T. Malikov O. Olimjonov moliya



Yüklə 2,2 Mb.
səhifə255/271
tarix20.09.2023
ölçüsü2,2 Mb.
#146047
1   ...   251   252   253   254   255   256   257   258   ...   271
T. Malikov O. Olimjonov moliya-fayllar.org

Soliq elementlari – davlatning qonun aktlari asosida aniqlangan soliqlarning tuzilishi (qurilishi) printsiplari va ularni undirishni tashkil qilish, soliqlarning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyatini o’zida aks ettiradi. Soliqlarning elementlari tarkibiga quyidagilar kiradi: 1) soliq sub’yekti (soliq to’lovchi); 2) soliqni o’zida tashuvchi (namoyon etuvchi); 3) soliq ob’yekti; 4) soliq manbai; 5) soliqqa tortish birligi; 6) soliq stavkasi (soliqqa tortish normasi, me’yori); 7) soliq imtiyozlari; 8) soliq okladi. Soliq qonunchiligi nuqtai- nazaridan yuqorida sanab o’tilganlardan tashqari soliqning muhim elementlari qatoriga yana quyidagilarni kiritish mumkin: 1) soliq masshtabi; 2) soliqqa tortish bazasini (asosini, negizini) hisobga olish usuli; 3) soliq davri; 4) soliqni hisoblash tartibi; 5) hisobot davri; 6) soliqni to’lash muddatlari; 7) soliqni to’lash usuli va tartibi.

Soliq kvotasi – soliqqa tortishning ma’lum birligidan olinadigan soliqning miqdori, hajmi, o’lchami.

Soliqqa tortish – qonuniy ravishda o’rnatilgan soliq undirish (olish) tartibi. Iqtisodiyotni tartibga solish soliqqa tortishning asosiy funksiyasidir. Soliq siyosatining richaglari yordamida davlat xo’jalik kon’yunkturasining xolatiga ta’sir ko’rsatadi va iqtisodiy o’sishni rag’batlantiradi. Soliqqa tortishning boshqa bir funksiyasi pul mablag’larini qayta taqsimlashdir. Soliqqa tortishning bir- biridan farq qiluvchi digressiv, progressiv, proportsional va regressiv turlari mavjud.

Soliqqa tortish manbai - soliqlarni to’lash uchun foydalaniladigan rezerv, odatda, soliq to’lovchining daromadi va kapitali. Eng umumiy shaklda soliqqa tortish manbai bo’lib soliqqa tortish ob’yektidan qat’iy nazar ijtimoiy takror ishlab chiqarish asosiy qatnashchilarining va davlatning birlamchi pul
daromadlarini shakllantiruvchi yalpi ijtimoiy (ichki) mahsulot hisoblanadi.


Soliqqa tortish normasi – soliqqa tortiladigan qiymatning haqiqiy qiymatga nisbati.


Yüklə 2,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   251   252   253   254   255   256   257   258   ...   271




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin