T abdraxmanov



Yüklə 1,27 Mb.
səhifə7/43
tarix29.03.2023
ölçüsü1,27 Mb.
#91263
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   43
Туп ўқитиш услубиёти Абдрахманов

O‘qitishning og‘zaki metodi - bilimlar manbai, ya’ni yangi bilimlar hamda ta’riflarni berish, tushuntirish, hikoya, ma’ruza qilish metodlari majmuidir. Tushuntirishni ayrim tushunchalar, voqealar, harakat prinsiplarini og‘zaki talqin etish deb anglash lozim. O‘qitishning bu metodida eng asosiy narsa mushohadalarni ilmiy isbotlash mantiqidir. Ilmiy fikrlash mantiqi tushuntirishga qo‘yiladigan asosiy talabni belgilaydi. Bu nimani bildiradi, avvalo, o‘qituvchi yangi materialni o‘tishda foydalaniladigan o‘quv predmetining ilmiy mazmunini chuqur bilishi, dars uchun zarur materialni tanlay olishi va tushuntirishning samaradorligini belgilashi kerak.
Munozara. Munozara suhbatning yanada rivojlanishidir. U ikkita qarama-qarshi nuqtai nazarning to‘g‘riligini isbotlash zarurati tug‘ilganida vujudga keladi. Munozara davomida o‘quvchilarning fikrlashidagi xususiy cheklanish barham topadi, bilishga qiziqish ortadi va mustaqil mulohaza yuritish rivojlanadi. Ta’limning hozirgi bosqichida o‘quvchilarga darslik bilan mustaqil ishlashni o‘rgatish o‘qituvchining muhim vazifasidir. Binobarin, ular kelajakda turli bilimlarni o‘zlaricha tahlil qilishga, o‘rganishga va umumlashtirishga ham majbur bo‘ladilar. Kitob bilan ishlashni o‘rganishning dastlabki bosqichida izohli o‘qish metodidan foydalaniladi.
O‘qitishning induktiv va deduktiv metodlari - o‘quv materiali mazmunining xarakteri va mantiqini yoritish usuli. O‘qitishning induktiv metodi - o‘qituvchi va o‘quvchining turli variantlardagi faoliyatidir. Bunda o‘qituvchi avval dalillarni tushuntiradi, tajribalarni, ko‘rsatmali qo‘llanmalarni namoyish qiladi, umumlashtirish va tushunchalarni ta’riflash bo‘yicha mashqlar bajarishni tashkil etadi. O‘quvchilar oldin xususiy faktlarni o‘zlashtiradilar, keyin xulosalar chiqaradi va o‘quv materialini umumlashtiradi. Yoki o‘quvchilar oldiga xususiy qoidalardan umumiy xulosalargacha mustaqil mushohada yuritishni talab qiladigan muammoli topshiriqlar qo‘yiladi.
Deduktiv metod - o‘qituvchining avval umumiy qoidalarni, ta’riflarni aytishi, keyin asta-sekin xususiy hollarni, muayyan vazifalarni keltirib chiqarish usulidir. Bunda o‘quvchilar umumiy qoidalarni idrok etadilar, formulalarni o‘zlashtiradilar, keyin esa ulardan kelib chiqadigan natijalarni egallaydilar. Agar mana shu metodlar taqqoslansa, o‘quvchilar ma’lum mushohadalarni keltirib chiqaradigan faktlar va materialni o‘zlashtirishlariga ko‘ra induktiv metod foydaliroqdir. Masalan, o‘qituvchi matematik masalaning yechimini yoritadi, keyin o‘quvchilarga ana shu xildagi masalani mustaqil holda yechishni tavsiya qiladi, lekin bunda fikrlash tez rivojlanmaydi va materialni o‘rganishga ko‘p vaqt ketadi. Deduktiv metod materialni tezroq o‘tishga yordam beradi va bunda mavhum fikrlash faolroq rivojlanadi. O‘qitishning induktiv va deduktiv metodlarida uning og‘zaki, ko‘rsatmali va amaliy metodlari, shuningdek, reproduktiv yoki muammoli izlanish metodi ham qo‘llaniladi.
Reproduktiv metod. Ta’limning reproduktiv xarakteri, asosan, o‘quvchilarning ijodiy faoliyatidir. Reproduktiv metodda o‘qituvchi faktlarni, isbotlarni, tushunchalar ta’rifini to‘la bayon qiladi, asosiy masalaga alohida e’tibor beradi. O‘qitishning reproduktiv metodida ko‘rsatmalilik ham qo‘llaniladi. Reproduktiv yo‘sindagi amaliy ishlar o‘quvchilarning namuna bo‘yicha ilgari yoki endigina o‘zlashtirilgan bilimlarni qo‘llashi bilan farqlanadi. Ammo bunday ishlarda bilimlarni mustaqil holda boyitish amalga oshmaydi.
Tuproqshunoslik fanlarining yuqori darajada, samarali o‘qitilishida amaliy mashg‘ulotning o‘rni katta hisoblanadi, deyarli barcha tuproqshunoslik yo‘nalishidagi fanlarda amaliy mashg‘ulotlari mavjud.
Amaliy mashg‘ulot - aniq maqsadga qaratilgan, ilmiy va nazariy bilimlarni chuqurlashtirishga va mustaqil ishning muayyan usullarini o‘zlashtirishga qaratilgan, ta’lim beruvchi tomonidan boshqarilib, nazariy darsda olingan maxsus bilimlar asosida malaka va ko‘nikmalar shakllantirish maqsadida olib boriladigan rejali mashg‘ulot turidir.
Amaliy mashg‘ulotlar talabalarning o‘qituvchi bilan birgalikdagi faoliyat davomida amaliy muammolarni hal qilish uchun olgan bilimlarini qo‘llash qobiliyatlarini rivojlantirishda juda muhim rol o‘ynaydi. Kichik darslarda amaliy mashg‘ulotlar muntazam o‘tkaziladi, muntazam ravishda har bir ma’ruzani yoki ikki yoki uchta ma’ruzani o‘qiydi. Amaliy mashg‘ulotda esa olingan nazriy bilimlar qo‘llaniladi, masalan tuproqning morfologik belgilarini tavsiflaydi, har bir talaba mustaqil ravishda yozadi, tuproq tiplarini bir-biridan farqlaydi, ya’ni ularga tegishli bo‘lgan xossalarni qo‘li bilan ushlab, ko‘zi bilan ko‘radi va o‘zining mustaqil fikrini bildiradi.
Amaliy mashg‘ulotga qo‘yiladigan talablar:

  • muayyan fan bo‘yicha o‘tiladigan amaliy mashg‘ulot mavzusi faning ma’lum bir ma’ruzalari o‘tilganidan so‘ng o‘tilishi maqsadga muvofiq;

  • amaliy mashg‘ulot mavzusi faning ishchi dasturiga va o‘quv rejasiga mos xolda rejalashtirilishi, ayniqsa vaqt sarfini mavzu hususiyatiga ko‘ra taqsimlash kerak, barcha mavzularga bir tekis vaqt taqsimlash to‘g‘ri bo‘lmaydi;

  • ma’ruzadagi mavzu doirasidagi bilimlar o‘rganilishi lozim, aynan ma’ruzadagi ma’lumotlar bilan cheklanmasligi kerak, misol uchun “Tuproq tasnifi” mavzusida ma’ruza o‘tilgan bo‘lsa, amaliy mashg‘ulotda tuproq tipi, tipchalari, turi, oilasiga doir bilimlarni tuproq xaritalari, turli tuproq hududlaridan olib kelingan tuproq namunalari asosida o‘rganish, qiyosiy taxlil qilish kabi jarayonlar bilan ko‘nikmalarni mustaxkamlash lozim;

  • har bir talaba yoki har ikki talabaga bittadan tarqatma materiallar tayyorlanishi lozim;

  • amaliy mashg‘ulotlar mavzusini avvaldan talabalarga berilishi, ularni ham darsga oldindan tayyorgarlik ko‘rishni tashkil etish lozim;

  • amaliy mashg‘ulotda har bir o‘quvchi qo‘li bilan amaliy ish qilishi, uning mazmun mohiyatini ochib berishi, mustaqil fikri asosida taxlil qilib berishi lozim;

  • amaliy mashg‘ulot mavzular uchun adabiyotlar, internet saytlar, davriy nashrlarni tavsiya etish lozim.

Amaliy mashg‘ulotlar talabalarni ilmiy fikrlashi va nutqini rivojlantirishi hamda o‘z bilimlarini sinash uchun muhim vosita hisoblanadi. Amaliy mashg‘ulotlarni nazariy ta’limga bog‘liqligini talabalar doimo bilishlari lozim.
Hozirda dunyoning rivojlangan davlat universitetlarida talabalar biror fanning amaliy mashg‘ulotlari natijasida o‘zlari biror yangi g‘oya, texnologiya yoki intelektual mahsulot yaratib yakunlashmoqda. Ya’ni, amaliy mashg‘ulot nomiga o‘tilmasdan, balki nazariy bilimlarni o‘zlashtirish, ko‘nikmalarni shakllantirish yakunida har bir talaba yangi bir intelektual mahsulot, hech bo‘lmasa ularning tasavvur doirasida shakllanishi kerak.
Bizning ta’lim tizimda amaliy mashg‘ulotlarni tashkil etishda o‘quvchilarga bir dars oldin keyingi dars mavzusi doirasida har ikki nafar talabaga alohida topshiriq berish kerak, mavzuga oid ijodiy yondoshgan xolda tayyorgarlik ko‘rib kelsa dars samarali bo‘ladi.
Tuproqshunoslik yo‘nalishidagi fanlardan amaliy mashg‘ulotlar bilan birga laboratoriya mashg‘ulotlari ham bo‘lib, fanning aniq mexanizmlarini, qonuniyatlarini, fundamental jihatlarini o‘rganishda muhim rol o‘ynaydi.

Yüklə 1,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin