10
yo‗qotilgan suvga nisbatan Sirdaryo havzasida 6,0 foizni, Amudaryo havzasida esa 10,8
foizni
tashkil etdi.
Yangi o‗zlashtirilgan yerlarni sug‗orishda suvning bir qismi tuproq g‗ovaklarida
to‗planishakkumulyatsiya ko‗rinishida yo‗qotiladi. Yirik sug‗orish massivlarida bu miqdor
ancha katta bo‗ladi. Masalan, Mirzacho‗lni o‗zlashtirish davomida tuproqdagi g‗ovaklarni
to‗ldirishga 7,6 km
3
suv yoki boshqacha qilib aytganda shu massivga umumiy olingan suvning
15 foizi sarf bo‗lgan. Yetarli darajada va unumli ishlaydigan kollektorzovur tarmoqlariga ega
bo‗lganimizdagina yuqoridagi sarfni kamaytirish mumkin.
Suv resurslarining bir qismi suv omborlarini to‗ldirishga ham sarf bo‗ladi.
Shuni
ta‘kidlab o‗tish lozimki, suv omborlarining foydali (boshqarib turiladigan) hajmini to‗ldirishga
bo‗ladigan sarf vaqtinchali bo‗lsa (ya‘ni istalgan vaqtda undan foydalanish imkoni bor), foydasiz
(o‗lik) hajmini to‗ldirishga ketgan suvdan foydalanishda esa bunday imkoniyat mavjud emas.
Masalan, 60yillarning ikkinchi yarmida Sirdaryo havzasida suv omborlarini to‗ldirish uchun
yiliga qo‗shimcha 1 km
3
suv sarflangan bo‗lsa, 70yillarning oxirida uning qiymati 2,45 km
3
ga
yetdi yoki umumiy yo‗qotilgan suvga nisbatan 3,5 foizdan 7,4 foizga ortdi. [432]
Bunday sarflanish birinchi holda Chordara suv ombori hisobiga bo‗lsa, ikkinchisida esa
Andijon, To‗xtag‗ul suv omborlari tufayli bo‗ldi. Norak, To‗dako‗l,
Tolimarjon va boshqa suv
omborlarini to‗ldirish uchun Amudaryo havzasida sarflangan suv miqdori yiliga 1,5 km
3
ni yoki
umumiy yo‗qotilgan suvga nisbatan 2,9 foizni tashkil etdi. Keyingi yillarda yirik suv omborlari
qurilishi natijasida, sarflanishning bu turi yana ham ortib ketdi.
Suv resurslarining yuqorida keltirilgan sarflanish turlaridan tashqari hisobga olish imkoni
bo‗lmagan ko‗rinishlari ham mavjud. Ular hisobga olinmagan ekin maydonlaridan bo‗ladigan
bug‘‗lanish, kanallar atrofida yer osti suvlari linzasining hosil bo‗lishi, kanallar trassasi bo‗ylab
o‗zanning buzilishi va filtratsiya (shimilish) natijasida ko‗llar vujudga kelishi kabilardan iborat.
Ye.N.Minaevaning
aniqlashicha, faqat Qoraqum kanalining o‗zidagina, uni 20 yil ekspluatatsiya
qilish davomida, 21,7 km
3
hajmdagi suv yer osti suvlari linzasi hosil bo‗lishiga sarf bo‗lgan. Xuddi
shu ko‗rinishdagi sarflanish AmuBuxoro kanali zonasida 2,4 km
3
ni, Sirdaryo havzasida esa 8 km
3
ni tashkil etdi. Umuman, hisobga olinmagan antropogen omillar ta‘siridagi yo‗qotish DGI
ma‘lumotiga ko‗ra 70yillarda
Sirdaryo va Amudaryo havzasida, mos ravishda, yiliga 4,3 km
3
va
15,5 km
3
ga teng bo‗lgan. Ko‗rinib turibdiki, suv resurslarining samarasiz sarflanishi ham juda
kattadir.
F.E.Rubinova ma‘lumotlariga
asoslanib, quyidagi xulosaga kelish mumkin: 20 yil
(19601980 yillar) davomida irrigatsiya maqsadlarida sarflangan umumiy suv miqdori Sirdaryo
havzasida yiliga 14,2 km
3
dan 26,1 km
3
yetgan bo‗lsa, Amudaryo havzasida 15,6 km
3
dan 34,2 km
3
ga ortdi, boshqacha qilib aytganda har 1000 gektar yer hisobiga Sirdaryo havzasida 19,4 mln.m
3
ni,
11
Amudaryo havzasida esa 20,5 mln.m
3
ni tashkil etdi. Hozirgi kunda ham asosiy ekin turi hisoblangan
har gektar paxta maydonini sug‗orish uchun bir mavsumda o‗rtacha 810 ming m
3
suv me‘yor
sifatida qabul
qilinishini hisobga olsak, yuqoridagi raqamlar undan ikki marta katta ekanligini
ko‗ramiz. Bu esa o‗lkamiz suv boyliklaridan samarali foydalanishning asosiy rezervidir.
Dostları ilə paylaş: