26
sug‗oriladigan dehqonchilikning markazlaridan biri bo‗lib, sug‗orish inshootlari ham qadim
zamonlardan mukammal ravishda rivojlangandir.
Bozor munosabatlariga o‗tish natijasida O‗zbekistonda suv
resurslarini boshqarishning
yangi tarkiblari ham paydo bo‗ldi. Lekin shuni ta‘kidlab o‗tish kerakki, suv resurslarini
boshqarish borasida hali yechilmagan muammolarning ko‗pligini ham aytib o‗tish mumkin. Ular
ichida muhimlari quyidagilar:
1. Suv resurslarini boshqarishning yagona davlatlararo organiki tashkil etishning zarurligi.
Mutaxassislarning hisoblariga qaraganda bunday organ maxsus maqomga, tarkibga,
havzada suv
resurslardan foydalanish va uning holatini baholash borasidagi ma‘lumot markaziga ega
«Sirdaryo», «Amudaryo» havzaviy suv birlashmalarini o‗z ichiga oluvchi Xalqaro suv —
energetika konsorsiumi bo‗lishi lozim.
2. Mamlakatimizning yirik daryolari va suv manbalari (Amudaryo, Sirdaryo, Arnasoy, Orol
dengizi)ning ijtimoiy — iqtisodiy maqomini belgilash;
3. Suv resurslarini boshqarish masalalariga oid qonuniy va huquqiy
hujjatlarni takomillashtirish,
bu masala bo‗yicha yagona davlatlararo konsepsiyani ishlab chiqish;
4. Respublikalarning manfaatlarini hisobga olgan holda, suv sifati va miqdori monitoringi
tizimini
rivojlantirish;
5.Gidroekologik jihatdan «xavfli» hududlarni batafsil o‗rganish;
6. Orol dengizi havzasi suv resurslarining yagona ma‘lumotlar manbaini yaratish, bunda ulardagi
tadrijiy o‗zgarishlarni hisobga olish.
1-rasm
28
O‗zbekiston suv resurslarining katta qismini qishloq xo‗jaligida foydalanadi. O‗zbekiston
iqlimidan kelib chiqqan holda 1 ga yerga 1yilda sarf qilinishi kerak bo‗lgan suv 1200 m3 qilib
belgilangan lekin sarf qilinayotgan suv miqdori 1600-1800 m3 ni toshkil qilmoqda. O‗zbekiston
suv resurslaridan norma bo‗yicha foydalanilsa 4,2 mln. ga o‗rniga 4,8
mln ga yerga dexqonchilik
qilish mumkin. Agar ilg‗or sug‗orish texnologiyalaridan va tajribalaridan foydalansak. mavjud
suv resurslari bilan 7-8 mln ga yerni sug‗orish mumkin bo‗lar edi.
3-diagramma
Sanoatda
ham
suvdan
foydalanishning
samarali
usullaridan
kam
foydalaniladi.Foydalanilgan suvni tozalash, berk havzalar tashkil qilish sanoat korxonalarini
nazorat qilish, belgilangan normalarga rioya qilish masalalari
rivojlangan mamlakatlarga
nisbatan bir necha marotaba past e‘tibor beriladi.
Kommunal xo‗jaligida Yevropa mamlakatlari bir sutkada 300-350 l suv sarflasalar, bizda
esa 600-550 l ni tashkil etadi. [280-285]
Shuning uchun mustaqillikni dastlabki yillaridan boshlab suv resurslaridan foydalanishni
takomillashtirish va samaradorligini oshirish maqsadida quyidagilar e‘tibor berildi.
1). Ishlatilayotgan suvni hisobga olish. (qishloq xo‗jaligi, sanoat va kommunal xo‗jaligida ham)
2). Suvdan foydalanishni iqtisodiy mexanizmini yaratish.(normadan
kam foydalanilganda va
kam ifloslantirganda rag‗batlantirish,aksi bo‗lganda jarima solish, suvning tannarxini belgilash
va baholash va hokazo).
3). Suvdan foydalanganlik uchun haq to‗lashni tashkil etish.(suv o‗lchagichlar o‗rnatish,
foydalanish normalarini belgilash).
4). Suv resurslarini nazorat qilish va foydalanishni rejalashtirish.
5). Qo‗shni davlatlar bilan tranzit suv resurlaridan foydalanishni xuquqiy asosini yaratish.
29
6). Suv resurslaridan foydalanishning jahon tajriba va texnologiyalarini o‗rganish va o‗zimizda
qo‗llash.
6-jadval
Dostları ilə paylaş: