T. Malikov O. Olimjonov moliya


To’lovlarning navbatliligi



Yüklə 2,2 Mb.
səhifə262/271
tarix20.09.2023
ölçüsü2,2 Mb.
#146047
1   ...   258   259   260   261   262   263   264   265   ...   271
T. Malikov O. Olimjonov moliya-fayllar.org

To’lovlarning navbatliligi - bir necha muddatli va muddati o’tib ketgan to’lovlar mavjud bo’lganda va ularni to’liq to’lash (qaytarish, uzish) uchun mablag’lar etarli bo’lmagan holda to’lovchining hisob varag’idan pul mablag’larini o’tkazish (olish, undirish) ketma-ketligi.

Tibbiyot sug’urtasi – sog’liqni saqlash bo’yicha aholi manfaatlarini sotsial himoya qilishning shakli. Sug’urta hodisasi ro’y bergan paytda fuqarolarga tibbiy yordam olinishini kafolatlaydi. Ikki shaklda amalga oshirilishi mumkin: majburiy va ixtiyoriy.

U




Umumdavlat moliyasi - davlatning funksiyalari va vazifalarini bajarish hamda kengaytirilgan takror ishlab chiqarish uchun sharoitlarni yaratish maqsadida markazlashtirilgan pul mablag’lari fondlarini shakllantirish, taqsimlash va ulardan foydalanish jarayonida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlar tizimi.

Uy-joy solig’i – ko’chmas mulk solig’ining ko’rinishlaridan biri bo’lib, bu soliqqa uy-joyga ega bo’lganlar tortiladi.

F




Foyda solig’i – xo’jalik yurituvchi sub’yektlarning foydasidan olinib, byudjetning muhim daromadlaridan biri hisoblanadi. Bu to’g’ri (bevosita) soliqdir. Uning summasi soliq to’lovchi korxonaning yakuniy moliyaviy natijalariga bog’liq bo’ladi. Moliya yilida soliq solinadigan foydaga ega bo’lgan yuridik shaxslar foyda
solig’ini to’lovchilar hisoblanadi. Yalpi foyda bilan ma’lum chegirmalar o’rtasidagi farq sifatida hisoblangan foyda soliqqa tortish ob’yektidir. Foyda solig’i barcha soliqlar to’langandan so’ng korxona ixtiyoriga qolgan foyda hisobidan to’lanadi.


Fuqarolarning yillik jami daromadi - ularning korxonada olgan pul va natural ko’rinishdagi barcha to’lanmalaridan iborat. Xorijiy valyutada olingan fuqarolarning daromadi soliqqa tortish maqsadlari uchun daromad olingan kundagi Markaziy bankning kursi bo’yicha milliy valyutada aniqlanadi. Fuqarolarning yillik jami daromadi tarkibiga (soliqqa tortish maqsadlari uchun) quyidagilar kiritilmaydi: pensiyalar; davlat ijtimoiy nafaqalari (vaqtinchalik mehnat qobiliyatini yo’qotganligi uchun nafaqalardan tashqari); kompensatsion to’lanmalar; moddiy yordam ko’rsatish summalari (tabiiy ofat munosabati bilan); davlat zayomi obligatsiyalari va lotereyalari bo’yicha yuto’qlar; banklar va boshqa kredit tashkilotlaridagi omonatlar bo’yicha foizlar va boshqalar.

Yüklə 2,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   258   259   260   261   262   263   264   265   ...   271




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin