T. Malikov O. Olimjonov moliya


Xarajatlarni respublika byudjetidan moliyalash-tirish



Yüklə 2,2 Mb.
səhifə263/271
tarix20.09.2023
ölçüsü2,2 Mb.
#146047
1   ...   259   260   261   262   263   264   265   266   ...   271
T. Malikov O. Olimjonov moliya-fayllar.org

X




Xarajatlarni respublika byudjetidan moliyalash-tirish – quyidagilar respublika byudjetdan moliyalash-tiriladi: fan, ta’lim, madaniyat, soqliqni saqlash, jismoniy tarbiya va sport (respublikaga bo’ysunadigan tashkilotlar bo’yicha); ijtimoiy ta’minot; mudofaa, milliy xavfsizlik va jamoat tartibini ta’minlash; sudlar va prokuratura organlari faoliyatini ta’minlash; davlat zahirasi va safarbarlik zahirasini vujudga keltirish hamda ularni saqlash; davlat markazlashtirilgan investitsiyalarini amalga oshirish; davlat hokimiyati va boshqaruv organlari, O‘zbekiston Respublikasining chet ellardagi diplomatik vakolatxonalari hamda missiyalari faoliyatini ta’minlash; iqtisodiyot turli tarmoqlarining respublikaga bo’ysunadigan byudjet tashkilotlarini saqlash; O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga muvofiq iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirishning maqsadli davlat dasturlari va tadbirlarini amalga oshirish; er tuzish, meliorativ, tabiatni muhofaza qilish va epizootiyaga qarshi kurash chora- tadbirlarini amalga oshirish; qishloq xo’jaligi zararkunandalariga qarshi kurash; gidrometeorologiya, do’lga qarshi kurash chora- tadbirlari; qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa maqsadlar.

Xarajatlarni Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjetidan va mahalliy byudjetlardan moliyalash-tirish – quyidagilar yuqorida ta’kidlangan byudjetlardan moliyalashtiriladi: fan, ta’lim, madaniyat, sog’liqni saqlash, jismoniy tarbiya va sport (Qoraqalpog’iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahri byudjetlaridan moliyalashtiriladigan byudjet tashkilot-lari bo’yicha); ijtimoiy ta’minot; aholini ijtimoiy himoya qilish; Qoraqalpog’iston Respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruv organlari hamda mahalliy davlat hokimiyati organlari faoliyatini ta’minlash; iqtisodiyot turli tarmoqlarining Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahri byudjet tashkilotlarini saqlash; qonun hujjatlariga muvofiq iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirishning maqsadli dasturlari va tadbirlarini amalga oshirish; qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa maqsadlar.


Yüklə 2,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   259   260   261   262   263   264   265   266   ...   271




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin