7-bob. Baholash, baholarni konvertatsiya qilish 34. Talabalar O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
tomonidan belgilangan baholash mezonlari asosida baholanadi.
35. Fan dasturida (sillabusda) belgilangan baholash tartibi hamda ijobiy
baholar doirasida baholangan talabalarga kreditlar beriladi. Talaba belgilangan ta’lim
olish natijalariga erisha olmagan taqdirda, kreditlar berilmaydi.
36. Baholash usullari fan yoki modul doirasidagi talabaning yutuqlarini aks
ettiruvchi va tasdiqlovchi yozma, og‘zaki, amaliy ish, loyiha, portfolio va nazoratlar
kabi turlarni o‘z ichiga qamrab oladi. Baholash mezoni ta’lim olish natijasiga
erishilganligini aks ettirishi shart.
37. Kreditlarni ko‘chirish Akademik qoidalarning 8-ilovasiga muvofiq
Universitetda baholash tizimini boshqa baholash tizimlariga konvertatsiya qilish
jadvalini boshqa oliy ta’lim muassasasida tuzilgan shunga o‘xshash jadval bilan
solishtirish asosida amalga oshiriladi.
8-bob. Talabalar bilimini nazorat qilish 38. Talabalarning semestr davomida olgan bilimi va ko’nikmalari hamda
o’zlashtirish darajasini davlat ta'lim standartlariga muvofiqligini ta'minlash uchun
Universitetda talabalar bilimi, ko’nikmasi va malakasini nazorat qilishning oraliq va
yakuniy nazorati turlari joriy etiladi.
39. Modulning nazorat jadvallari, nazorat turlari va shakllari, nazoratlar soni
hamda oraliq va yakuniy nazoratlar uchun belgilangan maksimal va saralash baholari
to’g’risidagi ma'lumotlar professor-o’qituvchi tomonidan fan bo’yicha birinchi
mashg’ulotda talabalarga e'lon qilinadi.
Talaba belgilangan tartibda talabalar reytingini hisobga olish elektron tizimi
vositasida va universitet binolarining kurinadigan joylarida joylashtirilgan
e'lonlardan oraliq va yakuniy nazorat ish natijalarini mustaqil ravishda bilib borishga
majburdir.