Surxondaryo viloyati ijtimoiy iqtisodiy rivojlanishiga transportning tasiri


-jadval Surxondaryo viloyati qishloq tumanlari bо‘yicha avtomobil yо‘llari uzunligining taqsimlanishi, 2017 yil



Yüklə 1,87 Mb.
səhifə6/20
tarix06.06.2023
ölçüsü1,87 Mb.
#125899
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Umar magistr07

2.1-jadval
Surxondaryo viloyati qishloq tumanlari bо‘yicha avtomobil yо‘llari uzunligining taqsimlanishi, 2017 yil



Qishloq tumanlari

Avtomobil yо‘llari uzunligi, km

Xalqaro ahamiyatga ega

Davlat ahamiyatiga ega

Mahalliy ahamiyatga ega

Jami

1.

Angor

22

35

64

121

2.

Boysun

58

133

147

338

3.

Denov

31

47

134

212

4.

Jarqо‘rg‘on

58

76

44

178

5.

Qumqо‘rg‘on

23

89

86

198

6.

Qiziriq

-

109

88

197

7.

Muzrabot

-

92

127

219

8.

Oltinsoy

-

27

167

194

9.

Sariosiyo

23

83

132

238

10.

Uzun

-

60

115

175

11.

Termiz

63

113

59

235

12.

Sherobod

46

79

260

385

13.

SHо‘rchi

27

47

79

153




Jami

351

990

1502

2843

Jadval, viloyat davlat statistika qо‘mitasi ma’lumotlari asosida tuzildi.

Viloyatda transportning asosiy uch turi – quruqlik (temir yо‘l, avtomobil, quvur), havo hamda suv (daryo) transporti rivojlangan.


2018 yil boshida Surxondaryo viloyatida umumfoydalaniladigan temir yо‘llarning umumiy uzunligi 368,7 km ni yoki respublikamizning 7,9% ni, qattiq qoplamali avtomobil yо‘llarining uzunligi esa 2843 km ni (6,7%) tashkil qiladi.
Har 10 ming kv.km.ga temir yо‘llarning uzunligi О‘zbekiston bо‘yicha о‘rtacha 103,4 km.ga teng bо‘lsa, ushbu kо‘rsatkich Surxondaryo viloyatida 183,4 km.ni tashkil qiladi.
Ma’lumki, mamlakatimizda yuk va yо‘lovchi tashishda asosiy о‘rinni avtomobil transporti egallaydi. Binobarin jami tashilgan yuklar xajmi 2018 yil boshiga kelib, 1013,1 mln. tonnani tashkil qilgani xolda, Surxondaryo viloyati xissasiga uning atigi 58,9 mln. tonnasi yoki 5,8 % tо‘g‘ri keladi xolos.
Temir yо‘llarda tashilgan yuklar xajmi О‘zbekiston bо‘yicha jami 67931,1 ming tonnani tashkil (01.01.2017y.) qilib, shundan 2342,1 ming tonnasi yoki 3,4%i Surxondaryo viloyati xissasiga tо‘g‘ri keladi.
Shuni alohida ta’kidlash joizki, Surxondaryo viloyatining transport tizimlari, mamlakatimiz transport hududiy tuzilmasining ajralmas bо‘g‘inidir. Hozigi kunda mazkur viloyat о‘zining yuksak transport salohiyati bilan respublikamizda yetakchi mavqega ega bо‘lmasada, uning qadimgi Buyuk ipak yо‘li xalqaro transport koridori doirasidagi transport-tranzit ahamiyati yuksakdir. Kelgusida mamlakatimizni eng yaqin (qulay) dengiz portlariga (masalan Pokiston, Karachi portiga) chiqishida “Janubiy darvoza” sifatida ahamiyat kasb etishi kutiladi.
Shuni alohida ta’kidlash joizki, Surxondaryo viloyatining transport salohiyatida uning qishloq tumanlari turlicha mavqega ega. Bu avvalo, ularning yer maydoniga, resurs va ishlab chiqarish salohiyatiga, shuningdek aholi joylashuvi tо‘riga bog‘liqdir. Jumladan, qishloq tumanlari orasida maydoniga kо‘ra Boysun (3720 km.kv) va Sariosiyo (3800 km.kv) tumanlari eng yirik hisoblansa, aksincha Qiziriq (330 km.kv), Angor (387 km.kv) tumanlari maydon xajmining kichikligi bilan ajralib turadi.
Qishloq tumanlari transport yо‘llari uzunligi, yuk va yо‘lovchi tashishda о‘zaro tafovutlarga ega. Hozirda, viloyat bо‘yicha jami avtoyо‘llar uzunligi 2843 km ni tashkil qilsa, shuning 351 kilometri xalqaro ahamiyatga ega yо‘llarga, 990 kilometri davlat ahamiyatiga ega yо‘llarga, 1502 kilometri esa mahalliy ahamiyatga ega yо‘llarga tо‘g‘ri keladi.
Viloyatning qishloq tumanlarini avtoyо‘llar uzunligi bо‘yicha guruxlash shuni kо‘rsatadiki, bu borada eng salohiyatli tumanlar qatoriga – Sherobod, Boysun tumanlari mansub bо‘lib, ularning har birida avtoyо‘llar uzunligi о‘rtacha 300 km. dan kо‘pdir (7-jadval). Bu borada о‘rtacha mavqeni Sariosiyo, Termiz, Muzrabot, Denov tumanlari egallasa, qolgan barcha qishloq tumanlarining avtoyо‘llar uzunligiga kо‘ra salohiyati pastdir.
2.2.-jadval
Qishloq tumanlarining avtoyо‘l salohiyati bо‘yicha guruxlari (reytingi)

Tumanlar guruxlari

Avtoyо‘llar uzunligi, km

Tumanlar nomi

I (Yuqori salohiyatli)

301 km. dan kо‘p

Sherobod, Boysun

II (О‘rta)

201 – 300 km

Sariosiyo, Termiz, Muzrabot, Denov

III (Past salohiyatli)

200 km. dan kam

Qumqо‘rg‘on, Qiziriq, Oltinsoy, Jarqо‘rg‘on, Uzun, SHо‘rchi, Angor

Viloyatda xalqaro ahamiyatga ega yо‘llar 351 km.ni tashkil qiladi xolos. Ayrim tumanlarda (Qiziriq, Muzrabot, Oltinsoy, Uzun) bunday toifadagi yо‘llar mavjud emas. Aksincha, Surxondaryo viloyatining transport salohiyatida davlat va ayniqsa mahalliy yо‘llar katta ahamiyat kasb etadi.


Yuqoridagilardan kelib chiqib, aytish mumkinki, Surxondaryo viloyati о‘zining mavjud transport salohiyatiga kо‘ra mamlakatimizda yetakchi mavqelarni egallamasada, uning xalqaro, mintaqalararo, davlatlararo tranzit geografik о‘rnining qulayligi, bevosita uchta davlat bilan chegaradoshligi, jahon dengiz portlariga qulay (yaqin) joylashuvi kelgusida rivojlanishning katta istiqbollarini belgilab beradi.
2.2. Temir yо‘l transporti
Har qanday mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida temir yо‘l transporti muhim ahamiyatga ega. Transportning ushbu turi yuk va yо‘lovchilarni paravoz, teplovoz va elektrovozlar bilan temir yо‘lda tashishga moslashgan.
Har qanday transportning iqtisodiy ahamiyati, turli xil hajmdagi yuklarni, aholi ehtiyojiga zarur bо‘lgan tovarlarni - oziq-ovqat va sanoat mahsulotlari bilan aholini о‘z vaqtida ta’minlashda benihoya kattadir. Ayniqsa transport turli xil xomashyolar, metall, toshkо‘mir, neft, qurilish materiallarini, asbob uskunalar, yoqilg‘i mahsulotlarini qayta ishlovchi sanoat tarmoqlariga yetkazib beradi va qishloq xо‘jaligini mineral о‘g‘itlar, yem-xashaklar bilan ta’minlaydi, ularning mahsulotini aholi va sanoat markazlariga yetkazib beradi (Uldjabayev K.U., 1999).
Temir yо‘l transportining infratuzilmasiga quyidagilar kiradi. teplovozlar, elektrovozlar va vagonlar deposi; vokzallar; temir yо‘llar hamda ularga xizmat kо‘rsatuvchi turil xil obektlar.
Temir yо‘l transporti boshqa transport turlariga nisbatan ayrim о‘ziga xos xususiyatlari bilan ajralib turadi. Jumladan, uning faoliyatiga iqlim sharoitlari va yil fasllari uncha katta salbiy ta’sir kо‘rsatmaydi, u hamma vaqt faoliyat kо‘rsata oladi. Shuningdek, uning tezligi katta, yuk tashish tannarxi nisbatan past, yuk kо‘tarish qobiliyati katta, hamda bir vaqtning о‘zida katta xajmdagi yuklarni uzoq masofaga tashishda boshqa turlardan keskin ajralib turadi.
Dunyoda birinchi temir yо‘l transporti (paravoz) Buyuk Brtaniyada 1825 yilda qurilgan.О‘zbekistonda temir yо‘l qurilishi 1890 yildan boshlanadi, 1899 yili Samarqand – Andijon, 1906 yilda Orenburg-Toshkent temir yо‘li qurib bitkazildi.
Surxondaryo viloyatida dastlabki temir yо‘llar qurilishi 1918-1940 yillar orasida 800 km dan ortiq uzunlikda yangi yо‘llar qurib bitkazildi. Shu yillarda Termiz-Dushanbe (207 km), Qarshi-Kitob (132 km) va respublika sanoat markazlarini yirik konlar, yirik qurilishlar bilan bog‘lovchi boshqa temir yо‘llar qurildi. Aynan ana shu yillar orasida respublikadagi muhim avtomobil yо‘llari ham barpo etildi. Bular orasida Toshkent-Termiz mintaqalararo “Katta О‘zbek trakti” (708 km) alohida ahamiyati bilan ajralib turadi.
Temir yо‘l transporti viloyatning ichki taraqqiyotida va tashqi aloqalarida g‘oyat katta ahamiyatga ega. Surhondaryo viloyatida birinchi temir yо‘l oktabr tо‘ntarishidan oldin о‘tkazilgan. 1915 yilda Kogon-Termiz temir yо‘li qо‘rilgan. Bu yо‘lning respublika ichki taraqqiyotda ta’siri kuchli bо‘lmasa ham u viloyat hududini о‘zga regionlar bilan bog‘lovchi dastlabki muhim transport arteriyasi bо‘lgan edi.
Termiz shahridan viloyatning shimoliy tumanlari orqali 1925 yildan boshlab temir yо‘l о‘tkazila boshlandi. О‘sha yili hukumat qarori bilan 248 km lik Termiz-Dushanbe yо‘lini qurishga kirishildi. Bu yо‘lning qurilishi viloyat markazi Termizni Markaziy Osiyoning yirik shaharlari Toshkent va Dushanbe shaharlari bilan bog‘ladi. Tez orada ushbu temir yо‘l liniyasi atrofida viloyat ishlab chiqarish kuchlari tez rivojlandi. 1971 yilga kelib viloyat hududida yangi (Termiz-Kurg‘ontepa-Yavan) temir yо‘lini qurishga kirishildi. Bu yо‘lning qurilishi esa Surhondaryoni Tojikistonning janubiy rayonlari bilan bog‘lashda va nihoyat О‘zbekiston-Tojikiston davlatlarining kо‘p qirrali aloqalarini mustahkamlashda navbatdagi omil bо‘ldi.
Hozirgi vaqtda viloyatda temir yо‘llarning umumiy о‘zunligi 479,1 km bо‘lib, har ming km.kv. ga zichligi 21 km. Unda bir yilda 1,448,411 t-km yuk va 697 ming passajir tashiladi. Viloyatning yuk tashish aylanmasida temir yо‘l transportining hissasi katta.



Viloyatda temir yо‘l transportning joylashuvi va rivojlanishi omillarini aniqlash va tahlil qiladigan bо‘lsak, О‘zbekistonning mustaqillikka erishishi bilan mamlakat temir yо‘l transporti qurilishida ham yangi ufqlar ochilmoqda. Masalan: 1995 yilning 17 avgustida О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi G‘uzor-Boysun-Qо‘mqо‘rg‘on temir yо‘lini qurish uchun mahsus qaror qabul qildi. Bu temir yо‘lning qurilishi va ishga tushirilishi 1995-2007 yillarni о‘z ichiga oladi. Temir yо‘lning umumiy о‘zunligi 223 km, shundan 115 kilometri Surhondaryo va 108 kilometri Kashqadaryo hududidan о‘tadi. G‘uzordan to Oqrabotgacha, ya’ni Kashqadaryo viloyati hududida yangi temir yо‘l buyida Mang‘it, Garniston, Bо‘zahur, Qoradahana bekatlari, Qayirma, Jarquduq, Beshbuloq, Chashmiobzon razezdlari qurildi. Surhondaryo viloyati hududida esa temir yо‘l qurilishi Oqrabotdan boshlanib, Qо‘mqо‘rg‘on tumanidagi Makedon kо‘prigigacha davom qilib, shu joyda temir yо‘l tuguni vujudga keltirildi va undan Qо‘mqurg‘on va Termizga qarata poyezd qatnovi yо‘lga quyildi.



Viloyatimiz hududida yangi temir yо‘l buylab Oqnazar, SHо‘rob, Dahnijom, Pitov, Hudoydod, Bandihon, Makedon bekat va razezdlari qurildi. Yangi temir yо‘l qurilishiga 1990 yil zarhal harflar bilan bitilgan. Negaki, bu yilda ikki qо‘shni viloyatlarni bir biriga bog‘laydigan mazkur temir yо‘lning dastlabki relslarini yotqizishdek hayrli ish Qо‘mqurg‘on va G‘uzor tumanlari hududida amalga oshirilgan edi.
Surxondaryo viloyatida temir yо‘lni barpo qilish haqida О‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tarihiy qaror chiqarar ekan, bizning nazarimizda unga quyidagilar asos qilib olingan:

  • yangi temir yо‘l liniyasi о‘tkaziladigan jurg‘ofiy mintaqada kon qidiruv ishlarini olib borish, yangi konlarni topish va foydali qazilmalar majmuasini о‘zlashtirish;

  • yangi temir yо‘l liniyasi hududida aholi qurg‘onchalari va aholi manzilgohlarini tashkil qilish;

  • Qashqadaryo va Surhondaryo viloyatlarining mazkur temir yо‘l liniyasi о‘tadigan mintaqasida ishlab chikarish kuchlarini tezkorlik bilan rivojlantirish asosida halq hо‘jaligi majmuasini tig‘iz takomillashtirish;

-“G‘о‘zor-Boysun-Qо‘mqо‘rg‘on"temir yо‘lini ishga tushirish bilan mamlakatimizning janubiy ikki viloyatini о‘zaro zich bog‘lash hamda ushbu mintaqani boshqa mintaqalar bilan bog‘lanishini va iqtisodiy rivojlanishini jadallashtirish;
-mamlakat temir yо‘l tizimini hizmatini kengaytirish va Janubiy О‘zbekistonni mamlakatimiziing markaziy regionlariga yaqinlashtirish va boshqalar.
Vazirlar Mahkamasiniig qarorida qayd qilinishicha temir yо‘l qurilishidagi asosiy ishlar yer ajratish, balandliklarni portlatish, kо‘priklar qurish, muhandislik ishlari, ishchi kuchi bilan ta’minlash, ularning ijtimoiy shart sharoitini barpo qilish, temir yо‘l bilan yonma-yon avtomo­bil yо‘li qurish va temir yо‘lni elektrlashtirish uchun liniyalar tortish va boshqarish Surhondaryo hamda Qashqadaryo hokimliklari zimmasiga yuklatilgan.
Surhondaryo viloyatining Qо‘mqurg‘on shahriga (Dehqonobod adirlari va yassi tog‘liklari, Boysun tog‘larining janubiy qismi va Bandihon massivlari orqali) о‘tkazilayotgan bu temir yо‘l birinchidan viloyatning markaziy tumanlarida foydali qazilmalarni, mavjud tabiiy resurslarni, mehnat resursini ishga tо‘liq jalb qilish bilan ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanishini tezlashtirishga hizmat kilsa, ikkinchidan Surhondaryoni mamlakatimiziing poytahtiga 120-130 km ga yaqinlashtirdi. Bu ayni bir paytning о‘zida Surhondaryoda temir yо‘l zichligini oshirdi, yuk va passajir tashish hajmini kо‘paytirdi, tashqi aloqani yana ham kengaytirdi. Shu bilan birga ushbu temir yо‘l liniyasining qurilishi viloyatning geografik markazi bо‘lgan Qо‘mqо‘rg‘on tumanini transport tuguni sifatidagi mavqeini yanada kо‘tardi.
Viloyat transport geografik qulaylashuvida barpo etilayotgan transport yо‘llarining ahamiyati katta. Ishga tushirilgan Toshg‘uzor-Boysun- Qumqо‘rg‘on temir yо‘l yо‘nalishi Surxondaryoni respublikaning boshqa viloyatlari bilan tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri bog‘lasa, Transafg‘on yо‘lagi barpo etilishi nafaqat mintaqa, balki mamlakatimiz uchun ham janubiy yо‘nalishda dengiz portlariga chiqish imkonini beradi.36
Hozirda mamlakatimiz bо‘yicha yuklarning 60 foizdan ziyodi, yо‘lovchilarning esa 75 foizdan ortig‘i temir yо‘l transporti orqali tashilayotganligining о‘zi temir yо‘l sohasining mamlakatimiz iqtisodiyoti va hayotida qay darajada о‘rin tutishini bildiradi.
2.4-jadval

Yüklə 1,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin