Germaniya ta’lim tizimi tajribasi. Germaniya ko‘p yillar davomida fan va madaniyatni rivojlantirish markazi sifatida tanilgan. Shiller, Gyote, Schlegel, Gumboldt, Kant, Gegel kabi mashhur shoirlar, yozuvchilar, faylasuflar va jamoat arboblarining nomlari bugungi kunda har kimga yaxshi ma’lum. Germaniyaning eng qadimiy universitetlari orasida Heydelberg (Ruprecht-Karls-Universität Heidelberg) universiteti 1386 yilda va Kyoln (Universität zu Köln) universiteti 1388 yilda tashkil etilgan. Bu ta’lim muassasalari asosan qadimgi universitetlar an’analari va klassik ta’limlari bilan mashhur bo‘lgan. O‘shandan beri universitetlar va boshqa oliy o‘quv yurtlarining soni sezilarli darajada oshdi, bugungi kunda ularning soni 323 taga yetdi va oliy ta’lim tizimi ham o‘zgardi.
Zamonaviy reytingni saqlab qolish uchun universitetlar ilm-fan va texnologiyaning so‘nggi tendensiyalarini aks ettiruvchi dasturlarni taqdim etmoqda. Shu maqsadda o‘quv dasturlari muntazam ravishda qayta ko‘rib chiqiladi. Germaniya universitetlarida chet ellik talabalarning soni ortib borayotganligi sababli ingliz va fransuz tillarida o‘qitish keng yo‘lga qo‘yildi.
Germaniyada zamonaviy oliy ta’lim tizimi dunyoning boshqa mamlakatlarining ta’lim tizimidan sezilarli darajada farq qiladi. Germaniyada "akademik erkinlik" tamoyili e’lon qilingan, unga ko‘ra nafaqat oliy ta’lim muassasalariga nafaqat idora masalalarida, balki, har bir talabaga erkinlik berilgan. Germaniyada umumiy majburiy tartibda qat’iy ta’lim tizimi mavjud emas. Ya’ni, o‘quvchining mustaqillik, masuliyatlilik va o‘z-o‘zini boshqarishiga bog‘liq. Nemis talabasi boshqa o‘quvchilar bilan darslarga qatnamaydi, lekin tanlangan mutaxassislik va uning o‘quv rejasiga muvofiq u o‘z o‘quv dasturini tuzadi va ushbu mutaxassislik uchun umumiy talablarga javob berish uchun o‘z vaqtini tashkil etadi.
Hozirgi vaqtda Germaniyada barcha oliy o‘quv yurtlari akkreditatsiyadan o‘tgan bo‘lib, universitet (Universität), oliy pdagogik maktabi (Pädagogische Hochschule),oliy teologiya maktabi (Theologische Hochschule), oliy san’at maktabi (Kunsthochschule), maxsuslashtirilgan oliy maktabi (Fachhochschule) va oliy boshqaruv maktabi (Verwaltungsfachhochschule) kabilarga taqsimlanadi (3-jadval).
3-jadval
Germaniya oliy o‘quv yurtlarining ro‘yxati (talabalar soni bo‘yicha)
(https://u4ebagermania.ru/obuchenie-v-vuzakh-germanii/spisok-vsekh-vuzov-germanii/)