T. Malikov O. Olimjonov moliya



Yüklə 3,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə305/323
tarix30.09.2023
ölçüsü3,97 Mb.
#150845
1   ...   301   302   303   304   305   306   307   308   ...   323
Мoliya. Darslik. T.Malikov, O.Olimjonov. Toshkent-2019

Soliq kvotasi 
– soliqqa tortishning ma’lum birligidan 
olinadigan 
soliqning miqdori, hajmi, o’lchami. 
Soliqqa tortish 
– qonuniy ravishda o’rnatilgan soliq undirish 
(olish) tartibi. Iqtisodiyotni tartibga solish soliqqa tortishning asosiy 
funksiyasidir. Soliq siyosatining richaglari yordamida davlat 
xo’jalik kon’yunkturasining xolatiga ta’sir ko’rsatadi va iqtisodiy 
o’sishni rag’batlantiradi. Soliqqa tortishning boshqa bir funksiyasi 
pul mablag’larini qayta taqsimlashdir. Soliqqa tortishning bir- 
biridan farq qiluvchi digressiv, progressiv, proportsional va 
regressiv turlari mavjud. 
Soliqqa tortish manbai 

soliqlarni to’lash uchun 
foydalaniladigan rezerv, odatda, soliq to’lovchining daromadi va 
kapitali. Eng umumiy shaklda soliqqa tortish manbai bo’lib soliqqa 
tortish ob’yektidan qat’iy nazar ijtimoiy takror ishlab chiqarish 
asosiy qatnashchilarining va davlatning birlamchi pul 


756 
daromadlarini shakllantiruvchi yalpi ijtimoiy (ichki) mahsulot 
hisoblanadi. 
Soliqqa tortish normasi 
– soliqqa tortiladigan qiymatning 
haqiqiy qiymatga nisbati. 
Soliqqa tortish ob’ektlari 
qonunga muvofiq foyda 
(daromad), ma’lum bir mahsulotlar qiymati, yuridik va jismoniy 
shaxslarning mulki, mol-mulkni berish (meros, hadya etish), 
qimmatbaho qog’ozlar bo’yicha operatsiyalar, faoliyatning ayrim 
turlari va boshqal
ardan iborat. Soliqqa tortishning bir ob’yekti bir 
turdagi soliq bilan belgilangan muddatda (oy, chorak, yarim yil, yil) 
bir marta soliqqa tortilishi mumkin. 
Soliqqa tortish printsiplari (tamoyillari) 
– soliq siyosatini 
amalga oshirishni belgilab beradigan 
va soliqlar bo’yicha byudjet 
topshiriqlarini tuzish orqali realizatsiya qilinadigan mustahkam 
o’rnashib qolgan qoidalar yig’indisi. Ularning eng muhimlari 
qatoriga quyidagilar kiradi: 1) adolatlilik. Bu printsip fuqarolar 
o’rtasida ularning daromadlariga mos ravishda soliqlarning bir 
tekis taqsimlanishini va soliqqa tortishning hammaga (eng 
umumiyligini) tegishli ekanligini taqoza etadi; 2) aniqlilik. Bu 
printsip soliqning summasi, uni hisoblash tartibi (uslubi) va to’lov 
vaqti soliq to’lovchiga oldindan aniq ma’lum bo’lishi kerakligini 
talab qiladi; 3) qulaylilik. Bu printsip soliq to’lovchilar uchun 
soliqning olinish uslubi (tartibi) va vaqti eng qulay bo’lishi 
kerakligini anglatadi; 4) iqtisod qilish, tejab tergash. Bu 
printsipning mazmuni soliqqa tortish tizimini oqilonalashtirish va 
soliqlarni undirish xarajatlarini kamaytirishdan iboratdir. Vaqt 
o’tishi bilan soliqqa tortishning bu printsiplari qatoriga soliqlarning 
harakatchanligi va etarliligini ta’minlash (davlatning ob’yektiv 
ehtiyojlari va imkoniyatlariga muvofiq soliq oshirilishi yoki 
qisqartirilishi (kamaytirilishi) mumkin), soliqqa tortishning zaruriy 
manbasi va ob’yektini tanlash, soliqqa tortishning bir martaliligi 
kabi printsiplar ham qo’shildi. 

Yüklə 3,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   301   302   303   304   305   306   307   308   ...   323




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin