T abdraxmanov



Yüklə 1,27 Mb.
səhifə2/43
tarix29.03.2023
ölçüsü1,27 Mb.
#91263
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43
Туп ўқитиш услубиёти Абдрахманов

АННОТАЦИЯ

В учебном пособии освещены образовательные и воспитательные связи при преподавании предметов почвоведения, применение устного, показательного и практических методов при преподавании предмета почвоведение, даны Зарубежные (Европа, Азия и США) опыты при преподавании предметов Почвоведении. А также роль “Общество почвоведов” и стратегии обучения при развитии предметов почвоведения, связь педагогической способности, научного уровня и кругозора учителя, основные формы проведения занятий и оценка их знаний, научный уровень преподавателя и постоянное его развитие, подготовка к занятиям, информационное и учебно-методическое обеспечение, проблемы пользования журналами онлайн и мировыми библиотеками. Студенты могут пользоваться учебным пособием потому что в нём глубоко освещены все выше перечисленные задачи.


ANNOTATIION

T he interaction between teaching system on methodology of teaching soil sciences, application of oral, visual and practical laboratory methods in teaching soil sciences, foreign (Europe, Asia and USA) experience in teaching soil sciences is outlined in this training manual. Moreover, the strategy of teaching soil sciences, the role of “Soil science society” in improving soil sciences, the role of practical classes in teaching subjects on soil sciences, main forms of teaching and assessment of students’ knowledge, scientific potential of teacher, and its regular improvement, the role of educational technologies in teaching soil sciences, World libraries and online journals and the issues of their application were outlined widely and deeply for students


KIRISH

O‘zbekiston Respublikasining «Ta’lim to‘g‘risida»gi qonuni hamda kadrlar tayyorlash Milliy dasturi talablariga muvofiq, ta’limning uzluksizligini ta’minlash, ishlab chiqarishga zamonaviy bilimlarga ega, yetuk, yosh mutaxassislar tayyorlash belgilangan. «Ta’lim to‘g‘risida»gi Qonun va «Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi» ning tub mohiyati mamlakatimizda ta’lim tizimini tubdan isloh qilish, eski ta’lim tizimidagi kamchilik va nuqsonlarga barham berish, bozor raqobatlariga bardosh bera oladigan kadrlarni tayyorlash, ta’lim muassasalarining moddiy bazalarini kuchaytirish, pedagog xodimlar malakasini tubdan oshirish tizimini barpo etish, xorij ta’lim tizimi bilan ishlab chiqarish, fan, davlat, jamoat tashkilotlari o‘rtasidagi bog‘liqlikning yangi tizimini yaratish, xorij ta’lim tizimining ilg‘or yutuqlarini, yangi pedagogik texnologiyalarni joriy qilishdan iboratdir.


O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi «O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-4947-son Farmoni va 2017 yil 20 apreldagi «Oliy ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-2909-sonli Qarorilarda oliy ta’lim tizimini tubdan takomillashtirish, mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalarga mos holda, kadrlar tayyorlashning ma’no-mazmunini tubdan qayta ko‘rib chiqish, xalqaro standartlar darajasida oliy malakali mutaxassislar tayyorlash, ta’lim jarayonini, oliy ta’limning o‘quv reja va dasturlarini yangi pedagogik texnologiyalar va o‘qitish usullarini keng joriy etish, magistratura ilmiy-ta’lim jarayonini sifat jihatidan yangilash va zamonaviy tashkiliy shakllarni joriy etish asosida yanada takomillashtirish, yangi avlod o‘quv adabiyotlarini yaratish va ularni oliy ta’lim muassasalarining ta’lim jarayoniga keng tatbiq etish, oliy ta’lim muassasalarini zamonaviy o‘quv, o‘quv-metodik va ilmiy adabiyotlar bilan ta’minlash vazifalari belgilangan. Shu ma’noda 5141000-Tuproqshunoslik ta’lim yo‘nalishida o‘qitiladigan “Tuproqshunoslikni o‘qitish uslubiyoti” fanidan mazkur o‘quv qo‘llanma tayyorlandi. Ushbu o‘quv qo‘llanmada ayni vaqtda ushbu yo‘nalishdagi mavjud holat taxlili va xorij tajribasi asosida takomillashtirish nuqtai nazaridan yondashib adabiyot tayyorlandi. O‘quv qo‘llanmada Ushbu o‘quv qo‘llanmada tuproqshunoslikni o‘qitish uslubiyoti bo‘yicha o‘qitish tizimining uzviyligi, tuproqshunoslik fanlarini o‘qitishda og‘zaki, ko‘rgazmali va amaliy laboratoriya usullarini qo‘llash, tuproqshunoslik fanlarini o‘qitishda xorij (Yevropa, Osiyo va AQSh) tajribalari berilgan. Shuningdek, tuproqshunoslik fanlarining o‘qitish strategiyasi, tuproqshunoslik fanlarini takomillashishida “Tuproqshunoslar jamiyati”ning o‘rni, tuproqshunoslik yo‘nalishidagi fanlarni o‘qitilishida amaliyotlarning o‘rni, dars o‘tishning asosiy shakllari va ularning bilimini baxolash, o‘qituvchining ilmiy salohiyati, uni doimiy takomillashtirib borilishi, tuproqshunoslik fanlarini o‘qitishda pedagogik texnologiyaning o‘rni, jaxon kutubxonalari va onlayn jurnallari va ulardan foydalanish masalalari talabalar uchun keng va chuqur taxlil qilib yoritilgan.



Yüklə 1,27 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   43




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin