо‘li 2007 yil 15 sentabrda ishga tushirilib, ilk poyezdlar qatnay boshladi va viloyatning transport geografik о‘rnini hamda viloyat temir yо‘l tizimini yangi bosqichga olib chiqdi, deb aytsa bо‘ladi.
Darhaqiqat dengiz sathidan 1800 metr balandlikgacha bо‘lgan tog‘li hududlardan ham temir yо‘l liniyasi olib о‘tilishi bu albatta katta yutuq sanalib, bu asosan Boysun tuman hududiga tо‘g‘ri keladi.
2009 yil 29 avgust sanasiga kelib Toshg‘uzor-Boysun-Qumqо‘rg‘on temir yо‘lining birinchi yо‘lovchi tashuvchi vagonlari ishga tushirilib yо‘lovchi tashish yо‘lga qо‘yildi, viloyatning transport zichligi ortdi va mehnat unumdorligi, kadrlarni qishloq hududlarda muqim turib qolishiga, ishlab chiqarish kuchlarini joylashtirish va rivojlantirishga zamin yaratdi.
3.2-jadval
Toshg‘uzor-Boysun-Qumqо‘rg‘on” temir yо‘lining Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari hududida joylashgan stansiyalari





Qashqadaryo viloyati
hududidagi stansiyalar

Surxondaryo viloyati hududidagi stansiyalar

1

Qayirma,

Oqnazar

2

Buzaxо‘r

Shurob

3

Jarquduq

Darband

4

Dehqonobad,

Boysun

5

Qoradaxna,

Pulhokim

6

Chashmaixafizon

Tangimush

7

Oqrabot

Oqjar

8




Qumqо‘rg‘on

Hozirgi kunga kelib ushbu temir yо‘l orqali kо‘plab yо‘lovchilarini respublikamizning boshqa viloyatlariga tashish yildan yilga oshib bormoqda va sо‘nggi yillarda esa Termiz-Toshkent liniyasi elektrlashtirildi.


2018 yil 5 yanvar sanasida elektrlashtrilgan temir yо‘l Termizdan Toshkentgacha yо‘lovchilarni tashishni boshlab, vaqt masalasini yanada qisqarishiga erishildi.
Ammo, shular bilan birgalikda, viloyatning bir qancha tumanlarida haligacha temir yо‘l liniyalari mavjud emas, bu esa о‘z-о‘zidan tabiiy boyliklardan unumli foydalanish, sanoat korxonalari joylashuvi, narxlarning turlicha bо‘lishi, kadrlarni shaharlarda qolishi, transport xarajatlari oshishi kabi muammolarni yuzaga keltiradi.
Toshg‘uzor-Boysun-Qumqо‘rg‘on temir yо‘lining Surxondaryo viloyati hududidagi stansiyalari quyidagicha – Oqnazar – Shurob – Darband – Boysun – Pulhokim – Tangimush – Oqjar – Qumqо‘rg‘on.
Toshg‘uzor-Boysun-Qumqо‘rg‘on temir yо‘lining Surxondaryo viloyati hududidagi stansiyalarning oraliq masofalari quyidagi jadvalda keltirilgan.
Stansiyalar oralig‘idagi masofalar turlicha kо‘rinishga ega bо‘lib, bunga joyning relefi hamda aholi manzilgohlari va sanoat korxonalarining joylashuvi о‘z ta’sirini kо‘rsatgan. Masalan Oqnazar va SHо‘rob stansiyalar orasidagi masofa 9,83 kilometrni tashkil etib har ikkala stansiya tashkil etilgan hudud yaqinida aholi manzilgohlari mavjud bо‘lib, bu albatta transport tashishni qulaylashtirish, kadrlar muammosi va yо‘lovchi tashishda qulaylik tug‘diradi.
3.3-jadval






Yüklə 1,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin