757
rag’batlantirish va soliqqa tortish bazasini kengaytirish kerakmi?
Bularning qaysi biri afzal? Qaysi biri maqsadga muvofiq? va h.k.
Soliqlar klassifikatsiyasi
– soliqlarning undirilish uslubi,
qo’llaniladigan
stavkalarning xarakteri, soliq imtiyozlari,
soliqqa
tortish manbai va ob’yekti kabi belgilar bo’yicha guruhlarga
ajratilishi (bo’linishi). Belgilanish uslubiga ko’ra soliqlar to’g’ri
(bevosita) va egri (bilvosita)
soliqlar
ga bo’linadi. Daromad solig’i,
foyda solig’i, resurs to’lovlari va mol-mulk solig’i kabilar to’g’ri
(bevosita) soliqlardir. Egri (bilvosita) soliqlar xo’jalik aktlari va
aylanmalari,
moliyaviy
operatsiyalarni
amalga
oshirishdan
vujudga keladi. Qo’shilgan qiymat solig’i, boj to’lovlari, aktsizlar,
qimmatbaho qog’ozlar bo’yicha operatsiyalardan
olinadigan soliq
va boshqalar ana shular jumlasidandir. Soliqqa tortish manbalari
bo’yicha ham soliqlar guruhlanadi: ishlab chiqarish xarajatlarining
(tannarx)ning
tarkibiga kiruvchi, foyda (daromad)dan olinuvchi va
boshqa soliqlar. Soliqqa tortish ob’ektlari bo’yicha
soliqlar
klassifikatsiya qilinganda ular quyidagi guruhlarga bo’linadi: mulk
soliqlari, resurs soliqlari (yer solig’i ham shu guruhga kiradi),
daromad yok
i foyda solig’i, harakat soliqlari (xo’jalik aktlari,
moliyaviy operatsiyalar, realizatsiya bo’yicha aylanmalar, ba’zi bir
qolgan soliqlar va bir martalik yig’imlardan iborat bo’lgan soliqlar.
Dostları ilə paylaş: