Surxondaryo viloyati ijtimoiy iqtisodiy rivojlanishiga transportning tasiri



Yüklə 1,87 Mb.
səhifə5/20
tarix06.06.2023
ölçüsü1,87 Mb.
#125899
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20
Umar magistr07

Birinchi bob hulosasi
Respublikamizning viloyatlari transportda yuk va yshlovchi tashish bshyicha turlicha salohiyatga egadirlar. Bunda viloyatlarning ishlab chiqarish salohiyati muhim о‘rin tutadi. Ayniqsa qaysi viloyatda tog‘-kon sanoati va sanoatning og‘ir tarmoqlari rivojlangan bо‘lsa, ularda transportda yuk tashish salohiyati ham yuqoridir. Jumladan, avtomobilda yuk tashish bо‘yicha birinchisafda Navoiy (312,2 mln tonna), keyin esa Toshkent viloyati (128,7 mln tonna) yetakchilik qiladi. Ushbu viloyatlar mineral xomashyo salohiyatining kattaligi, sanoat ishlab chiqarishining rivojlanganligi bilan ajralib turadi. Shuningdek, Buxoro, Farg‘ona viloyatlari ham sezilarli mavqega ega.
Viloyatlar transportining rivojlanishida barpo etilayotgan inftratuzilmalar hamda qabul qilinayotgan meyoriy huquqiy hujjatlarning ahamiyati katta hamda viloyat va mamlakat transporti infratuzilmasining zamon talablariga javob berishida xizmat qiladi. Ishga tushirilgan Toshg‘uzor-Boysun- Qumqо‘rg‘on temir yо‘l yо‘nalishi Surxondaryoni respublikaning boshqa viloyatlari bilan tо‘g‘ridan-tо‘g‘ri bog‘lasa, Transafg‘on yо‘lagi barpo etilishi nafaqat mintaqa, balki mamlakatimizni jahon bozoriga janubiy yо‘nalishda dengiz portlariga olib chiqish imkonini beradi. Viloyat ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining hududiy tafovutlarida transport aloqalari omilini tahlil etish asosida tumanlarni iqtisodiy geografik о‘rniga kо‘ra rayonlashtirishda yangi qarorlar, dasturlarni ishlab chiqish muhim sanaladi. Yana shuni ta’kidlab о‘tish kerakki, Markaziy Osiyo mamlakatlarida tranzit yuklar tо‘g‘risida alohida qonun qabul qilinmaganligi, tranzit borasidagi hujjatlarni qо‘rib chiqishni taqazo etadi.

2-BOB. VILOYAT TRANSPORTI RIVOJLANISHIDAGI ASOSIY MUAMMOLAR VA ISTIQBOL YO’NALISHLARI


2.1. Viloyat transport tizimlarining shakllanishi va rivojlanishi xususiyatlari


Tarixdan ma’lumki, muayyan bir hudud geografik о‘rnining qulayligi uning ijtimoiy – iqtisodiy rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi. Hozirgi, texnika taraqqiyoti kuchayib borayotgan, jahon xо‘jalik tizimlari tez rivojlanib borayotgan bir davrda, qulay geografik о‘rin har qanday mamlakatning iqtisodiy istiqbolida alohida о‘rin tutadi. Bunda transportning muhim о‘rni bor. Mamlakatlarning transport tizimlarini rivojlantirish bugungi kunning muhim masalalaridan biriga aylangan. Bu borada respublikamizning eng chekka janubiy qismida joylashgan Surxondaryo viloyatini poytaxt va boshqa viloyatlar bilan bog‘lashda hamda viloyatning iqtisodiy va siyosiy mavqeini kо‘tarishda uning transport tizimini rivojlanishi muhim ahamiyat kasb etadi. Xususan, mazkur viloyatning joylashuvi haqida A.Soliyev shunday deydi - “Mamlakatimizda faqat Toshkent va Surxondaryo viloyatlari 3 tadan davlatlar bilan tutash, biroq bunday siyosiy geografik о‘rin, geosiyosiy vaziyat Surxondaryo viloyati uchun о‘zgacha xususiyat kasb etadi.”31
Surhondaryo viloyati mamlakatimizning eng janubiy qismida joylashgan. U ayni bir paytda Markaziy Osiyoning ham Janubiy qismida joylashgan bо‘lib, uning hududi quruq subtropik iqlimiy mintaqaga tо‘g‘ri keladi. Viloyat hududi 37°10-39°02 shimoliy kenglik va 66°32-68°25 sharqiy uzoqlikda joylashgan.
Surhondaryo viloyati dastlab 1927 yilda О‘zbekiston Respublikasi tarkibida tuzilgan viloyatlarning biri bо‘lgan. Faqat 1941 yilning 6 mart kuni О‘zbekiston Oliy Kengashining qarori bilan Surhondaryo mustaqil viloyat tarzida qayta tuzilgan.
1960 yilning 25 yanvarida Surhondaryo va Qashqadaryo viloyatlari qо‘shib yuborildi. Surxondaryo viloyati 1964 yilning 7 fevralida avvalgi chegarasida qayta tiklandi.
Hozirgi vaqtda Surhondaryo viloyati ma’muriy jihatdan 14 tumanni birlashtiradi. Ular: Angor, Boysun, Denov, Jarqо‘rg‘on, Muzrabot, Oltinsoy, Qiziriq, Qо‘mqо‘rg‘oi, Sariosiyo, Termiz, О‘zun, Sherobod, SHо‘rchi tumanlaridir. Viloyatda ikkita yirik shahar bor. Ular Termiz (viloyatning ma’muriy markazi) va Denov (viloyatning sanoatlashgan markazi)dir.
Surhondaryo viloyatining chekka (va ayni bir paytda janubiy geografik) о‘rni uning boshqa viloyatlarga nisbatan kо‘proq horijiy davlatlar bilan chegaralanishini taqozo qilgan. U yaqin horijiy davlatlar Tojikiston bilan shimol, shimoli-sharq va sharq tomondan va Turkmaniston bi­lan g‘arb tomondan, horijiy davlat Afg‘oniston bilan esa janubiy tomondan Amudaryo о‘zani orqali chegaralanadi. Shuningdek viloyat g‘arbda baland tog‘lar orqali mamlakatimizning Kashqadaryo viloyati bilan ham katta masofada chegaralanadi. Bu chegaraning sarhad chizig‘i Respublikamizning eng baland tog‘i Hisor tizmasiga tо‘g‘ri keladi. «Dunyo osmoni» deb nom olgan Pomir tog‘iga mansub bо‘lgan Hisorning qudratli devor tarzida chо‘zilgan tizmalari: Kо‘hitang (uning viloyat hududida joylashgan eng baland chuqqisi dengiz sathidan 3723 metrga teng), Ketmonchopti (3168 m), Sarimas (1890 m), Suvsiztog‘ (2122 m), Kulbatog‘ (2130 m) orqali о‘tgan. Viloyatning Qashqadaryo orqali bо‘lgan bu chegarasi shimolroqda Chaqchar va Boysuntog‘ suvayirg‘ichi, sо‘ngra janubi-g‘arbda Shurob botig‘ining boshlang‘ich nuqtasi, Suvsiz tog‘ va Kuhitangning shimoldagi tizmasi orqali о‘tadi.
Viloyat hududi egri chizilgan uchburchakni eslatadi. Uning ulchamlari: shimoldan janubga 220-250 km, g‘arbdan sharq­ga esa 150-170 kmga chо‘ziladi. Demak u shimoldan janubga ancha chо‘zilgan. Viloyatning uch tomondan tog‘lar bilan о‘ralgan chegarasi janubiy tomonga ochiq Amu­daryo orqali Afg‘oniston davlati bilan chegara­langan.
Surhondaryoning g‘arbiy va shimoliy-g‘arbiy chegara chiziqlarida joylashgan baland tog‘lar viloyatda о‘zgacha iqlimiy sharoit hosil qiluvchi omillardir.
Viloyatning tabiatiga, tabiiy landshaftiga, uning iqlimi, suv resurslari, tuprog‘i, о‘simliklar va hayvonot dunyosi holatiga uning geografik о‘rni (ayniqsa chegara qismidagi tog‘lar) ta’sir kо‘rsatib turadi. Shuningdek viloyatning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishiga chegaradosh davlatlar bilan aloqaning ta’siri kuchli. Ayniqsa, Afg‘oniston bilan Amudaryo porti va Amudaryo temir yо‘l (va ayni paytda avtomobil yо‘li) kо‘prigi orqali olib borilayotgan 20 dan ortiq Osiyo va Yevropa davlatlarining iqtisodiy, tehnikaviy, savdo-sotiq aloqalari, hamda Tojikiston bilan Termiz-Dushanbe, temir yо‘l va avtomobil yо‘llari orqali olib borilayotgan aloqa viloyat ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyotiga kuchli ta’sir kо‘rsatib tu­radi.
Viloyat hududining kо‘lami 20,1 ming kv. km. U mamlaka­timiz hududining 4,6 foizini tashkil qiladi. Biroq Sur­hondaryo egallagan maydonning kattaligi jihatidan mamla­katimiz viloyatlari ichida salmoqli о‘rinda turadi.
Surhondaryo viloyatining geografik о‘rni, ya’ni Markaziy Osiyo quruqligining ancha ichkari qismida joylashganligi, okeanlardan va yog‘in-sochin keltiradigan sovuq va iliq havo massalaridan uzoqdaligi, Quyosh nurining hududga nisbatan tik tushishi, uch tomondan iqlim hosil qiluvchi omillardan berk tog‘lar bilan о‘ralganligi va janubiy qismining ochiqligi uning tabiati va hо‘jaligiga о‘z ta’sirini kо‘r­satgan.
Viloyatning tekislik qismi uning о‘rtalig‘idir. U «Surhon Sherobod vodiysi», «Surhon vodiysi» va goho «Sherobod vodiysi» deb ham yuritiladi. Ushbu tekislikning dengiz sathidan balandligi har hil: janubiy qismida 300 metr atrofida, о‘rtaligida 400-450 m. shimoliy va shimoli-g‘arbiy qismida 700 m gacha yetadi, ya’ni u janubdan-shimolga borgan sari balandlashib boradi. Qiziriqdara chо‘li Kattaqо‘m massivi, Haudagtog‘ suvayiririchi va Bandihon massividagi о‘nlarcha tepalik va jarliklar vilo­yatning yahlit tekislik zonasida bо‘lib uning bir hil tabiiy yuzasini buzib turadi.
Transport viloyat halq hо‘jaligida alohida о‘rin tutadi. Tuman bilan tuman, tuman bilan markaz, shuningdek sanoat bilan qishloq hо‘jalik, kon sanoati bilan qayta ishlash sanoati orasida transport muhim aloqa vositasidir. Uning holati, rivojlanish darajasi regionda ishlab chiqaruvchi kuchlarning holatiga bevosita ta’sir kursatadi va istiqbolli yо‘nalishlarini belgilab beradi. Masalan: Toshkent-Termiz, Termiz-Dushanba temir yо‘l liniyalarining qurilishi shu yо‘nalishda viloyat ishlab chiqaruvchi kuchlarining tez rivojlanib ketishiga hizmat qildi. Shuningdek transportning tashqi iqtisodiy, tehnikaviy, savdo-sotiq va madaniy aloqalarda ham ahamiyati beо‘lchov kattadir.
Surhondaryoda tabiiy boyliklarni topish va ishga tushirish, yangi yerlarni о‘zlashtirish, yangi-yangi aholi manzilgohlarini barpo qilish, tayyor mahsulotlarni va hom ashyoni о‘zga rayonlarga chiqarish yoki ulardan keltirish hamisha vi­loyat transport tarmoqlari va ularning rivojlanish dara­jasi bilan bog‘liq kechgan.
Viloyatda 2017 yilda 58857,6 ming tonna yuk tashilgan bо‘lsa 2018 yilga kelib 61104,9 ming tonna yuk tashilgan yо‘lovchilar soni esa 248010,9 ming kishini tashkil qilgan bо‘lsa 2018 yilga kelib bu kо‘rsatgich 257466,2 ming kishini tashkil etgan. Yо‘lovchi tashish aylanmasi esa 2017 yilda 104 % ga о‘sgan.
Surhondaryoning mamlakatimizdagi kо‘pgina iqtisodiy rayonlar va viloyatlardan iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishda orqada qolayotganligi uning Markazdan uzoqligi va binobarin tashqi transport aloqalarining kuchsiz rivojlanganligi bilan ham bog‘liqdir. Bunga yana temir yо‘l transportini misol keltirish mumkin. Mamlakatimizdagi aksariyat viloyatlar hududini bir necha yо‘nalishda temir yо‘l liniyalari kesib о‘tgan bо‘lsa, Surhondaryoning hududidan asosan bitta temir yо‘l liniyasi kesib о‘tgandir. Boshqa transport turlarida ham deyarli shunday xolatni kо‘rish mumkin.
Viloyatda temir yо‘l, avtomobil yо‘li, havo, suv va quvur transport turlari rivojlantirilgan.
Bugungi kunda ijtimoiy hayotimizni transportsiz tasavvur qilib bо‘lmaydi. Binobarin, har qanday mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida, eng avvalo uning xо‘jaligining hududiy tashkil etilishi va rivojlanishida yohud aholisi hayotida transportning roli va ahamiyati beqiyosdir. Mazkur tarmoq jahon va uning turli mintaqalari yoki alohida olingan davlatlari xо‘jaligida, о‘zaro aloqalarida muhim ahamiyat kasb etadi. Hozirda butunjahon va uning turli mintaqalari hamda davlatlari doirasida integratsiya, globalizatsiya jarayonlarini amalga oshirishda ham transport omilining ahamiyati juda muhim. Shulardan kelib chiqib, mazkur soxani turlicha hududiy kо‘lamda (mahalliy - davlat miqyosida, mintaqa yoki jahon miqyosida) geografik о‘rganish, hududlarning transport-geografik salohiyatini tahlil va tadqiq qilish, rivojlanishining hududiy muammolarini aniqlash hamda kelajak istiqbollarini belgilash bо‘yicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalarni ishlab chiqish, zamonaviy iqtisodiy-geografik tadqiqotlarning dolzarb yо‘nalishlaridan biridir.
Xо‘jalik tarmog‘i sifatida transportning eng asosiy vazifasi yо‘lovchi va yuklarni tashishdan iboratdir. Bunda uning eng muhim xususiyatlaridan biri - bog‘lovchilik, ya’ni ishlab chiqaruvchi va iste’molchini, mintaqalar, mamlakatlar yoki ularning qismlarini, shaharlarni о‘zaro bog‘lashida kо‘zga tashlanadi. Shular bilan birga, transportning ayrim о‘ziga xos xususiyatlari ham mavjudki, bular turdosh sohalarda deyarli kо‘zga tashlanmaydi. Jumladan, transport eng avvalo xarakatlantiruvchi vosita rolini bajarsa, iqtisodiy jihatdan, ya’ni milliy iqtisodiyot nuqtai-nazaridan u xо‘jalik tarmog‘idir. Shuningdek, xizmat kо‘rsatish borasida esa transport infratuzilma elementi bо‘lib hisoblanadi. Shuni alohida ta’kidlash joizki, transportning yana bir о‘ziga xos jihati, uning joylashtirish yoki rivojlantirishning omili ekanligida kо‘rinadi. Shular bilan birga, geografik о‘rinning “qulay” yoki “noqulay”ligida, mahsulot yoki kо‘rsatilgan xizmatning “arzon” yoki “qimmat”ga tushishida ham transport omilining rolini inkor qilib bо‘lmaydi.32
Mazkur xо‘jalik tarmog‘ining iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy ahamiyatidan kelib chiqib, uning hududiy tarkibi va tizimlarini shakllanishi hamda rivojlanishini tadqiq qilish, ushbu soxaning hududiy tarkibini takomillashtirish bо‘yicha ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirish О‘zbekiston iqtisodiy va ijtimoiy geografiyasining muhim yо‘nalishlaridan biridir.
О‘zbekistonda davlat mustaqilligining dastlabki yillaridan boshlaboq, xukumat tomonidan amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohatlarda transport soxasini rivojlantirishga, respublikaning yо‘l mustaqilligiga erishishga, turli mintaqalarning transport - iqtisodiy salohiyatini yuksaltirishga, alaloqibat, О‘zbekistonning jahon hamjamiyatida tutgan о‘rni va rolini mustahkamlashga, uning raqobatbardoshligini oshirishga strategik ustuvor yо‘nalishlar sifatida e’tibor qaratilmoqda. Bular, eng avvalo О‘zbekistonning jahon miqyosidagi noqulay geografik о‘rni, chunonchi jahon dengizlaridan uzoqda, materik ichkarisida joylashganligi, xalqaro dengiz savdo yо‘llariga bevosita chiqa olmasligi bilan bog‘liqdir. Shular bilan birga, hududiy transport-kommunikatsiya infratuzilmalarining rivojlanish xolati, mintaqadagi geosiyosiy vaziyat, chunonchi afg‘on omili ham respublikamizni eng yaqin dengiz yо‘llariga chiqish salohiyatini pasaytiradi.33
Hozirgi kunda respublika rahbariyati tomonidan mazkur soxani tarkibiy va hududiy takomillashtirish bо‘yicha ham katta ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, О‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 7 fevraldagi “Transport soxasida davlat boshqaruvi tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari tо‘g‘risida”gi PF-5647-son Farmoniga asosan О‘zbekiston avtomobil transporti agentligi negizida О‘zbekiston Respublikasi transport vazirligini tashkil etilishi, mazkur tarmoqni izchil rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega.34
О‘zbekiston bо‘yicha 2018 yilda iqtisodiy faoliyat turlari bо‘yicha jami xizmatlar xajmida transportning ulushi 29,5% ni (146836,3 mlrd.sо‘mni), ya’ni eng yuqori pog‘onani tashkil qilib, о‘tgan yilga nisbatan 103,9% ga о‘sgan. Shu yili respublikada jami transport xizmatlari tarkibida 49,4% ulush bilan avtomobil transporti yetakchi mavqeni egallagan. Bu borada keyingi о‘rinlarda quvur transporti (17,2%), temir yо‘l (13,6%), havo transportlari (11,5%) turadi. Ta’kidlash joizki, avtotransport xizmatlari tarkibida Surxondaryo viloyatining ulushi atigi 4,4%ni tashkil qiladi xolos.
Ta’kidlash joizki, mamlakatimiz miqyosida barcha ma’muriy-hududiy birliklar, mintaqalar bir xil transport-geografik salohiyat va imkoniyatlarga ega emas. Bu borada, ayniqsa Farg‘ona mintaqasining imkoniyatlari chegaralangan, Quyiamudaryo mintaqasi esa poytaht va markaziy rayonlardan uzoqda joylashganligi bilan xarakterlanadi. Respublikamizning eng janubiy mintaqasi – Surxondaryo viloyati ham bu borada qulay transport-geografik о‘ringa ega emas.
Sо‘nggi yillarda, О‘zbekiston hukumati va shahsan Prezident Shavkat Mirziyoyev tomonidan Markaziy Osiyoni yagona mintaqa sifatida rivojlantirishning dolzarbligiga, ushbu mintaqada qulay siyosiy, iqtisodiy, investitsion muhitni yaratishga juda katta e’tibor qaratilmoqda. Zero, Markaziy Osiyoda faol hamkorlik siyosatini olib borish, eng avvalo, mintaqa davlatlarining transport-tranzit salohiyatini, yanada takomillashtirishni, yangi transport-tranzit yо‘laklarini shakllantirishni, xalqaro logistika markazlari tarmog‘ini barpo qilishni talab qiladi. Bunda shuni alohida ta’kidlash joizki, О‘zbekistonning mintaqadagi noyob geografik о‘rni, kommunikatsion salohiyatidan samarali foydalanish ham muhim ahamiyatga ega. Bu borada uning turli mintaqalari, ma’muriy birliklari о‘ziga xos xususiyatlar kasb etadi.
Mazkur, tadqiq etilayotgan Surxondaryo viloyati geografik jihatdan mamlakatimizning eng janubida, poytahtdan, yetakchi mintaqalardan uzoqda joylashganligi bilan xarakterlanadi. Bugungi kunda, uning hududi 20,1 ming kv.km.ni (4,5%) tashkil qilgani xolda, respublikaning 7,6% (2514,2 ming kishi, 01.01.2018 y.) demografik salohiyatini о‘zida mujassamlagan. Viloyat ma’muriy jihatdan 14ta qishloq tumanidan tarkib topgan. Shuningdek, viloyatning ijtimoiy-iqtisodiy hayotida, uning ma’muriy markazi – Termiz shahri (143,8 ming kishi) hamda ikkinchi yirik shahri hisoblangan Denov shahri (85,7 ming kishi) muhim rol о‘ynaydi.35
Mazkur viloyatning о‘ziga xos tabiiy-geografik shart-sharoiti, hududining yer yuzasi tuzilishi (ya’ni, boshqa viloyatlarga nisbatan tog‘lilik darajasining yuqoriligi), resurs salohiyati, aholi va aholi punktlarining joylashuvi xususiyatlari, ishlab chiqarish salohiyatining hududiy tarkibi, umumiy iqtisodiy-ijtimoiy rivojlanish darajasi, о‘z navbatida viloyatning transport – hududiy tizimlarini tarkib topishi va rivojlanishiga о‘z ta’sirini kо‘rsatgan.
Bugungi kunda Surxondaryo viloyati О‘zbekiston yalpi ichki mahsuloti (YAIM)ning 4,18%ni (2017y.), mos ravishda sanoat va qishloq xо‘jaligi mahsulotining 1,6 % va 9,1%ni о‘zida mujassam qilgan.

Yüklə 1,87 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   20




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin