tekshirish jarayonida pedagog xodimlar faoliyatini texnik jixatdan taʼminlash
maqsadida fakultet dekani ishtirok etishi mumkin. Maxsus ajratilgan xudud
ichkarisiga rektor, O’quv ishlari bo’yicha prorektor, tegishli kafedra mudiri hamda
O’quv-uslubiy boshqarma boshlig’idan tashqari boshqa shaxslarning kirishi man
qilinadi.
Tekshirish yakunlangan kuni yozma ishlar mazkur
Аkademik qoidalarning
12-ilovasida keltirilgan shaklga muvofiq qabul qilish-topshirish dalolatnomasi
asosida fakultet dekaniga qaytariladi. Tekshirish natijalari talabalar reytingini
aniqlash elektron tizimiga kiritilishi, shuningdek tekshirishni amalga oshirgan
professor-o’qituvchi tomonidan tasdiqlangan, baholash
qaydnomasi shaklida
rasmiylashtirilgan bo’lishi shart.
Yakuniy nazorat yozma ishlarini tekshirishga masʼul bo’lgan pedagog
xodimlar ishlarni tekshirish uchun olgan vaqtdan boshlab, ularni qaytarish
vaqtigacha (qabul qilish-topshirish dalolatnomasini imzolash) yozma ishlar
saqlanishiga to’liq javobgar hisoblanadi. Tekshirilgan yozma ishlar fakultet dekaniga
qabul qilish-topshirish dalolatnomasida ko’rsatilgan muddatdan kechikmagan holda
qaytarilishi shart.
Yozma ishlarni tekshirish muddatlari qabul qilish-topshirish dalolatnomasida
o’z aksini topadi.
71. Yozma ishlarni tekshirish muddatlarini buzgan professor-o’qituvchilarga
nisbatan O’quv-uslubiy boshqarma boshlig’ining bildirgisiga
asosan intizomiy jazo
choralari qo’llanishiga asos buladi.
72. Kafedra yakuniy nazorat yozma ishlarini tekshirib bo’lganidan so’ng bir
hafta muddat davomida talabalar uchun yozma ishlarda ko’p uchragan xatolar
yuzasidan maslahatlar o’tkazishi mumkin. Bunda mazkur maslahat tadbirlarini
tegishli fanlar bo’yicha mashg’ulotlarni o’tagan kafedralar tomonidan tashkil etiladi.
73. Yozma ishlarni tekshirishga masʼul professor-o’qituvchilar tomomidan
yakuniy nazoratni baholash qaydnomasi talabaning shaxsini aniqlab bo’lmaydigan
tarzda (familiyasi, ismi, otasining ismi kursatilmagan holla) tuziladi, faqat talabaga
tegishli bo’lgan idintifikatsion kod ko’rsatilib rasmiylashtiriladi.
Аkademik qoidalarning 13-ilovasiga muvofiq
yakuniy nazoratni baholash
qaydnomasi asosida fakultet dekani tomonidan talabalarning familiyasi, ismi,
otasining ismi identifikatsiya qilinadi hamda yakuniy nazorat natijalarining yakuni
aks etgan talabalar ro’yxati tuziladi. Talabalar ro’yxati fakultet dekanining taqdimiga
ko’ra O’quv-uslubiy boshqarma boshlig’i tomonidan tasdiqlanadi va yakuniy nazorat
natijalari talabalar eʼtiboriga yetkaziladi.
74. O’quv-uslubiy boshqarma boshlig’i yakuniy nazorat natijasi bo’yicha
reyting qaydnomalarini ko’rib chiqib, ko’p miqdorda past yoki yuqori baholik
ishlarni aniqlasa, bu hakda O’quv ishlari bo’yicha prorektorni xabardor qiladi. O’quv
ishlari bo’yicha prorektor O’quv-uslubiy boshqarma boshlig’ining bildirishnomasiga
bilan rektor buyrug’i asosida tashkil etiladigan moderatorlar guruxi tomonidan
yozma ishlarni moderatsiyadan o’tkazish huquqiga ega.
Moderatorlar ishiga rahbarlikni odatda, O’quv ishlari bo’yicha
prorektor
amalga oshiradi. Moderatorlar sifatida boshqa oliy O’quv yurti professor-
o’qituvchilari va amaliyot vakillari (kelishuv asosida) ishtirok etishi mumkin.
Moderatorlarning shaxsi oshkor etilishiga yo’l qo’yilmaydi. Moderatorlarning asosiy
vazifasi yozma ishlarni tasdiqlangan baholash mezonlari asosida qayta tekshirib,
qo’yilgan baholarning muvofiq yoki nomuvofiq ekanligini aniqlashdan iborat.
Qayta tekshirish natijalariga ko’ra moderatorlar guruxi o’zining aʼzolari
tomonidan imzolangan va O’quv ishlari bo’yicha prorektor tomonidan
tasdiqlanadigan xulosasini taqdim qiladi va bu tegishli baholarni o’zgartirish uchun
asos hisoblanadi. Xulosa O’quv-uslubiy boshqarmaga jamlovchi qaydnomani
tayyorlash uchun taqdim etiladi.
Moderatsiyadan o’tkazilishi talab etilgan yozma ishlar yuzasidan moderatorlar
guruxining xulosasi rasmiylashtirilgunga qadar
yakuniy nazorat natijalari
aniqlanmagan hisoblanadi va talabalarga e’lon qilinishi mumkin emas. Xulosa
rasmiylashtirilgunga qadar natijalar maxfiyligi uchun O’quv-uslubiy boshqarma
masʼul xodimi javobgar hisoblanadi. O’quv-uslubiy boshqarma boshlig’i
xodimlarining lavozim majburiyatlarini bajarishlari uchun zururiy shart-sharoitlarni
taʼminlashga masʼuldir.
Masʼul xodim yakuniy nazorat natijalarining maxfiyligi buzilishi yuzasidan
barcha holatlar tog’risida O’quv-uslubiy boshqarma boshlig’iga darhol xabar berishi
kerak.
Moderatorlar xulosasiga asosan yakuniy nazorat yozma ishlarini tekshirgan
professor-o’qituvchilar tomonidan baholash jarayonida kamchiliklarga yo’l
qo’yilganligi
aniqlangan taqdirda, pedagog xodimlarga nisbatan O’quv ishlari
bo’yicha prorektor taqdimnomasiga ko’ra intizomiy jazo choralari qo’llanishi
mumkin.
75. Fakultet dekani tekshirilgan yozma ishlar va professor-o’qituvchi
tomonidan baholangan ishlar bilan tanishish uchun talabalarga imkon yaratib beradi.
Talaba qo’yilgan bahodan norozi bo’lsa, o’z ishi bilan tanishgandan so’ng bir
kun davomida fakultet dekani nomiga apellyatsiya shikoyatini berishi mumkin.
Fakultet dekani bunday murojaatlarni umumlashtirgan holda O’quv-uslubiy
boshqarmaga taqdim etadi. Mazkur holatda O’quv-uslubiy boshqarma boshlig’i
bildirgisiga asosan rektor buyrug’i bilan kamida 3 kishidan iborat apellyatsiya
komissiyasi tuziladi.
Аpellyatsiya komissiyasining qarori oddiy ko’pchilik ovoz bilan qabul qilinadi
va majlisda ishtirok etgan barcha aʼzolar tomonidan tasdiqlanadigan bayonnoma
bilan rasmiylashtiriladi.
Talabaning arizasi apellyatsiya komissiyasida talabaning, zarurat bo’lganda
ushbu nazorat turi bo’yicha baho qo’ygan pedagog xodimning ishtirokida ko’rib
chiqiladi.
Аrizani ko’rib chiqishda apellyatsiya komissiyasi nazorat ishlarini har
tomonlama o’rganadi.
Talabaning arizasini ko’rib chiqish natijasi bo’yicha
apellyatsiya komissiyasi
quyidagi qarorlardan birini qabul qiladi:
qo’yilgan baholarni o’zgarishsiz qoldiradi;
qo’yilgan baholarni o’zgartiradi.
Talabaning apellyatsiya shikoyatini ko’rib chiqish natijasida uning ilgari olgan
bahosiga nisbatan past yoki yuqori bahoga o’zgartirilishi mumkin. Zarur hollarda,
apellyatsiya komissiyasiga boshqa taʼlim, ilmiy muassasalardan mutaxassislar jalb
etilishi yoki boshqa taʼlim, ilmiy muassasaga xolis baholashga yo’llanishi mumkin.
76. Tekshirilgan yozma ishlar fakultet dekanatida bir yil mobaynida saqlanadi.
Muddati o’tgan ishlar o’rnatilgan tartibda yo’q qilinadi.
Dostları ilə paylaş: