T. Malikov O. Olimjonov moliya



Yüklə 3,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə289/323
tarix30.09.2023
ölçüsü3,97 Mb.
#150845
1   ...   285   286   287   288   289   290   291   292   ...   323
Мoliya. Darslik. T.Malikov, O.Olimjonov. Toshkent-2019

Litsenziya 
– u yoki bu mahsulotni tayyorlash, xo’jalik ishlab 
chiqarish va ilmiy faoliyatning turini amalga oshirish, mahsulotning 
ma’lum bir turi va miqdorini eksport yoki import qilish, olish kirish, 
olib chiqish yoki o’tkazib ketishga davlat yoki mahalliy boshqaruv 
organlarining rasmiy ruxsati (roziligi). Savdo qilish huquqi yoki 
lotereya va mahalliy auktsionlarni o’tkazish uchun litsenziya uch 
nusxada 
rasmiylashtiriladi. 
Birinchi 
nusxa 
ijarachiga 
(o’tkazuvchiga, shug’ullanuvchiga) beriladi, ikkinchisi tuman soliq 
inspektsiyasiga yo’llanadi, uchinchi nusxa esa tegishli qaror, xat 
va unga ilova qilingan hujjatlar bilan birgalikda tuman yoki shahar 
ma’muriyatining ish jildida saqlanadi. Litsenziya olish uchun 
murojaat etayotgan jismoniy shaxslar tadbirkorlik faoliyati bilan 
shug’ullanish huquqiga ega ekanliklari to’g’risida guvohnomaga 
ega bo’lishlari shart. 
London klubi 

o’z hukumatlarining kafolatlarisiz SSSRga 
ssuda taqdim etgan 600 yirik g’arb bank-kreditorlarning 
birlashmasi. 1996 yilda Rossiya va London klubi o’rtasida 
kelishuvga erishilgan bo’lib, unga muvofiq 32 mlrd. AQSh dollari 
miqdoridagi Rossiyaning tashqi qarzi (shundan, 25 mlrd. AQSh 
dollari 
– asosiy qarz, 7 mlrd. AQSh dollari esa – asosiy qarz 
bo’yicha to’lanmagan foizlar) muddatidan oldin restrukturizatsiya 
qilingan va unga ko’ra, bu qarz navbatdagi 25 yilga qayta 
rasmiylashtirilgan va 5 yillik imtiyozli davr taqdim etilgan edi. 


741 

 
Mahalliy byudjet 
– Davlat byudjetining tegishli viloyat, 
tuman, shahar pul mablag’lari fondini tashkil etuvchi bir qismi 
bo’lib, unda daromadlar manbalari va ulardan tushumlar miqdori, 
shuningdek moliya yili mobaynida aniq maqsadlar uchun 
ajratiladigan mablag’lar sarfi yo’nalishlari va miqdori nazarda 
tutiladi. 

Yüklə 3,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   285   286   287   288   289   290   291   292   ...   323




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin