22
muammo suv resurslarining (er usti va yer osti) tanqisligi va ifloslanganligidir.
Respublikaning
daryolari, kanallari, suv omborlari va hatto yer osti suvlari turli antropogen ta‘sirlar ostiga
tushib qolgan. O‗tgan asrning oltmishinchi yillaridan
boshlab yangi yerlarni keng ko‗lamda o‗zlashtirish, sanoatning,
chorvachilikning ekstensiv
rivojlanishi, urbanizatsiya, kollektor-drenaj sistemalarining qurilishi va daryo suvlarining
sug‗orish uchun olinishi munosabati bilan daryo havzalaridagi suvning sifati intensiv
ravishda yomonlasha bordi. Bu holat ekologik-gigienik va sanitariya-epidemiologik
vaziyatni, ayniqsa daryo o‗zanlaridagi ahvolni yomonlashtiradi. O‗zbekiston
Respublikasida
oqimning shakllanish hududi asosan tog‗dan boshlanadigan daryolarga to‗g‗ri keladi.
Balandlikning tog‗ zonasi hududida keskin pasayishi ekologik sharoitlar gradientini vujudga
keltiradi, bu tabiiy ravishda vegetatsiya davrida suv biotasining yanada gurkirab rivojlanishiga
olib keladi, natijada daryolarning quyi qismida torf vujudga kela boshlaydi. Oqim shakllanadigan
zonada joylashgan daryolar suvining sifat tarkibi daryo o‗zanlarini vujudga keltiruvchi tog‗
jinslaridan xosil bo‗lgan chiqindilar hamda insonning xo‗jalik faoliyati natijasida vujudga
keladigan oqimlardan yuzaga keladi. Tog‗ zonalarida suv oqimlarini
ifloslantiruvchi yaqqol
manbalari yo‗q, suvning fizik-kimyoviy ko‗rsatkichlarining barcha o‗zgarishlari, perfitonning
tarkibi va tuzilishi esa orografiya va umumiy landshaft vaziyatidan kelib chiqadigan tabiiy
tuzilishga egadir.
Daryo ekosistemalariga antropogen bosimning o‗sib borishi suvlarning tarkibi va
tuzilishidagi chuqur o‗zgarishlarga olib kelmoqda. Farg‗ona vodiysi suv oqimi
shakllanadigan zonada joylashgan suv oqimlarida bioparda bilan qoplanish mo‗‘tadil yoki
g‗oyat sust rivojlanadi. Daryolarning yuqori qismlaridagi biotik perifiton
indeksning qiymati
10 ga (ekologik zo‗riqishning zaif toifasi), quyi qismlarda esa 4 ga (ekologik zo‗riqishning
yuqori toifasi) tengdir.
O‗zbekiston hududi O‗rta Osiyoning ikki daryosi – Amudaryo va Sirdaryo oralig‗ida
joylashgan, ularning g‗arbiy va shimoliy – g‗arbiy qismidan Pomir-Olay va Tyon Shon tog‗
sistemalari o‗tadi. O‗zbekistonning suv resurslari yer usti suvlaridan tashkil bo‗lgan, qo‗shni
mamlakatlardan daryolar va kanallar orqali kirib keladi, qaysiki respublikalar hududlarida
shakllangan. Yer usti suv resurslariga ko‗llar suvi va muzliklardagi suv zahiralari ham kiradi.
Hududlarni suv ta‘minotida yer osti chuchuk suvlari katta rol o‗ynaydi. Suv resurslarining
shakllanishida asosiy manba atmosfera havosi olib keladigan namlik hisoblanadi. Hududlar
bo‗yicha yog‗ingarchilikni taqsimlanish xususiyatini katta har xil reefli orografik o‗rni aniqlaydi.
O‗zbekistonning tekistlik qismida qurg‗oqchilik: yil davomidagi yog‗ingarchilik miqdori 100-
200 mm bo‗lib, ayrim joylarda bundan ham kam (80 mm gacha). Tog‗oldi zonalarida (dengiz
23
sathidan 300-400 dan 600-1000 m gacha balandliklarda) yillik yog‗in miqdori 300-500 mm
gacha ko‗tariladi. Joylarning balandligi o‗sgan sari yog‗ingarchilik miqdori o‗sib boradi,
lekin
tog‗ vohalarida ularni taqsimlanishi ancha qiyin xarakterga ega bo‗lib, nafaqat joylarni
balandligiga, tog‗larni joylanishiga (ichki yoki tashqi) va boshqa orografik va iqlim omillari
bilan bog‗liq. Qiyaliklarda ochiq asosiy namlik olib keluvchi potoklar yordamida yillik
yog‗ingarchilik miqdori 1500-2000 mm gacha yetishi mumkin ( masalan, Pskem daryosi
vohasida). [400]
O‗zbekistonning
asosiy gidrologik xususiyati, shuningdek Orol dengizi vohasining
hamma joyi har xil gidrologik funksiyalariga ko‗ra bir-biridan katta farq qiladigan ikki qismga
bo‗linadi: tekistlik va tog‗li. Tog‗li hududlar daryo irmoqlaridan suv oqimi shakllanish zonasi
hisoblanadi. Tekis hududlar kam miqdorda yog‗ingarchilik va yuqori bo‗g‗lanishi tufayli
atmosfera yog‗inlari bir necha marta ko‗p bo‗lishiga qaramsdan suv oqimlarini hosil qilmaydi.
Bundan tashqari tog‗lardan oqib kelgan suvlar
tekist hududlarda sarflanadi, bo‗g‗lanadi,
filtiratsiya bo‗lishi kuzatiladi va boshqa sabablar yo‗qolishga olib keladi. Bu jarayonlar
insonning xo‗jalik faoliyatida kuchayadi: daryolardan kanallar orqali ekinlarni sug‗orish uchun
olingan suv bo‗g‗lanishga va transpiratsiyaga sarflanadi, uning bir qismigina qaytim sifatida
yana daryoga oqib tushadi. Bu oblast O‗rta Osiyoda yirik gidrolog V. L.
Shuls terminologiyasi
bo‗yicha suv oqimini tarqalish oblasti deb aytadi. Tog‗lardan tekistlkga tabiiy gidrologik siklda
suv harakatining oxirgi zvenosi Orol dengizi hisoblanadi, uning barqaror paytida ustidan har yili
o‗rtacha 60 km3 suv parlangan.
Dostları ilə paylaş: