Swot tahlil biznesni busiz boshlash taqiqlanadi!


Strategiya uchun misollar



Yüklə 27,95 Kb.
səhifə4/4
tarix16.12.2023
ölçüsü27,95 Kb.
#181805
1   2   3   4
Swot tahlil biznesni busiz boshlash taqiqlanadi!

Strategiya uchun misollar:
S-O (Kuchli tomonlar va Imkoniyatlar strategiyasi) – Bu strategiya kuchli tomonlarni doim esda tutib, ulardan loyiha muvaffaqiyati yo‘lida foydalanishni o‘rgatadi. Imkoniyatlarni izlab, ulardan to‘la foydalanish lozim. Masalan, jamg‘armalarning grant tanlovlariga loyiha hujjatlarini topshirish yoki Toshkentdagi katta sport majmualariga murojaat qilib, ularga loyiha to‘g‘risida so‘zlab berish va ulardan kerak bo‘lmagan sport anjomlarini hadya qilishlarini so‘rash mumkin.
W-O (Zaifliklar va Imokoniyatlar strategiyasi) – Bu strategiya imkoniyatlardan kamchiliklarni to‘ldirish yo‘lida foydalanishga xizmat qiladi. Masalan, yuqoridagi misolimizda bepul ijaraga berilgan joyni remont qilish kerakligi kamchilik sifatida keltirilgan. Buni qanday qilib imkoniyatga aylantirish mumkin? Bu loyiha jamiyatga foyda keltiradigan va yoshlarning samarali vaqt o‘tkazishlarini ta’minlash uchun yaratilayotgani bois banklar osonlik bilan imtiyozli kredit berishi mumkin. Shahar hokimiyati buning uchun tasdiqlovchi xat yozib berishi mumkin.

S-T (Kuchli tomonlar va Xavflar strategiyasi) – Ushbu strategiya kuchli tomonlarni qo‘llash orqali tashqi xavflarning oldini olishga qaratiladi. Masalan, yoshlarni jalb etishda, tashkilotingiz taniqli bo‘lgani uchun, tashkilot orqali reklama qilish yoki ma‘lumot tarqatish samarali bo‘ladi. Yoshlarni qiziqtirish, loyihaga jalb etish, ularning sport bilan bog‘liq qiziqishlari qandayligini bilish uchun so‘rovnomalar tarqatish, uchrashuvlar va muhokamalar o‘tkazish lozim.

W-T (Zaifliklar va Xavflarga nisbatan himoya strategiyasi) – Bu strategiya kamchiliklar va xavflarning ro‘y berish darajasini orttirmaslikka xizmat qiladi. Masalan, ishchilarning ishtiyoqi kamaymasligi uchun ular bilan uzoqroq muddatga shartnoma tuzish yoki ularga ko‘proq imtiyoz berish mumkin. Ishchilarni boshqaruv jarayoniga jalb qilish, ularning fikr va mulohazalarini inobatga olish ham ishchilarni ruhan qo‘llab-quvvatlaydi.
Yüklə 27,95 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin