T. Malikov O. Olimjonov moliya



Yüklə 3,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə292/323
tarix30.09.2023
ölçüsü3,97 Mb.
#150845
1   ...   288   289   290   291   292   293   294   295   ...   323
Мoliya. Darslik. T.Malikov, O.Olimjonov. Toshkent-2019

Ma’muriy javobgarlik 
– ma’muriy huquqbuzarlikni sodir 
etganligi uchun fuqarolar va mansabdor shaxslar javobgarligining 
shakllaridan biri. 
Moliya 
– davlatning funksiyalari va vazifalarini bajarish 
hamda kengaytirilgan takror ishlab chiqarish uchun sharoitlarni 


743 
yaratish maqsadida markazlashtirilgan va markazlashtirilmagan 
pul mablag’lari fondlarini shakllantirish, taqsimlash va ulardan 
foydalanish jarayonida vujudga keladigan iqtisodiy munosabatlar 
tizimi. 
Moliya yili 

birinchi yanvardan o’ttiz birinchi dekabr kuni 
oxirigacha bo’lgan vaqtni o’z ichiga oluvchi davr. 
Moliyaviy tizim 
– davlat va korxonalar pul mablag’lari 
fondlarini shakllantirish, taqsimlash va foydalanish shakllari va 
metodlari tizimi. 
Moliyaning funksiyalari 
– moliya mohiyatining amalda 
namoyon bo’lishi. Uning taqsimlash va nazorat funktsilari mavjud. 
Moliyaviy resurslar 
– davlat va korxonalar pul mablag’lari 
maqsadli fondlarining majmui. Ular o’sishining asosiy sharti milliy 
daromadning ko’payishidir. Mamlakatning moliyaviy resurslari 
Iqtisodiyot vazirligi tomonidan tuziladigan yig’ma moliyaviy 
balansda o’z ifodasini topadi. U o’z ichiga davlat byudjet tizimi, 
hukumatning nobyudjet fondlari va turli mulkchilik shaklidagi 
korxonalarning (amortizatsiya va ularning ixtiyoriga qoladigan 
foyda summasi) resurslarini qamrab oladi. 
Moliyaviy apparat 
– moliyaviy boshqaruvni amalga 
oshiruvchi organlar. O‘zbekistonda ularning tarkibiga O‘zbekiston 
Respublikasining Oliy majlisi va uning ikki (Senat va Qonunchilik) 
palatalari, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat soliq 
qo’mitasi, Davlat bojxona qo’mitasi va ularning joylardagi quyi 
organlari, turli mulkchilik shakllaridagi korxonalarda moliyani 
operativ boshqarish funksiyasini amalga oshiruvchi moliyaviy 
bo’limlar va boshqarmalar va h.k.lar kiradi. 

Yüklə 3,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   288   289   290   291   292   293   294   295   ...   323




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin