755
o’rta muddatli (besh yilgacha) va uzoq muddatli (besh yildan ortiq)
kabi turlarga bo’linishi mumkin. Xilma-xil davriy gorizontlarga
(ufqlarga) ega bo’lgan istiqbolni belgilashning (bashoratlashning)
mazmuni istiqboli belgilanayotgan jarayonlarning tabiati bilan
belgilanadi: qanchalik barqarorlik bo’lsa,
bashoratlash gorizonti
(ufqi) shunchalik keng bo’ladi. Bashoratlash hisob-kitob
qilinayotganda o’tgan davrlarda soliqlarning qanchalik tushib
turganligini xarakterlaydigan haqiqatdagi
dinamik qatorlar ham
hisobga olinishi kerak.
Soliq elementlari
– davlatning qonun aktlari asosida
aniqlangan soliqlarning tuzilishi (qurilishi)
printsiplari va ularni
undirishni tashkil qilish, soliqlarning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyatini
o’zida aks ettiradi. Soliqlarning elementlari
tarkibiga quyidagilar
kiradi: 1) soliq sub’yekti (soliq to’lovchi); 2) soliqni o’zida tashuvchi
(namoyon etuvchi); 3) soliq ob’yekti; 4) soliq manbai; 5) soliqqa
tortish birligi; 6) soliq stavkas
i (soliqqa tortish normasi, me’yori); 7)
soliq
imtiyozlari; 8) soliq okladi. Soliq qonunchiligi nuqtai-
nazaridan yuqorida sanab o’tilganlardan tashqari soliqning muhim
elementlari qatoriga yana quyidagilarni kiritish mumkin: 1) soliq
masshtabi; 2) soliqqa tortish bazasini (asosini, negizini)
hisobga
olish usuli; 3) soliq davri; 4) soliqni hisoblash tartibi; 5)
hisobot
davri; 6) soliqni to’lash muddatlari; 7) soliqni to’lash usuli va
tartibi.
Dostları ilə paylaş: