19
talikdagi va kichik ko‗llarda to‗plangan. Bu ko‗llar suv sifatining tozaligi hamda minerallashuv
darajasining juda kichikligi bilan ajralib turadi. [320]
Orol va Balxash ko‗llarini hisobga olmaganda, tekisliklardagi ko‗llarning
suv resurslari
50,8
kub.km
ni
tashkil
etadi.
Uning
asosiy
qismi
tabiiy
botiqlardagi
yirik
suv
havzalariSariqamish (28,5 kub.km) va Arnasoy (20 kub.km dan ortiq) ko‗llarida jamlangan.
Afsuski, ularning suvi yuqori darajada minerallashgan.
Hozirgi kunda O‗rta Osiyo ko‗llari suv resurslaridan xalq xo‗jaligining turli sohalari
(qishloq xo‗jaligi, energetika,
baliqchilik, suv transporti va boshqalar) da yanada samarali
foydalanish maqsadida ko‗plab loyihalar ilgari surilmoqda. Masalan, suv hajmi eng katta hi-
soblangan tog‗ ko‗llaridan biriSarez ko‗li resurslaridan quyidagi ikki yo‗nalishda
foydalanish
ko‗zda tutilmoqda. Ularning birinchisida ko‗lning suv resurslaridan qishloq xo‗jaligida yerlarni
sug‗orish maqsadlarida foydalanish nazarda tutilsa, ikkinchi loyihada
esa elektr energiyasi olish
maqsad qilib quyilgan. Shunday loyihalardan biri 1932 yilda injener M.A.Karaulov tomonidan
taklif etilgan. Bu loyihaning afzalligi shundan iboratki, uning amalga
oshirilishi natijasida bir
yo‗la ikki muammoni hal etish mumkin. Aniqroq qilib aytadigan bo‗lsak, ko‗lning chuqurligi
100150 metrgacha kamaytirilib, to‗g‗on buzilishining oldi olinadi
va shu bilan birga quvvati
500 000 kvt bo‗lgan gidroelektr stansiyasi barpo etiladi. Afsuski, murakkab relef va tabiiy
sharoitlar mazkur loyihani hozirgi kunga qadar ruyobga chiqishiga imkon bermayapti.
O‗rta Osiyo
Dostları ilə paylaş: