3-jadval O„rta Osiyo daryolari suv resurslari, km 3 /yil Daryo
havzasi
M u a l l i f l a r
V.L.Shuls
M.N.Bolshakov
SMI
DGI
O‗zMU
Amudaryo
79,0
-
72,8
69,5
73,6
Sirdaryo
37,8
38,3
36,7
37,0
38,8
Chuv,Talas
6,0
6,5
-
-
6,47
Izoh: SMI–O‘zR FA Suv muammolari instituti, DGI– Davlat gidrologiya instituti (Rossiya), O‘zMU-O‘zbekiston Milliy universiteti. ÛOGMITI Ûrta Osiyo gidrometeorologiya ilmiytadqiqot instituti. Yuqoridagi kabi O‗rta Osiyo daryolari suv resurslarining ayrim mustaqil davlatlar
hududlari bo‗yicha taqsimlanishi ham turli manbalarda turlicha miqdorda baholanadi (29jadval).
Ushbu jadvaldagi O‗zbekistonga tegishli ma‘lumotlarni 60yillarda V.L.Shuls tomonidan
aniqlangan miqdor bilan solishtirsak, farqning uncha katta emasligiga ishonch hosil qilamiz.
V.L.Shulsning baholashi bo‗yicha Respublikaning yillik yuza suv resurslari 99,5 km
3
teng
bo‗lib, uning faqat 12,2 km
3
qismi O‗zbekiston hududida hosil bo‗ladi.
Hozirgi kunda yuqorida keltirilgan barcha ma‘lumotlar, albatta, ma‘lum aniqliklar
kiritishni talab qiladi. Buning uchun daryolardagi suv miqdorini o‗lchash va kuzatish ishlarini
amalga oshiradigan gidrologik stansiyalar ishini yanada takomillashtirish, aniqrog‗i davr talabi
darajasida tashkil etish lozim.
Ko‗lshunos olimlarV.N.Reyzvix, A.M.Nikitin va boshqalarning fikricha O‗rta Osiyo
ko‗llari suv resurslarini o‗ta aniqlikda baholash imkoniyatiga ega emasmiz. Buning sababi,
birinchidan, ko‗llarning gidrologik nuqtainazardan o‗rganilish darajasi bilan bog‗liq bo‗lsa,
ikkinchidan, O‗rta Osiyo ko‗llari, ayniqsa,
tekislik ko‘llari ning suv miqdori vaqt bo‗yicha
o‗zgarib turadi. Lekin, shunga qaramasdan, sun‘iy yo‗ldoshlar yordamida olingan fotosuratlar bu
muammoni hal etishda bir muncha yengillik tug‗diradi. Quyida O‗rta Osiyo ko‗llarining suv
resurslarini yuqoridagi holatlarni hisobga olgan holda baholashga harakat qilamiz.