T. Malikov O. Olimjonov moliya


Soliqqa tortish ob’ektlari



Yüklə 2,2 Mb.
səhifə256/271
tarix20.09.2023
ölçüsü2,2 Mb.
#146047
1   ...   252   253   254   255   256   257   258   259   ...   271
T. Malikov O. Olimjonov moliya-fayllar.org

Soliqqa tortish ob’ektlari – qonunga muvofiq foyda (daromad), ma’lum bir mahsulotlar qiymati, yuridik va jismoniy shaxslarning mulki, mol-mulkni berish (meros, hadya etish), qimmatbaho qog’ozlar bo’yicha operatsiyalar, faoliyatning ayrim turlari va boshqalardan iborat. Soliqqa tortishning bir ob’yekti bir turdagi soliq bilan belgilangan muddatda (oy, chorak, yarim yil, yil) bir marta soliqqa tortilishi mumkin.

Soliqqa tortish printsiplari (tamoyillari) – soliq siyosatini amalga oshirishni belgilab beradigan va soliqlar bo’yicha byudjet topshiriqlarini tuzish orqali realizatsiya qilinadigan mustahkam o’rnashib qolgan qoidalar yig’indisi. Ularning eng muhimlari qatoriga quyidagilar kiradi: 1) adolatlilik. Bu printsip fuqarolar o’rtasida ularning daromadlariga mos ravishda soliqlarning bir tekis taqsimlanishini va soliqqa tortishning hammaga (eng umumiyligini) tegishli ekanligini taqoza etadi; 2) aniqlilik. Bu printsip soliqning summasi, uni hisoblash tartibi (uslubi) va to’lov vaqti soliq to’lovchiga oldindan aniq ma’lum bo’lishi kerakligini talab qiladi; 3) qulaylilik. Bu printsip soliq to’lovchilar uchun soliqning olinish uslubi (tartibi) va vaqti eng qulay bo’lishi kerakligini anglatadi; 4) iqtisod qilish, tejab tergash. Bu printsipning mazmuni soliqqa tortish tizimini oqilonalashtirish va soliqlarni undirish xarajatlarini kamaytirishdan iboratdir. Vaqt o’tishi bilan soliqqa tortishning bu printsiplari qatoriga soliqlarning harakatchanligi va etarliligini ta’minlash (davlatning ob’yektiv ehtiyojlari va imkoniyatlariga muvofiq soliq oshirilishi yoki qisqartirilishi (kamaytirilishi) mumkin), soliqqa tortishning zaruriy manbasi va ob’yektini tanlash, soliqqa tortishning bir martaliligi kabi printsiplar ham qo’shildi.

Soliqqa tortish nazariyalari – soliqqa tortish amaliyotini nazariy jihatdan asoslashga urinish. Soliqqa tortish nazariyasi tarixida eng dolzarb muammo sifatida quyidagi savollarning javobini izlab topish sanaladi: Byudjet daromadlarini shakllantirishda sof fiskal usullardan foydalanish maqsadga muvofiqmi yoki soliqlarni pasaytirish orqali tadbirkorlik faoliyatini
rag’batlantirish va soliqqa tortish bazasini kengaytirish kerakmi? Bularning qaysi biri afzal? Qaysi biri maqsadga muvofiq? va h.k.



Yüklə 2,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   252   253   254   255   256   257   258   259   ...   271




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin