747
qiladigan davr), savdo amalga oshiriladigan mahsulotlar guruhi va
savdo qilish joyi o’z aksini topgan bo’lishi lozim.
Parij klubi
– dunyoning asosiy (bosh) kreditor-davlatlari
guruhi. Agar biror-
bir qarzdor mamlakat o’z to’lov balansini
balanslashtirishda qiyinchilikka duch kelib, XVF yordamida o’z
iqtisodiyotini sog’lomlashtirish dasturini amalga oshirishga
kirishsa,
Parij
klubi
qarzdor
mamlakatning
moliyaviy
muammolarini hal etishda o’z hissasini qo’shadi. Buning uchun
hamkorlikda o’sha mamlakat bilan (birgalikda) bitim ishlab
chiqiladi. Unga ko’ra, uning tashqi qarzlarini qaytarish muddatlari
uzaytiriladi. Masalan, Rossiya Parij klubi davlatlariga qarzining
hajmi 40 mlrd. AQSh dollariga teng bo’lgan bir paytda, 1996 yil
aprelining oxirida Parijda Rossiyaning Parij klubi kreditorlariga
bo’lgan qarzini uzoq muddatli restrukturizatsiya qilish to’g’risida
bitim imzolandi. Unga muvofiq ravishda Rossiya tomonidan
qarzning qaytarilishi 2002 yildan boshlanishi va 2020 yilga kelib
tugashi kerak. Bu narsa iqtisodiy krizisdan chiqqandan,
iqtisodiyotda real o’sish sodir bo’lgandan so’ng Rossiyaga Parij
klubi kreditorlarining tashqi qarzlarini qaytarishga kirishishga
imkon beradi.
Penya
– fuqarolik huquqida jazo choralari (jarima)ning
ko’rinishlaridan biri, qonun yoki shartnomaga muvofiq to’lovlar
muddatini buzganlik uchun undiriladigan moliyaviy jazoning
shakli. Uning miqdori qonunga
ko’ra to’lovning har bir
kechiktirilgan kuni uchun to’lanishi lozim bo’lgan summaga
nisbatan foizda belgilanadi. Korxona tomonidan to’langan penya
summasi noishlab chiqarish xarajatlarining tarkibiga kiritiladi.
Pensiya
– qarilik, nogironlik, xizmat qilgan yillari uchun va
boquvchisini yuqotganda fuqarolarni moddiy jihatdan ta’minlash
uchun pul summalarining kafolatlangan har oylik to’lovi. Uning
quyidagi turlari bo’lishi mumkin: qarilik pensiyasi; nogironlik
pensiyasi, xizmat qilgan yillari uchun pensiya; boquvchisini
yuqotganligi uchun pensiya; sotsial pensiya.
Dostları ilə paylaş: