Suv resurslaridan foydalanish va muhofaza qilishning huquqiy asoslari



Yüklə 0,84 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/34
tarix09.08.2023
ölçüsü0,84 Mb.
#138985
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   34
0RJrQ3vRD3kUqmZxQjhYHPBLke8N991r3vYc3dNV

S i r d a r yo
 
Norin va Qoradaryoning qo‗shilishidan hosil bo‗lib, suv miqdori 
jihatidan u Amudaryodan keyingi o‗rinda turadi. 


16 
 
N o r i n
daryosi Markaziy Tyanshandan boshlanib, O‗zbekiston hududida havzaning eng 
quyi qismigina joylashgan. Uning o‗rtacha yillik oqimi 13,8 km
3
ga teng. 
 
Q o r a d a r yo 
esa o‗z suvlarini Farg‗ona va Oloy tizmalari yonbag‗irlaridan oladi. 
Uning o‗rtacha yillik suv sarfi 270 m
3
/s bo‗lib, oqim hajmi 8,52 km

ga teng. 
Norin va Qoradaryo qo‗shilgan yerdan boshlab Sirdaryo deyarli 300 km masofada Farg‗ona 
vodiysi bo‗ylab oqib o‗tadi. Shu oraliqda uning Chotqol, Qurama, Oloy va Turkiston tizmalari 
yonbag‗irlarida hosil bo‗ladigan katta­kichik irmoqlari bor. Lekin, ular suvining sug‗orishga olinishi 
oqibatida, ko‗pchiligi Sirdaryo o‗zaniga yetib kelmaydi. 
Farg‗ona vodiysi chegarasida Sirdaryoning yirik chap irmoqlari Isfayram, Shohimardon, 
So‗x, Isfara, Xo‗jabaqirg‗on, Oqsuv kabi daryolar bo‗lsa, o‗ng irmoqlari Pochchaotasoy, Kosonsoy, 
G‗ovasoy va Chodoqsoylardir. Vodiydan chiqqandan so‗ng Sirdaryo o‗ng tomondan Ohangaron, 
Chirchiq, Kalas va Aris daryolarini qabul qiladi. Ushbu irmoqlarning deyarli barchasi (Kalas va 
Arisdan tashqari O‗zbekiston hududida o‗zining quyi oqimida oqib o‗tadi va asosan, O‗zbekiston 
yerlarini sug‗oradi. 
Yuqorida keltirilgan jadval ma‘lumotlaridan ko‗rinib turibdiki, Sirdaryo va uning 
irmoqlarining suvlilik darajasi Farg‗ona vodiysi doirasida keng miqyosda o‗zgaradi. Chotqol va 
Qurama tizmalaridan eng kam suvli daryolar oqib tushadi: ulardan eng yirigi bo‗lgan Koson-
soyning oqim miqdori yiliga 0,31 mlrd.m
3
ga teng. Farg‗ona va Oloy tizmalaridan oqib 
tushuvchi daryolar nisbatan sersuv bo‗lib, ularning o‗rtacha yillik suv sarfi 8,4 m
3
/s dan 
(Moylisuv) 42,0 m
3
/s gacha (So‗x) o‗zgarib turadi. Turkiston tizmasidan oqib tushuvchi 
daryolarning suv sarfi sharqda 10,6­14,7 m
3
/s dan (Isfara va Xo‗jabaqirg‗on) g‗arbda 2,0­2,2 
m
3
/s gacha (Zominsuv va Sangzor) kamayib boradi. Farg‗ona vodiysidan chiqqandan so‗ng 
Sirdaryoga quyiluvchi ushbu daryolar uning oxirgi chap irmoqlaridir. 

Yüklə 0,84 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   34




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin