Suvyorg’on madaniyatlari



Yüklə 12,43 Kb.
tarix17.02.2023
ölçüsü12,43 Kb.
#84688
Suvyorgan madaniyati


Suvyorg’on madaniyatlari. Suvyorg’on madaniyatiga tegishli birinchi yodgorlik 1945-1946 yillarda Jonbosqa’la rayonidagi qarorgohi misolida o’rganildi. 1954 yili Oqchadaryoning janubiy irmoqlari rayonida Qamishli–1, Qamishli-2 qarorgohlari tekshirilgach, ularning arxeologik kompleksi ko’p jihatdan Jonbos-6 materiallariga o’xshab ketishi aniqlangan. Suvyorg’on madaniyati S.P.Tolstov yozishicha miloddan avvalgi II ming yillikning birinchi yarmida o’ng qirg’oq tomondagi Xorazm yerlarida Qamishli bosqichi nomi bilan shakllangan. Uning keyingi taraqqiyoti Bozor-2, Ko’kcha-2 makonlari moddiy madaniyatida o’rganilib, S.P. Tolstov ko’rsatishicha, miloddan avvalgi II ming yillikning o’rtalarida tozabog’yobliklar bilan assimilyasiyalashib ketadi. S.P. Tolstov va M.A. Itinalarning yozishicha, Suvyorg’on madaniyatining Qamashli etapida mehnat qurollari ishlab chiqarishida chaqmoqtoshning roli katta bo’lib, bu etapga uchburchak shaklidagi paykonlar, qistirma, tosh, pichoq, qizil rang berilgan sharsimon belli idishlar xarakterlidir. Bu davrda yirik va mayda shoxli hayvonlar xonakilashtirilgan, dehqonchilik o’z rivojining eng dastlabki bosqichida bo’lgan. Hali aholi xo’jaligida baliq va hayvon ovi salmoqli o’rinni egallab turgan. S.P. Tolstov Suvyorg’on madaniyatini sopol idishlaridagi qizil rang bo’yoqlarga asoslangan holda, uning kelib chiqish tarixini janub dehqon jamoalari madaniyati bilan bog’laydi. Aslida, Suvyorg’on madaniyatining Qamishli etapi huddi Zamonbobo madaniyati singari mahalliy madaniyat negizida janubdehqon jamoalari madaniyati ta’sirida shakllangan ilk bronza davri madaniyati edi. Suvyorg’on sopollari Tozabog’yob madaniyatida uchramaydi. Ular och qizil rang bilan pardozlangan bo’lib, bunday sopollar Nomozgoh IV bosqichi sopollariga o’xshash. Ammo, Suvyorg’on sopoli janubning charxda yasalgan sopollariga mutloqa o’xshamaydi. Tadqiqotchilar ko’rsatishicha, Suvyorg’on ning kaundi bosqichi bilan bog’liq sopollari andronova-tozabog’yob sopollariga o’xshash, ya’ni idishlari qo’pol, mo’rt, chiziqli naqsh bilan bezalgan. Shu bois, S.P.Tolstov, A. A. Itinalar shu davrga kelib, Suvyorg’on jamoalari madaniyati Tozabog’yob jamoalari tomadaniyatiga singishib ketgan. Shu o’rinda Suvyorg’on madaniyati xususida mutaxassislar tomonidan (S.P.Tolstov, A.A.Itina) fanda qilingan umumlashtiruvchi xulosalarini keltirish mumkin: S.P.Tolstov fikricha, Suvyorg’on madaniyatining so’nggi bosqichi Amirobod madaniyati bilan genetik jihatdan bog’liq bo’lgan; Suvyorg’on madaniyati rivojining ilk bosqichlarini Qamishli bosqichi tashkil etgan va u mahalliy madaniyat negizida janub dehqon jamoalari madaniyatining kuchli ta’sirida shakllangan.
Yüklə 12,43 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin