T a s d I q L a y m a n


-bob. Talabalarni o‘qishdan chetlashtirish, qayta tiklash, kursdan kursga



Yüklə 346,25 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/21
tarix07.01.2024
ölçüsü346,25 Kb.
#206952
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   21
BuxDU Akademik qoidalar

13-bob. Talabalarni o‘qishdan chetlashtirish, qayta tiklash, kursdan kursga 
o‘tkazish mexanizmlari 
85.
Bir fanga ajratilgan auditoriya soatining 25 foizini va undan ortiq soatni 
sababsiz qoldirgan talaba ushbu fandan chetlashtirilib, yakuniy nazoratga 
kiritilmaydi hamda mazkur fan bo‘yicha tegishli kreditlarni o‘zlashtirmagan 
hisoblanadi. Yakuniy nazorat turiga kiritilmagan yoki kirmagan, shuningdek, ushbu 
nazorat turi bo‘yicha qoniqarsiz baho olgan talaba akademik qarzdor hisoblanadi. 
Oraliq va yakuniy nazoratlar bo’yicha fanlarni o’zlashtirmagan (kredit 
olmagan) talabalar uchun qayta topshirish bir marta — tegishli nazoratlardan keyin 
va darsdan tashqari vaqtlarda bir oy muddatda o’tkaziladi. Ushbu muddatda 
o’zlashtirmagan hamda yakuniy nazorat turiga kiritilmagan yoki kirmagan, 
shuningdek, ushbu nazorat turi bo’yicha qoniqarsiz baho olgan talaba akademik 
qarzdor hisoblanadi. 
Akademik qarzdor talabalar ta’til vaqtida yoki keyingi semestrlar mobaynida 
tegishli fanlardan o‘zlashtirilmagan kreditlar miqdoriga mos ravishda bazaviy to‘lov-
kontrakt miqdoridan kelib chiqqan holda to‘lovni amalga oshirgandan so‘ng 
o‘zlashtirilmagan fanlarni o‘z hisobidan qayta o‘qish huquqiga ega bo‘ladi. 
86. Ta’lim oluvchini kursdan kursga o‘tkazish uning GPA qiymatini hisobga 
olgan holda amalga oshiriladi. Kursdan kursga o‘tkazish uchun minimal GPA 
ko‘rsatkichi 2,8 hisoblanadi. GPA o‘tish ballini to‘play olmagan talaba qayta o‘qish 
uchun tegishli kursda qoldiriladi. Semestr va o‘quv yili yakuni natijalari bo‘yicha 
akademik qarzdorligi bor ta’lim oluvchilar o‘qishdan chetlashtirilmaydi. Kursdan 
kursga qolgan talabalar faqat qarzdor bo‘lgan fanlarni o‘zlashtirib ularga mos 
ravishda shartnoma mablag‘larini to‘laydi. Shartnoma asosida bir kursda qayta 
o‘qish soni chegaralanmaydi. Jami ta’lim olish muddati bakalavriat uchun 1 kursga 
o‘qishga qabul qilinganidan so‘ng 8 yilgacha, magistratura uchun 1 kursga o‘qishga 
qabul qilinganidan so‘ng 4 yilgacha deb belgilanadi. 
Ta’lim oluvchining GPA qiymatini hisoblash fakultet dekanlari tomonidan 
amalga oshiriladi va natijasi bo’yicha ma’lumotlar O’quv-uslubiy boshqarmaga 
taqdim etiladi. 
87. Ta’lim oluvchi O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari asosida 
o‘qishni qayta tiklash va ko‘chirish huquqiga ega. Ta’lim oluvchi tomonidan 
chetlashtirilgunga qadar o‘zlashtirgan kreditlar miqdori oliy ta’lim muassasasi 


tomonidan to‘liq hajmda hisobga olinadi. 

Yüklə 346,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin