(telegramma, xat) orqali dekanatni xabardor qilish;
professor-o’qituvchi tomonidan mashg’ulotlar o’z
vaqtida boshlanmagan
yoki sifatsiz o’tkazilayotgan taqdirda fakultet dekanatiga yoki universitet
rahbariyatiga xabar qilish;
Universitet hududida texnika xavfsizlik, yong’in
yoki insonlar
salomatligiga xavf tug’diruvchi boshqa holatlarda, shuningdek, Universitet mulkiga
zarar
yetish xavfi yuzaga kelganda, zudlik bilan Universitet xodimini xabardor qilish;
o’z kursdoshlari, talabalar, pedagoglar va boshka xodimlar bilan
xushmuomalada bo’lish, jamoat tartibiga rioya qilish;
Universitet mulkidan oqilona va samarali foydalanish hamda asrab-avaylash;
o’quv intizomi va xulq-atvor qoidalariga rioya qilinmagan taqdirda dekanatga
tushuntirish xati taqdim etish;
kiyinish madaniyatiga rioya qilish, tashqi ko’rinishi va yomon xulk-atvori
bilan boshqalardan ajralib turmaslik;
Universitetning ustav faoliyatini amalga oshirishiga hamda Universitet
xodimlarining o’z lavozim majburiyatlarini bajarishga
bevosita yoki bilvosita
to’sqinlik qiladigan harakatlardan tiyilish.
9. Talaba o’quv mashg’ulotlarda o’zini nomunosib tutgan taqdirda professor-
o’qituvchi dekanatga xabardor qilgan holda mashg’ulotlardan chetlashtirish
vakolatiga ega.
10. Talaba uzoq vaqt davomida o’quv mashgulotlarda ishtirok etmagan
taqdirda, dekanat bu haqida talabaning ota-onalarini (yoki boshqa qonuniy
vakillarini) xabardor qilish huquqiga ega.
Yuqorida keltirilgan majburiyatlarga rioya qilmagan talabalarga nisbatan jazo
choralari (ogohlantirish, xayfsan, talabalar safidan chiqarish) qo’llaniladi.
Talabalarning mazkur qoidalardan xabardor bo’lmasligi qo’llaniladigan jazo
choralaridan ozod etmaydi.
Dostları ilə paylaş: