akademik guruhlar bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlari jadvalini tuzish.
20. Semestr davomida talaba tomonidan to‘planishi lozim bo‘lgan kreditlar
miqdori o‘quv rejasida ko‘rsatilgan majburiy va tanlov fanlarini o‘z ichiga oladi.
Majburiy fanlar tarkibi va ularni o‘rganishga ajratiladigan kreditlar miqdori tayanch
oliy ta’lim muassasasi tomonidan belgilanadi. Tanlov fanlari tarkibi va ularni
o‘rganishga ajratiladigan kreditlar miqdori oliy ta’lim
muassasasi tomonidan
mustaqil belgilanadi. Talabalar shaxsiy ta’lim trayektoriyasida belgilangan tanlov
fanlari doirasida fanlarni mustaqil tanlashi mumkin.
21. O‘quv yili davomiyligi 36 haftagacha bo‘lib, shundan 30 haftasi
akademik davrga, 2 haftasi fanlarni tanlash uchun ro‘yxatdan o‘tishga, 4 haftasi
attestatsiyalarga ajratiladi. O‘quv yili davomiyligi o‘quv jarayoni jadvaliga muvofiq
Universitet kengashining qarori bilan o‘zgacha tartibda belgilanishi mumkin.
Kredit-modul tizimida 1 kredit o‘rtacha 30 akademik soatlik o‘quv
yuklamasiga teng. Ya’ni talaba muayyan fandan tegishli kreditlarni to‘plashi uchun
ma’lum miqdordagi o‘quv yuklamasini o‘zlashtirishi zarur. O‘quv yuklamasi
bakalavriatda — 40 — 50%
auditoriya soati, 50 — 60% mustaqil ish soatiga,
magistraturada — 30% — 40% auditoriya soati, 60-70% mustaqil ish soatiga
(malakaviy amaliyot va bitiruv malakaviy ishlari bundan mustasno) bo‘linadi.
Bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklarida talaba
odatda bir semestrda 30 kredit, bir o‘quv yilida 60 kredit to‘plashi belgilanadi.
Semestr davomida talaba tomonidan o‘zlashtirilishi lozim bo‘lgan
kreditlar hajmi
o‘quv rejasida ko‘rsatilgan majburiy va tanlov fanlarini o‘z ichiga oladi. Talaba
o‘zining shaxsiy ta’lim trayektoriyasini shakllantirishda har bir semestr uchun 30
kredit hajmidagi fanlarni o‘zlashtirishni nazarda tutishi, ular tarkibida namunaviy
o‘quv rejasidagi majburiy fanlar bo‘lishi shart.
Talaba bakalavriatda o‘qish muddati kamida 3 yil bo‘lganda 180 kredit,
o‘qish muddati kamida 4 yil bo‘lganda 240 kredit to‘plashi zarur. Magistraturada
o‘qish muddati kamida 1 yil bo‘lganda 60 kredit, o‘qish muddati kamida 2 yil
bo‘lganda 120 kredit to‘plashi talab etiladi.
22. O‘quv jarayonining monitoringi ta’lim olishning belgilangan natijalariga
erishish, nominal mehnat hajmi hamda ularning haqqoniyligi va
mosligini baholash
maqsadida o‘tkaziladi.
23. Ta’lim sifati samaradorligini ta’minlash Universitet tomonidan amalga
oshiriladigan bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari ta’lim
dasturining vakolatli tashkilotlar tavsifnomalari va talablariga moslikni ta’minlash
jarayonlarini o‘z ichiga oladi.
Ta’lim sifatini oshirish va professor-o‘qituvchilar o‘rtasida raqobatni
shakllantirish maqsadida Universitet kengashi qaroriga asosan talabalarga fan
doirasida professor-o‘qituvchilarni tanlash imkoniyati beriladi. Bunda talabalar
ta’limni boshqarish axborot tizimi portali orqali o‘quv semestri boshida 1
hafta
muddat davomida o‘zi tanlagan professor-o‘qituvchining mashg‘ulotida qatnashish
uchun onlayn tarzda ro‘yxatdan o‘tadi. Professor-o’qituvchi biriktirilishi akademik
guruhlar shakllanishi o’quv yuklama taqsimoti imkoniyatlaridan kelib chiqib amalga
oshiriladi.
24. Akademik qarzdor talabalarning tashabbusi bilan mavjud akademik
qarzlarni topshirish maqsadida yozgi semestr Universitet tomonidan ta’til vaqtida
pulli asosda tashkil etiladi.
Yozgi semestrning davomiyligi akademik taqvim asosida bakalavriat ta’lim
yo‘nalishlari, magistratura mutaxassisliklari va kurslar bo‘yicha belgilanadi.
Yozgi semestr quyidagi reglament asosida tashkil qilinadi:
talaba yozgi semestr boshlanguniga qadar fakultet dekaniga o’zining
yozgi
semestrda o’qish istagini bildirib, Akademik qoidalarning 2-ilovasida keltirilgan
namunadagi ariza bilan murojaat qiladi. Fakultet dekani talabalardan tushgan
arizalarni umumlashtirib, O’quv-uslubiy uslubiy boshqarmaga taqdim etadi;
fakultet dekani ushbu talabalarga yozgi semestr uchun dars jadvalini tuzadi
va talaba to‘lov pulini to‘laganidan so‘ng darslarga
kiritiladi;
yozgi semestr amaldagi baholash tizimi asosida talabalar bilimini shaffof
baholash tamoyiliga ko‘ra tashkil qilinadi.
Yozgi semestrga jalb qilingan professor-o‘qituvchilarga soatbay asosida ish
haqi to‘lanadi.
Dostları ilə paylaş: