T. Malikov O. Olimjonov moliya


Soliqlar klassifikatsiyasi



Yüklə 2,2 Mb.
səhifə257/271
tarix20.09.2023
ölçüsü2,2 Mb.
#146047
1   ...   253   254   255   256   257   258   259   260   ...   271
T. Malikov O. Olimjonov moliya-fayllar.org

Soliqlar klassifikatsiyasi – soliqlarning undirilish uslubi, qo’llaniladigan stavkalarning xarakteri, soliq imtiyozlari, soliqqa tortish manbai va ob’yekti kabi belgilar bo’yicha guruhlarga ajratilishi (bo’linishi). Belgilanish uslubiga ko’ra soliqlar to’g’ri (bevosita) va egri (bilvosita) soliqlarga bo’linadi. Daromad solig’i, foyda solig’i, resurs to’lovlari va mol-mulk solig’i kabilar to’g’ri (bevosita) soliqlardir. Egri (bilvosita) soliqlar xo’jalik aktlari va aylanmalari, moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirishdan vujudga keladi. Qo’shilgan qiymat solig’i, boj to’lovlari, aktsizlar, qimmatbaho qog’ozlar bo’yicha operatsiyalardan olinadigan soliq va boshqalar ana shular jumlasidandir. Soliqqa tortish manbalari bo’yicha ham soliqlar guruhlanadi: ishlab chiqarish xarajatlarining (tannarx)ning tarkibiga kiruvchi, foyda (daromad)dan olinuvchi va boshqa soliqlar. Soliqqa tortish ob’ektlari bo’yicha soliqlar klassifikatsiya qilinganda ular quyidagi guruhlarga bo’linadi: mulk soliqlari, resurs soliqlari (yer solig’i ham shu guruhga kiradi), daromad yoki foyda solig’i, harakat soliqlari (xo’jalik aktlari, moliyaviy operatsiyalar, realizatsiya bo’yicha aylanmalar, ba’zi bir qolgan soliqlar va bir martalik yig’imlardan iborat bo’lgan soliqlar.

Soliqlarning funksiyalari – shu iqtisodiy kategoriyaning daromadlarni qiymat jihatidan taqsimlash va qayta taqsimlash instrumenti sifatida ijtimoiy mo’ljallanganligining qay darajada amalga oshirila-yotganligini ko’rsatadi. Soliqlar quyidagi funksiyalarni bajaradi: fiskal; tartibga solish (rag’batlantirish).

Soliqlarning fiskal funksiyasi – soliqlarning eng asosiy ijtimoiy mo’ljallanganligini o’zida aks ettiradi, davlatning moliyaviy natijalarini shakllantiradi, uning o’z funksiyalarini bajarishi uchun zarur bo’lgan resurslarni byudjet tizimi va nobyudjet fondlarga to’plash imkonini beradi.

Soliqlarning tartibga solish (rag’batlantirish) funksiyasi - moliyaviy (soliq) mexanizm (i) orqali davlatning mamlakat ijtimoiy hayotida faol ishtirok etishini ta’minlaydi. Bu funksiyaning quyidagi bir necha shakllari bo’lishi mumkin: nazorat; rag’batlantirish; tartibga solish; takror ishlab chiqarish. Ular soliq mexanizmining samaradorligini baholash imkonini beradi, moliyaviy resurslarning harakati ustidan nazoratni ta’minlaydi, soliq tizimi va byudjet siyosatiga o’zgartirish kiritish zarurligini
aniqlaydi. Rag’batlantirish imtiyozlar, cheklashlar, chegirmalar, afzal ko’rish tizimi orqali amalga oshiriladi va ular soliqqa tortish ob’yektining imtiyozlarni shakllantirish belgilari bilan uzviy ravishda bog’liq bo’ladi, soliqqa tortish ob’yektining o’zgarishida, soliqqa tortiladigan baza (asos)ning kamayishida, soliq stavkasining pasaytirilishida va shu kabilarda namoyon bo’ladi. Takror ishlab chiqarish tabiiy resurslardan foydalanganlik uchun to’lovlarda, yo’l fondlari uchun olinadigan soliqlarda, mineral xom ashyo bazalarini takror ishlab chiqarishga mo’ljallangan soliqlarda namoyon bo’ladi.



Yüklə 2,2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   253   254   255   256   257   258   259   260   ...   271




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin