754
belgilangan muddatlarda taqdim etiladigan va soliq organi
ixtiyoriga kelib tushadigan bank hujjatlari, buxgalteriya hisobotlari
va hisob-kitoblari asosida (kameral tekshiruv) amalga oshirilishi
mumkin. Korxonalar ustidan doimiy nazoratga soliq organlarida
har bir soliq turi va boshqa majburiy to’lovlarni hisoblash va kelib
tushish ustidan operativ buxgalteriya hisobini joriy etish orqali
erishiladi.
Soliq krediti
– mintaqaviy soliq organi tomonidan korxonaga
beriladigan va tegishli shartnoma bilan rasmiylashtiriladigan
kredit. Odatda investitsiyalar va innovatsion xarajatlarni amalga
oshirish uchun qaytaruvchanlik va haqlilik asosida beriladi.
Qarang: Investitsion soliq krediti
.
Soliq
to’xtatuvchanligi
(to’sqinchiligi)
–
soliq
progressiyasining noproportsionalligi bilan xarakterlanadigan
soliqqa tortish tizimi. Ma’lum darajadan yuqoridagi daromadlarga
yanada yuqoriroq (ko’proq) soliq o’rnatiladi. Buning natijasida
yuqori daromadga ega bo’lish foydasiz bo’lganligi uchun tijoriy
faoliyat susayadi (pasayadi).
Soliq to’lovchilar
– qonun hujjatlariga ko’ra soliq to’lash
majburiyati yuklangan jismoniy va yuridik shaxslar hamda
to’lovchilarning boshqa toifalari.
Soliq davri
- soliq bazasining (negizining, asosining)
shakllanish jarayoni tugaydigan muddat. Bu muddatda soliq
majburiyatining yakuniy hajmi (miqdori) aniqlanadi. Qonun
tomonidan belgilangan soliqqa tortish davri davomida bir ob’ekt
soliqning bir turi bo’yicha bir marta soliqqa tortilishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: