3 Oqava suvlarni tozalash usullari. Quyosh radiatsiyasi va iflos suvga toza suv kelib quyilishi natijasida suv qaytadan tozalanadi. Turli bakteriya, zamburug‘ va suv o'tlari suvni qayta tozalashda faol agentlardan hisoblanadi. Suv turli iflos moddalarga haddan tashqari to ‘yingan bo‘lsa, u holda uni tozalash uchun turli mustaqil yoki kompleks usullardan foydalaniladi. Suv ta’minotining yopiq tizimini hosil qilish uchun sanoat oqova suvlari mexanik, kimyoviy, fizik-kimyoviy, biologik va termik tozalash usullari orqali korxona turiga qarab suvning zarur sifatiga qadar tozalanadi. Bundan tashqari, qayd qilingan usullar rekuperatsion va destruktiv usullarga bolinadi. Rekuperatsion usullar oqova suv tarkibidagi barcha qimmatbaho moddalarni ajratib olib, so‘ngra qayta ishlatishga qaratilgan. Destruktiv usulda suvni ifloslantiruvchi moddalardan oksidlash yoki qaytarish usullari yordamida parchalantiriladi. Parchalash mahsulotlari suvdan gaz yoki cho‘kma ko‘rinishida ajratib olinadi. Tozalash usullarini tanlash quyidagi omillarni hisobga olgan holda olib boriladi: qayta ishlatishni hisobga olgan holda tozalangan suvga qo‘yiladigan sanitar va texnologik talablar;
2) oqova suv miqdori;
3) korxonada zararsizlantirish jarayoni uchun zarur bo‘lgan energetik va moddiy resurslar miqdori (bug1, yoqilg’i, siqilgan havo, elektr energiya, reagent, sorbentlar), shuningdek, tozalash qurilmasi va inshootlari uchun zarur maydon.
Sanoat va maishiy oqova suvlar tarkibida suvda eriydigan va erimaydigan moddalarning muallaq zarrachalari bo‘ladi. Muallaq iflosliklar qattiq yoki suyuq bo'lib, dispers sistemani hosil qiladi. Zarracha o‘lchamlariga ko‘ra dispers sistemalar 3 guruhga bo‘linadi: 1) zarracha o‘lchamlari 0,1 mkm dan yuqori bo‘lgan dag‘al dispers (suspenziya va emulsiyalar) sistemalar; 2) zarracha o‘lchamlari 0,1 mkm; dan 1 nm gacha boigan kolloid sistemalar; 3) alohida molekula yoki ion o‘lchamlariga mos keluvchi zarrachalari bo‘lgan chin eritmalar.
Oqova suv tarkibidan muallaq zarrachalarni ajratib olish uchun gidromexanik jarayonlar, kolloid dispers sistemalar uchun fizikkimyoviy, organik va anorganik eritmalarni ajratish uchun kimyoviy jarayonlardan foydalaniladi. Bu jarayonlarni tanlash zarracha olchamiga, fizik-kimyoviy xossasiga, ularning suvdagi konsentratsiyasiga, oqova suv sarfiga bogiiq. Shuning uchun oqova suvlarni tozalashda quyidagi usullar qoilaniladi:
1. Mexanik (suzish, tindirish, cho‘ktirish, filtrlash, sentrifugalash va h.k.).
2. Fizik-kimyoviy (adsorblash, koagullash, flokullash, flotasiya, ion-almashinish, ekstraklash va h.k.).
3. Kimyoviy (neytrallash, oksidlanish, qaytarilish).
4. Biokimyoviy (aerob, anaerob sharoitlarda).
5. Termik (yuqori harorat ishtirokida). Bu usullar ham o‘z navbatida turli xildagi tozalash jarayonlariga bolinadi.
Oqova suvlarni tozalashda, birinchi navbatda, mexanik usuldan foydaniladi. Oqova suvlarni mexanik usulda tozalash Oqova suvlarni tozalashning mexanik usulida oqova suv tarkibidagi erimagan mineral va organik aralashmalar ajratib olinadi. Sanoat oqova suvlarini mexanik tozalashda fizik-kimyoviy, kimyoviy, biologik va termik usullardan birini qollab, suvni yuqori darajada tozalashga International scientific-online conference 70 erishishga harakat qilinadi. M exanik usullar bilan tozalash oqova suvlar tarkibidagi muallaq moddalarni 90+95% gacha ajratib olishda va organik ifloslanish (to iiq KBBE) ko‘rsatkichi bo‘yicha 20—25% gacha kamaytirishni ta’minlaydi. Oqova suvni tozalashda diametri turlicha kattalikdagi panjaralar yordam ida suzib olish, tindirish, tiniqlashtirish, filtrlash va sentrifugalash kabi jarayonlardan foydalaniladi. Suv tozalash inshootlarining hajmiy kattaligi, ularning turi asosan oqova suvning miqdori, tarkibi va xossalariga, shuningdek, suvga keyingi ishlov berish jarayonlariga bog‘liq bo‘ladi. Oqova suvni to‘liq tindirish uchun to‘rsimon barabanli filtrlar yoki mikrofiltrlar hamda yuqori bosimli filtrlar, penopoliuretanli yoki penoplastli suzib yuruvchi filtrlar ishlatiladi. Bunda oqova suvlarni kimyoviy moddalarni qo‘llamasdan tozalanadi. Oqova suvlarni muallaq zarrachalardan tozalash usulini tanlash jarayon kinetikasini hisobga olgan holda amalga oshiriladi. Sanoat oqova suvlaridagi muallaq zarrachalarning o ‘lchami juda katta chegaralarda (zarrachalarning diametri 5-1 O'9 dan 5-1 O'4 m gacha) bolishi mumkin. O‘lchami 10 mkm gacha bo'lgan zarrachalar uchun oxirgi cho‘kish tezligi 10'2 sm /s dan kichik bo‘ladi. Agar zarrachalar yirik bo‘lsa (diametri 30—50 mkm va undan katta), u holda Stoks qonuniga muvofiq ular tindiriladi (ixtiyoriy cho'kish — gravitatsion kuchlar ta ’sirida) yoki suzib olinadi. Shuni qayd etish lozimki, suv tarkibidagi aralashm alarning konsentratsiyasi ko‘p bo'lsa tindiriladi, konsentratsiyasi kichik bo‘lsa, suzib olinadi. Suzish va tindirish Suzish usuli sanoat oqova suvlarini samarali tozalashdan oldin, kanal va quvurlarni to ‘lib qolmasligi, shuningdek, oqova suvlar tarkibidagi yirik aralashmalami ajratib olish maqsadida qo'llaniladi. Bu jarayonni amalga oshirishda odatda panjara yoki elaklardan foydalaniladi. Panjaralar qo‘zg‘aluvchan, qo‘zg‘almas, shuningdek, maydalagichlar bilan biriktirilgan turlarga bo‘linadi. Panjaralar metall naychadan tayyorlanadi va oqova suvning harakatlanish yo‘nalishiga 60—75° burchak ostida o‘rnatiladi. Doira kesimli naychalarning qarshiligi kam bo'ladi, ammo tez ifloslanadi, shuning uchun ko‘pincha to ‘g‘ri burchakli naychadan foydalaniladi. Panjaralar oqova suvni turli xilda o'rnatilgan xaskashlar yordamida tozalaydi. Panjaralarda oraliq kengligi 16—19 mm, naychalar orasida oqova suvning harakatlanish tezligi 0,8—1 m/s deb qabul qilinadi. Panjaralarda yo‘qotilgan bosim (hp) quyidagi formula orqali topiladi: P/lg) £, = p (s/6 )4^3 sina , bu yerda, шк — panjaraga kirguniga qadar suvning kanaldagi harakatlanish tezligi, m/s; P — panjara to ‘lib qolishi natijasida bosim yo‘qotilishining oshishini hisobga oluvchi koeffitsiyent {P— 3 deb qabul qilinadi); ^ — panjaraning mahalliy qarshilik koeffitsiyenti; g — erkin tushish International scientific-online conference 71 tezlanishi, m2/s; a — panjaraning egilish burchagi, grad; s — steijen qalinligi, m; b — sterjenlar orasidagi oraliq kenglik, m; p — koeffitsiyent (to‘g£ri burchakli steijen uchun, 2,42, egilgan sterjen uchun — 1,83, yumaloq sterjen uchun — 1,79). Panjaralar yordamida ushlab qolingan iflos aralashmalar ajratib olinib, qayta ishlashga yuboriladi. Bunda m aydalagichlar, mexanizatsiyalangan xaskashlar va transportyorlar ishlatiladi. Bu ishlarni bajarish uchun sarf bo’ladigan energiya sarfi 1000 m 3 24 oqova suvga taxm inan 1 kVt ni tashkil etadi. Ba’zi inshootlarda panjara-maydalagichlar o‘rnatilgan bo‘ladi. Panjara maydalagichlar bir vaqtning o‘zida ham panjara, ham maydalagich vazifasini bajaruvchi agregatdan iborat bo‘lib, maydalagich chiqindilarni suv tarkibidan ajratib olmasdan maydalaydi. Oqova suvlar tarkibidagi o ‘ta mayda muallaq zarrachalarni, shuningdek, qimm atbaho xomashyolarni ajratib olish uchun elaklardan foydalaniladi. Elaklar 2 xil bo‘lishi mumkin: barabanli va diskli. Barabanli elak yoriqlari 0,5—1,0 mm bo‘lib, to'rsimon shaklda. Baraban aylanish jarayonida oqova suv uning ichki yoki tashqi tomonidan filtrlanib, tozalanadi. Filtrlash jarayoni suvni ichkaridan yoki tashqi tom onidan berilishiga bog‘liq. Ushlab qolingan aralashmalar to ‘rdan suv yordamida yuvilib tarnovga uzatiladi. To‘rli barabansimon elaklarning ishlash quw ati barabanning diametri va uning uzunligiga, shuningdek, iflos aralashmalaming xususiyatiga bog‘liq. Bunday elaklar ko‘pinchato‘qimachilik, selluloza-qog‘oz va teri oshlash sanoatlarida ishlatiladi. Cho‘kmaga tushmaydigan muallaq zarrachalarning diametri har xilligi sababli ularni fraksiyalarga bo‘lish maqsadga muvofiqdir. Buning uchun maxsus fraksionatorlardan foydalaniladi. Fraksionatorlar 2 qismli kameradan iborat bo‘lib, o‘rtada vertikal holatda turuvchi to ‘rsimon metalldan tayyorlangan devor bilan ajratilgan. To‘rsimon dpvor tuynukchalarining diametri 60—100 mkm ga teng. Oqova suv soplo orqali fraksionatorning ichiga kelib tushadi va dag‘al hamda mayda fraksiyalarga ajratiladi. Ajratishda 50—80% muallaq zarrachalar dag‘al fraksiyada qoladi Tindirish usuli oqova suv tarkibidagi dag‘al dispers aralashmalarni cho‘ktirishda ishlatiladi. Cho‘ktirish og‘irlik kuchi ta ’sirida olib boriladi. Jarayonni olib borish uchun qumtutgich, tindirgich va tiniqlashtirgichlar qo'llaniladi. Tiniqlashtirgichlarda bir vaqtning o‘zida tindirish bilan biiga oqova suvni muallaq zarrachali qatlamdan o ‘tkazish ham amalga oshadi. Oqova suvlardagi turli shakl va o ‘lchamga ega bo'lgan muallaq zarrachalarning fizik xossalari cho‘ktirish jarayonida o ‘zgaradi. Oqova suvlarning umumiy xossalari toza suvning xossalaridan farq qiladi. Oqova suv yuqori zichlik va qovushqoqlikka ega. Oqova suvlarni tindirish jarayonida zichlashgan cho‘kma hosil bo‘ladi. Bir xil o‘lchamli shar holatdagi zarracha uchun International scientific-online conference 72 zichlashib cho‘kish tezligi Stoks tenglamasi bo‘yicha laminar rejimda muallaq Zarracha konsentratsiyalarini va reologik xossalarini hisobga olsak: ko'rinishida yoziladi. Qum tutgichlar m ineral va organik aralashm alarni (0,2— 0,25 mm) oqova suvdan boshlang'ich ajratib olishda qo‘llaniladi. Gorizontal qumtutgichlar uchburchakli yoki trapetsiyali ko‘ndalang kesimli rezervuardan iborat. Ularning chuquriigi 0,25—1 m, bo‘lib, suvning harakat tezligi — 0,3 m /s bo’ladi.