T. Malikov O. Olimjonov moliya



Yüklə 3,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə295/323
tarix30.09.2023
ölçüsü3,97 Mb.
#150845
1   ...   291   292   293   294   295   296   297   298   ...   323
Мoliya. Darslik. T.Malikov, O.Olimjonov. Toshkent-2019

Mulkiy soliqqa tortish 
– soliq to’lovchining mulkidan, ko’p 
hollarda uning kapitalidan olinadigan soliqlar tizimi. Odatda, 
progressiv xarakterga ega 
– mulkning o’lchami (hajmi, miqdori) 
oshishiga qarab soliqning stavkasi ham ortadi. 
Mulk solig’i (mulkiy soliq) 
– o’z tarkibiga ko’chmas mulk 
(er, binolar) solig’ini va shaxsiy mulk(asbob-uskunalar, zahiralar) 
solig’ini oladi. Mahalliy hokimiyat organlari foydasiga hisoblanib, 
ko’pgina mamlakatlarda ular daromadlarining asosiy manbai 
hisoblanadi. Bizning mamlakatimizda bu soliq yuridik shaxslarning 
mol-mulkiga va jismoniy shaxslarning mol-mulkiga solinadigan 
soliqlarga 
bo’lingan. 

 
Nafaqa 
– 
vaqtinchalik mehnat qobiliyatini yuqotganda, 
homiladorlik va tug’ishda, bola tug’ilganda, bola parvarishi 
bo’yicha va shunga o’xshash boshqa holatlarda mamlakat 
fuqarolariga beriladigan doimiy ravishdagi yoki bir martalik pul 
to’lanmasi. 
Nodavlat 
moliyaviy 
nazorati 
– xo’jalik yurituvchi 
sub’yektlarning moliyaviy ahvoli va likvidliligi, moliyaviy 
his
obotlarining ishonchliligi, foydaliligi va to’lovga layoqatliligi 
ustidan auditorlik firmalari, korxona va tashkilotlarning rahbariyati 
va moliyaviy xizmatlari, aktsionerlari, tijorat banklari, sug’urta 
firmalari tomonidan amalga oshiriladigan nazorat. 



746 
Obligatsiya 
– foiz shaklida daromad keltiruvchi qimmatli 
qog’oz. Davlat organlari tomonidan byudjet defitsitini qoplash 
uchun va aktsionerlik jamiyatlari tomonidan kapitalni jalb qilish 
maqsadida chiqariladi. Aktsiyadan farqli o’laroq obligatsiyada uni 
qaytarish (uzish) muddati ko’rsatiladi. 
Oborot solig’i 
- ishlab chiqarishning yakuniy bosqichida 
xalq iste’moli uchun ishlab chiqarilgan mahsulotlarning qiymatidan 
olinadigan soliq turi. Asosan, uch xil metod bo’yicha aniqlanadi: 1) 
chakan
a baho (savdo va ta’minot ustamalari chegirilgan) va 
korxona ulgurji bahosi o’rtasidagi farq; 2) chakana baholardagi 
(savdo ustamalari chegirilgan) tovar oborotga nisbatan foizda; 3) 
mahsulot birligiga nisbatan absolyut pul summalarida. Barcha 
mahsulotlardan olinmasdan, balki texnologik zanjirning oxiridagi 
mahsulotdan olinadi (masalan, cho’yan rudasidan emas, balki 
muzlatgich, avtomobildan olinadi). Hozirgi paytda Buyuk 
Britaniya, Fransiya, Germaniya, Rossiya, O‘zbekiston kabi 
mamlakatlarda bu soliqdan qo
’shilgan qiymat solig’iga o’tilgan 
bo’lsa, AQShda uning o’rniga sotuvdan olinadigan soliq joriy 
etilgan. 

Yüklə 3,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   291   292   293   294   295   296   297   298   ...   323




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin