Ona tili
1. Berilgan gaplarning qaysi biri tarkibida ko’makchi fe’lli so’z qo’shilmasi ishtirok etgan.
A) Salim uyiga turli mevalar olib keldi.
B) U yo’l – yo’lakay qiziq voqealarni gapirib ketdi.
C) U bir oy davomida muntazam ukol olib keldi
D) Aziza do’kondan gul sotib oldi
2. Qaysi qatordagi javobda moslashuvli birikmaning tobe so’zi tarkibidagi qaratqich qo’shimchasi belgisiz qo’llanilgan.
A) Registon o’quvchisi B) Bizning mahalla
C) O’rik danak D) “Bobur” bog’i
3. Qaysi qatordagi gapda tinish belgisini qo’llash bilan xatolik mavjud.
A) Yurtimiz obod.
B) Ukam o’quvchi.
C) Yagona umidimiz sensan.
D) Nega yurishingiz sekin?
4. Qaysi qatorda gap berilgan.
A) chiroyli qiz
B) yaxshi yigit
C) yosh bola
D) gul chiroyli
5. Qaysi qatordagi gapda ravish belgining belgisini bildirib kelgan.
A) Avtobus sekin siljidi.
B) Otga picha yem beray.
C) Anvar bolalarcha sodda yigit edi.
D) Ko’pdan quyon qochib qutulolmaydi.
6. Qaysi qatordagi javobda bitishuvli so’z birikmasi berilgan.
A) Zavodda director B) To’satdan kirmoq
C) Xat o’qimoq D) Qishloqdan qaytmoq
7. Qaysi qatordagi javobda otli so’z birikmasi berilgan.
A) Uyga kelmoq B) Ichkariga kirmoq
C) Baqirib gapirmoq D) Obod mahalla
8. Qaysi qatordagi gapda “Sifat+Ot” ko’rinishidagi qo’shma sifat ishtirok etmagan.
A) Oliyhimmat odamlar ko’paysin.
B) Mo’minchol oqko’ngil odam edi.
C) Saxovatli odam –
balandparvoz lochin
D) O’zbek xalqi mehnatsevar xalqdir
9. Qaysi qatordagi gapda “ – lar” qo’shimchasi hurmat ma’nosini ifodalab kelgan.
A) Tog’alari rais ekanmi?
B) O’zlari kelibdilar – u!
C) Dadamlar keldilar.
D) Biznikiga Anvarlar kelishdi.
10. Qaysi qatordagi gapda sifatdosh otlashib kelmagan.
A) O’qiydiganlar oldinga chiqsin.
B) Bolalardan o’qigani keldi.
C) O’qigan bolaning dunyoqarashi anchagina keng bo’ladi.
D) Tushunmaganningizni so’rang.
Маtematika
11. Hisoblang: 222333+444666+666999
A) 2 B) 1,5 C) 1 D) 1,6
12. Hisoblang: 1−11−11−16
A) 6 B) 6,5 C) 5,6 D) 5
13. Yig’indi qanday raqam bilan tugaydi: 2515+1627+372=?
A) 8 B) 6 C) 3 D) 5
14. Agar a=18 va b=27, bo’lsa, EKUB (a; b) ∙ EKUK(a; b) ni toping.
A) 488 B) 487 C) 486 D) 489
15. 17017 soni qaysi songa bo’linadi.
A) 49 B) 34 C) 51 D) 91
16. Hisoblang: (−10)3:(−10)2+(−9)3:(−9)−(−2)6:(−2)5
A) −89 B) 69 C) 73 D) 93
17. Hisoblang: (2019−12019):(1−12019)
A) 201912019 B) 2019 C) 2020 D) 2018
18. Hisoblang: (6512−334):179
A) 112 B) 64 C) 2 D) 23
19. Hisoblang:
1:2:3:4+1:2:3=?
A) 65 B) 136 C) 524 D) 56
20. Amallarni bajaring: 3(5𝑎−3)−3(4𝑎−5)+4(𝑎−5)
A) −7𝑎+14 B) −7𝑎−14
C) 7𝑎+14 D) 7𝑎−14
O’zbekiston tarixi
21. So‘g‘diyonada Spitaman boshchiligida
yunon – makedon qo’shinlariga qarshi qo‘zg‘olon ko’tarilgan yilni belgilang.
A) mil. avv. 552 – yil
B) mil. avv. 338 – yil
C) mil. avv. 522 – yil
D) mil. avv. 329 – yil
22. Qang‘ davlati gachon tashkil topdi va manbalarda qanday nomlangan.
A) Mil. avv. III asrda, Parkana
B) Mil. I asrda, Guyshuan
C) Mil. avv. III asrda, Qang‘yuy
D) Mil. II asrda, Bityan
23. Jaloliddin Manguberdi tavalludining 800 yilligi Vatanimizda qachon nishonlandi.
A) 1995 – yilda B) 1999 – yilda
C) 2000 – yilda D) 1997 – yilda
24. Qaysi shaharda bo‘lib o‘tgan qurultoyda Amir Temurning hukmdorligi rasman tan olinib, u Movarounnahrning amiri deb e’lon qilinadi.
A) Balx B)
Samarqand
C) Buxoro D) Kesh
25. Yurtimizda dastlab “qoraqolpoqlar” deb tilga olingan hujjat kimga tegishli edi.
A) Muhammad Rahimxon I B) Ubaydullaxon
C) Abdullaxon II D) Eltuzarxon
26. “U jamiyatdagi adolatsizliklarni, Subhonqulixonning xalqni og‘ir soliqlarga duchor etganligini, uning oqibatida xalq tortayotgan azobuqubatlarini ro‘yirost tanqid qila olgan jasoratli shoir edi" Yuqoridagi ta’rif kimga tegishli.
A) Mirzo Abdulqodir B) Turdi Farog'iy
C) Sayido Nasafiy D) Muhammad Amin Buxoriy
27. Buyuk alloma Abu Mansur al – Moturidiy Kalom ilmi ravnaqiga ulkan hissa qo‘shgan. Diqqat savol: kalom nima?
A) Arab tili va uning morfologiyasi
B) Qur’oni Karimni qiroat bilan o‘qish san’at ito‘g‘risidagi ilm
C) Islom diniy ta’limotini asoslab beruvchi ilm
D) Muhammad s.a.v.ning aytgan so'zlari, qilgan ishlari va ko‘rsatmalari
28. Xorazm maqom va musiqa maktabi qaysi Xiva xoni davrida yanada rivojlandi.
A) Abulg’oziy Bahodirxon
B) Muhammad Rahimxon I
C) Olloqulixon D) Feruz
29. Aka – uka To‘raqul va Eshonqul To‘rabekovlar, Qosim hoji eshon kabi shaxslar qaysi qo‘zg‘olonni faol ishtirokchilaridan bo’lgan.
A) Jizzax qo’zg’aloni
B) Dukchi eshon qo’zg’aloni
C) Vabo isyoni
D) Po'latxon qo’zg’aloni
30.Shayboniylar davrida bosh vazir?
A)Qo’shbegi B)Devonbegi
C)Otaliq D)Mehtar
Ona tili
31. Qaysi gapda olmoshning ma’nosiga ko‘ra ikki turi qatnashgan?
A) Har birimiz o‘z
ustimizda doimo ishlab, butun jamiyatimiz uchun foydali ishlar qilishimiz darkor.
B) Shuni bilingki, har qaysi millatning o‘ziga xos ma’naviyatini yuksaltirishda oilaning o‘rni va ta’siri beqiyosdir.
C) Sen shuni hech qachon yodingdan chiqarmaki, yillar o‘tgan sari er-xotin oltin va gavharga aylanib boradi.
D) Hamma gapdan, hatto mening hayotimdan ham, xabardor bo‘lgan mana bu yigit kim?
32. Sendek menga bir yori jafokor topilmas, Mendek senga bir zori vafodor topilmas.
Ushbu baytda quyidagi qaysi she’riy san’atlardan foydalanilgan?
1) tazod; 2) tajnis; 3) nido; 4) tarse’; 5) tardi aks
A) 2, 3, 4 B) 1, 4, 5 C) 2, 4, 5 D) 1, 3
33. Imloviy jihatdan to‘g‘ri yozilgan so‘zlar qatorini aniqlang.
A) moboynida, yuvvosh, yovvoyi
B) sazavor, ovvora, tasavvur
C) taassurot, mussavvir, tafavut
D) tatbiq, havoyi, abgor
34. Abdulla Qodiriyning “Mehrobdan chayon” romani voqealari qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan?
A) Anvar o‘zining
iqtidori, qolaversa, Muhammad Rajabbekning mehri va e’tibori tufayli avval mirzalik, keyinroq saroy mirzaboshisi martabasiga erishadi.
B) Qobil do‘stlarining ko‘magi bilan kamida ellik nafar yigit qo‘riqlab yotgan o‘rda qo‘rg‘onidan o‘tib zindondagi Sultonalini olib qochadilar.
C) Sultonali mansabga erishish umidida do‘sti Anvarga xiyonat qiladi va buning evaziga sarmunshiylik lavozimiga loyiq ko‘riladi.
D) Anvar do‘sti Sultonalining qilgan xiyonatidan qattiq aziyat chekadi va bu xiyonatga javoban uni mulzam qilish maqsadida xon o‘rdasiga ulkan bir jasorat bilan kirib boradi
35. Mushkin qoshining hay’ati ul chashmi jallod ustina, Qatlim uchun «nas» kelturur «nun» eltibon «sod» ustina.
Ushbu she’riy misralar haqidagi qaysi ma’lumot to‘g‘ri emas?
A) Qofiyadosh so‘zlarda «d» tovushi raviy bo‘lib kelgan.
B) Radifi qisqa radif hisoblanadi.
C) Qofiyasi mutlaq qofiya hisoblanadi.
D) Ushbu misralarda tanosub san’atidan foydalanilgan.
36. Roman janriga oid to’g’ri ma’lumotni toping.
A) Balzakning “Insoniyat komediyasi” romani romantetrologiya.
B) Asqad Muxtorning “Davr mening taqdirimda” romani ijtimoiy-falsafiy roman.
C) Oybekning “Quyosh qoraymas” romani tarixiy roman
D) Najib Mahfuzning “Xan al-Xalili” romani romandiologiya.
37. Qaysi gapda uyushiq bo’laklarni bog’lagan ayiruv bog‘lovchisi voqealarning galma-gal sodir bo’lganini
ifodalash uchun xizmat qilgan?
A) Ba’zan qurbaqalarning qurullashi quloqqa chalinadi, ba’zan itlarning vovullashi eshitiladi.
B) Yo mehmon kelganini bilmaydi, yo o‘zini bilmaganlikka soladi.
C) Men kuyladim goh dilda kadar,Goh sevinib she’r to‘qiyman men.
D) Dasturxon ustida dam o‘zbek laparlari, dam hind qo‘shiqlari ijro qilinardi.
38. Qaysi javobda kelishik qo‘shimchasini qo‘llash bilan bog‘liq uslubiy xatolik mavjud?
A) Yo‘ldan adashsang, orqaga qaytishing mumkin, ammo so‘zdan adashsang, hech nima qila olmaysan.
B) O‘z uyidagilarni yaxshilik qilishga o‘rgata olmaydiganlarning o‘zlari ham hech narsa o‘rgana olmaydi.
C) Shunday o‘qingki, go‘yo sizga o‘z bilimlaringiz doim yetishmayotganday tuyilsin.
D) Yanglishish −
har bir kishidan xos ish, lekin yanglishishni qaysarlik bilan inkor qilish nodonlarga xos ishdir.
39. O‘g‘lim, ko‘ngil buyurgan ishdan zaruri bo‘lmaydi, ko‘ngilga quloq tuting.
Ushbu gapdagi buyurgan so‘zi qaysi gaplarda ajratib ko‘rsatilgan so‘z bilan shakldoshlik hosil qila olmaydi?
1. Men hazrati oliylari buyurgan madrasa tarhini chizish bilan bandmen.
2. Dangasa odam buyurgan nasibasidan ham quruq qoladi.
3. Ba’zan yugurganing befoyda, buyurgan bo‘lsa, erishasan.
4. Tortinmang, olavering, shularning hammasi sizga buyurgan ekan.
A) 1, 3 B) 1, 4 C) faqat 1 D) 2, 3, 4
40. Qaysi javobda Navoiy ijodi bilan bog‘liq ma’lumot berilgan?
A) Ijodkor o‘zining sarbozlikka olingan o‘g‘li haqida “Tilimning zikri-yu, ko‘nglimning fikri, yaxshi farzandim, Azizim, yolg‘izim, davlatli sultonimni
sog‘indim” misralarini bitadi.
B) Ijodkor o‘zining hijron iztiroblari yoritilgan bir she’rida tarso qizga ishqi tushgan Shayx Sa’nonni ham tilga olib o‘tadi: “Zohido, ishq-u muhabbat ahlini ma’zur tut, Yor ko‘yida na bo‘ldi
Shayx Sa’non oqibat”.
C) Ijodkor o‘zining “Etib ket” radifli g‘azalida “Dunyo chamanin bulbulisan, Gul shoxida oshyon etib ket” degan misralari orqali insonning mavjudotlar ichida eng oliy xilqat ekanligiga
alohida urg‘u beradi, ya’ni mana shu inson
degan nomga munosib yashashga da’vat etadi.
D) Ijodkorning “Gardun gah manga jafo-u dunliq qildi” deb boshlanuvchi she’ri hasbi hol tarzida yozilgan bo‘lib, unda o‘ziga goh jabr, goh shodlik ulashgan taqdirni “Alqissa, base buqalamunliq
qildi” deya ta’riflaydi.
41. Quyidagilardan nuqtalar o‘rniga m harfi yoziladigan so‘zlarni aniqlang.
1) ta...beh bermoq; 2) ka...bag‘al;
3) ma...ba; 4) ma...nun; 5) sha...ba;
6) qo‘lla...ma
A) 2, 4 B) 1, 4, 5, 6 C) 2, 4, 6 D) 1, 2, 4, 6
42. Qaysi asarda uchta mullavachchaning orzulari haqida so’z yuritilgan (Ulardan biri to’ygunicha palov yeyishni, ikkinchisi to tonggacha kitob o’qishni, uchinchisi esa malika visoliga yetishni orzu qiladi).
A) “Ruhlar isyoni”
B) “Yulduzli tunlar”
C) “Ulug’bek xazinasi”
D) “Sohibqiron”
43. Qaysi gapda yasama so’z yasama so’zga tobelanmagan?
A)
Avvalambor, siyosiy bilimimizni o’stirishimiz kerak.
B) Yoshlarimiz tinchlikni qadrlasa, buyuk davlat qurishimiz aniq.
C) Xullas, har bir o‘quvchi sinf kutubxonasi uchun bittadan kitob olib kelishi shart.
D) Ayniqsa, kichik biznes sohasida raqobatni kuchaytirish o‘zini to‘liq oqlamoqda.
44. Yaxshi kitoblarni o‘qish o‘tmish zamonlarning eng dono kishilari bilan hamsuhbat bo‘lishdir.
Ushbu gap haqida berilgan qaysi ma’lumot to‘g‘ri emas?
A) Gapda hokim qismi to‘ldiruvchi vazifasida kelgan aniqlovchili so‘z birikmalari qatnashgan.
B) Gapda hokim qismi kesim vazifasida kelgan to‘ldiruvchili so‘z birikmasi qatnashgan.
C) Gapda hokim qismi to‘ldiruvchi vazifasida kelgan to‘ldiruvchili so‘z birikmasi qatnashgan.
D) Gapda hokim qismi ega vazifasida kelgan to‘ldiruvchili so‘z birikmasi qatnashgan.
45. Qaysi javobda faqat bir o’rinda hol qatnashgan?
A) Har qanday tuhmat, albatta, qachondir fosh bo‘ladi, ammo u fosh bo‘lgunicha bir nechta insonning yostig‘ini quritishi mumkin.
B) Bola bekorchiligi tufayli bemaza ishlarga o‘rganib qolishi mumkin, farzandingizning tarbiyasiga e’tiborli
bo‘ling, uning bo‘sh vaqtini nazorat qiling.
C) Qishloqda azonlab ko‘chaga chiqsang, dala tomon shoshayotgan yoki allaqachon ishini boshlab yuborgan odamlarni ko‘rasan.
D) Ba’zan odamlarning nojo‘ya qilmishi uchun xafa bo‘lasiz, ammo sizdan ham xuddi shunday xafa bo‘lib
yashayotganlar borligini unutmang.
46. Otaxon yuz-qo‘llarini yuvdi va uni havas bilan kuzatayotgan yosh yigitga yuzlandi.
Ushbu gapda nechta o’rinda to’ldiruvchili so’z birikma qo’llangan?
A) 3 ta B) 4 ta C) 5 ta D) 2 ta
47. U bilimi va iste’dodi tufayli fan-texnika yutuqlari ko‘rgazmasida oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Ushbu gapdagi sodda yasama so'zlar haqida berilgan to‘g‘ri ma’lumotni aniqlang.
A) Yasama so‘zlarning barchasi fe’ldan yasalgan.
B) Yasama so‘zlar ega va aniqlovchi vazifasini bajargan.
C) Ushbu gapdagi yasama otlarning barchasi o‘rinjoy otlariga mansub.
D) Ushbu gapda ot va sifat turkumiga oid yasama so‘zlar qatnashgan.
48. Qaysi javobda Ogahiy aşari ko'rsatilgan?
A) “Sab’at-u abhur” B) “Gap ta’riûda”
C) “Munshaot” D) “Gulshani davlat”
49. Qaysi gapda biriktiruv bog’lovchisi qatnashgan?
A) Shuni bilginki, haromning kasri yo farzandga, yo davlatga urar.
B) Gho‘lquvarlarni na issiq, na suvsizlik yenga oladi.
C) Qish kirib keldi-yu, kunlar sovimadi.
D) Shundan so‘ng ishlarim yurishib ketdi ham yerim yonimga qoldi.
50. Qaysi gapda ikki nuqta tinish belgisi tushirib qoldirilgan?
A) Mening opam ham tajribali shifokor.
B) Na qor, na yomg‘ir, na to‘fon va na bo‘ron hech narsa dovyuraklarni qo‘rqita olmadi.
C) Ehtimol, sizda ham shunday hollar bo‘lgandir tun yarmidan og‘ganda birdan uyg‘onib ketasiz.
D) Shunday adamlar borki kelajakni oldindan bashorat qila oladilar.
51. Qaysi javobda holat ravishi qatnashgan?
A) Keyin bozorga olib boribdi.
B) Uzoqdan bir ayol kela boshlabdi.
C) Bir kishi uni to‘xtovsiz chaqirib kelyapti.
D) Halima ta’tilda ham ko‘p o‘qishni kanda qilmadi.
52. Kemasi daryoda g’arq bo’lib, yakka o’zi omon qolgan va odat bo’yicha qirg’oqdagi bir shaharga podshoh bo’lib, bir yildan so’ng surgun qilinadigan orolini obod qilgan musofir hikoyati ijodkoriga tegishli bo’lgan ma’lumotni toping.
A) U tarjima bilan shug‘ullanadi. Xoja Ahrorning «Volidiya» asarini she’riy yo‘l bilan o‘zbekchaga o‘giradi.
B) Asarlaridan birida obid kishining nasihatini ilmagan, yoshligini behuda may-u o’yin kulgiga sarflab yuborib, so’ngra pushaymon bo’lgan yigit hikoyatini keltiradi.
C) “Kechadur” radifli g’azalini Zahiriddin
Muhammad Boburga yuborgan va uning
maqtoviga erishgan ijodkor.
D) Asarlaridan
birida dindan gapirib turib,
tahoratning farz-vojibini bilmaydigan, o’zini Ibrohim alayhissalom, Nuh alayhissalom va Yassaviy as’hoblaridan deya
53. Qaysi gapda asosi sifat bilan shakldosh bo‘la oladigan sodda yasama so‘z qatnashgan?
A) Inson sog’ligi hamma narsadan qimmat turadi.
B) Faqat bir tilim handalak yedi-yu, issiq-issiq choy ichdi.
C) Rashid oqimga qarshi suzolmay qiynaldi.
D) Bu bo‘ychan yigit Karima xolaning o‘g’li ekan.
54. Qaysi adib Farg'ona shahrida temiryodchi oilasida tug‘ilgan bodib, uning oilasi asli Tataristondan kelgan?
A) Odil Yoqubov
B) Asqad Muxtor
C) Shuhrat
D) Said Ahmad
55. Qaysi javobda Xusrav Dehlaviyning "Xamsa"sidagi to'rtinchi doston nomi berilgan?
A) "Layli va Majnun"
B) "Haft paykar"
C) "Yusuf va Zulayho"
D) "Hasht behisht"
56. Bugun kechqurun shaharchamizga muhandislar, shifokorlar, o‘qituvchilar, hisobchilar, hatto yetuk va mashhur olimlar, iste’dodli qalamkashlar tashrif
buyurishadi.
Ushbu gap haqida berilgan qaysi ma’lumotlar to'g’ri emas?
1. Ushbu gapda uyushiq ega va uyushiq aniqlovchi qatnashgan.
2. Ushbu gapda holning 3 xil ma’no turi qatnashgan.
3. Ushbu gapdagi barcha uyushiq bo’laklar yasama so‘zlar bilan ifodalangan.
4. Ushbu gapda
hokim qismga bitishuv va
boshqaruv usulida tobelangan hollar
qatnashgan.
A) 3, 4 B) 2, 3 C) 1, 2 D) 1, 4
57. Qaysi gapda ham qaratqich aniqlovchini, ham sifatlovchi aniqlovchini o’ziga tobelantirgan bo’lak ishtirok etgan?
A) Dunyoda yaxshi kitoblar ko‘p, ammo kitobning bahosini uni o‘qiganlargina biladi.
B) Oppoq soqolli cholning so’zlari unga qattiq ta’sir qiladi
C) Men faqat shuni aytmoqchimanki, odam hamma vaqt bilimga tashna bo’lishi kerak.
D) Komila indamadi, uning hamisha quvnoq ko‘zlari allaqanday ma’yuslandi.
58. Qaysi ijodkorning asarlaridan birida qirq yil umrini maktabga baxshida qilgan, ammo ba’zan o’quvchilarga bilim berish o’rniga bog’dagi gullarni parvarishlashni topshiradigan o’qituvchi obrazi bor?
A) Jek London
B) Chingiz Aytmatov
C) A.P. Chexov
D) Alfons Dode
Matnni o‘qing va ushbu matn asosida berilgan quyidagi ikkita topshiriqni bajaring.
ZEHN
1. Garvard universiteti professori tomonidan o‘tkazilgan tadqiqot natijasida insonlarda biologik asosga ega sakkiz xil zehn mavjudligi aniqlangan. Professorning fikricha, farzand tarbiyasida uning qaysi zehni ko‘proq shakllanganligiga ahamiyat berish o‘ta muhim, chunki bola qaysi turdagi zehni ko‘proq rivojlanganligiga qarab ma’lum bir sohada
oqsasada, boshqa bir sohada ko‘plab yutuqlarga erishishi mumkin.
2. Boshqa bir guruh olimlar tomonidan turli kasb egalarida mantiqiy, vizual-tasavvuriy, ijtimoiy zehn qay darajada rivojlanganligini aniqlash maqsadida, ilmiy-psixologik tajriba ham o‘tkazildi.
59. “Zehn” sarlavhali ushbu matnning 1- va 2-qismlarida ro‘y bergan xatoliklar turi qaysi javobda to‘g‘ri berilgan?
A) 1 − imloviy xatolik; 2 − qo‘shimcha qo‘llash bilan bog‘liq uslubiy xatolik
B) 1 − qo‘shimcha qo‘llash bilan bog‘liq uslubiy xatolik; 2 − imloviy xatolik
C) 1 − imloviy xatolik; 2 – ishoraviy (punktuatsion) xatolik
D) 1 − ishoraviy (punktuatsion) xatolik; 2 −imloviy xatolik
60. Ushbu matnda yordamchi so’z turkumining qaysi turlariga oid birliklar qatnashgan?
A) bog’lovchi va ko’makchi
B) yuklama va bog’lovchi
C) faqat bog’lovchi
D) bog’lovchi, yuklama, ko’makchi
Matematika
61
62
63
64
65
66
67.
68.
69
70
71
72
73
74
75
76
77
78
79
80
81
82
83
84
85
86
87
88
89
90