T a s d I q L a y m a n


-bob. Oraliq nazoratni o’tkazish



Yüklə 346,25 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/21
tarix07.01.2024
ölçüsü346,25 Kb.
#206952
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   21
BuxDU Akademik qoidalar

9-bob. Oraliq nazoratni o’tkazish 
40. Oraliq nazorat talaba tomonidan o’quv dasturining tegishli bo’limlari 
mazmunini o’zlashtirish darajasi, shuningdek, o’quv materialini sharhlash va tahlil 
qilish, yozma, test-sinov nazoratlarini bajarish, tizimli tahlil va axborot-tahliliy hujjat 
tayyorlash, normativ-hukukiy hujjatlar bilan ishlash amaliy ko’nikmalari, nostandart 
vaziyatlarda to’g’ri qaror qabul qilish, muammoli vaziyatlarni (keys-stadi, kazus va 
x.k.) hal etish, ilmiy, metodik taqdimotlar tayyorlashni baholashga qaratiladi. 
41. Modul bo’yicha oraliq nazorat savollari tegishli kafedra tomonidan 
tuziladi. Savollar: 
talabalar tomonidan o’zlashtirilgan modulning dolzarb mavzulari hamda 
muammoli vaziyatlarni tahlil qilishga qaratilishi, mantiqan va tushunarli tilda 
ifodalanishi; 
talabalarning modulni o’zlashtirish darajasini, tahlil qilish ko’nikmalarini, 
mustaqil fikrlash va kelajakdagi kasbiy faoliyatlarida mustaqil qarorlar qabul qilish 
qobiliyatlarini aniqlashga qaratilgan bo’lishi; 
aniq, normativ-huquqiy hujjatlar normalariga asoslangan va amaliyot bilan 
bevosita bog’liq bo’lishi; 
fan mazmuning o’zgarishiga muvofiq, har o’quv yilida yangilanib borishi 
lozim. 
42. Kafedra mudiri semestr boshlanishidan oldin oraliq nazorat savollarining 
mazkur Akademik qoidalarning 41-bandi talablari asosida sifatli va o’z vaqtida 
tayyorlanishiga mas'ul hisoblanadi. 
43. Oraliq nazorat semestr davomida ishchi fan dasturining tegishli bo’limi 
tugagandan keyin talabaning bilim va amaliy ko’nikmalarini baholash maqsadida 
o’quv mashg’ulotlari davomida o’tkaziladi. 
44. Oraliq nazorat turi har bir fan bo’yicha fanning xususiyatidan kelib 
chiqqan holda 2 martagacha o’tkazilishi mumkin. 
Oraliq nazorat turini o’tkazish shakli va muddati fanning xususiyati va fanga 
ajratilgan soatlardan kelib chiqib tegishli kafedra tomonidan belgilanadi. 
45. Oraliq nazorat turning topshiriqlari tegishli kafedra professor-
o’qituvchilari tomonidan ishlab chiqiladi va mazkur kafedra mudiri tomonidan 
tasdiqlanadi. Mazkur topshiriqlar sifatining tahlili davriy ravishda O’quv ishlari 
bo’yicha prorektor tomonidan tashkil etilishi mumkin. 
46. Semestr davomida haftasiga 2 akademik soatdan kam bo’lgan fanlar 
bo’yicha oraliq nazorat turi o’tkazilmaydi. 
47. Talabaning amaliy, seminar, laboratoriya mashg’ulotlari va mustaqil 
ta'lim topshiriqlarini bajarishi, shuningdek uning ushbu mashg’ulotlardagi 
faolligi fan o’qituvchisi tomonidan baholab boriladi. 
Talabani oraliq nazorat turi bo’yicha baholashda, uning o’quv mashg’ulotlari 
davomida olgan baholari inobatga olinadi. 



Yüklə 346,25 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin