T. Malikov O. Olimjonov moliya



Yüklə 3,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə301/323
tarix30.09.2023
ölçüsü3,97 Mb.
#150845
1   ...   297   298   299   300   301   302   303   304   ...   323
Мoliya. Darslik. T.Malikov, O.Olimjonov. Toshkent-2019

Soliq stavkasi 
– soliqqa tortish birligiga to’g’ri keluvchi 
soliqning hajmi (miqdori, darajasi). Qat’iy soliq stavkalari 
daromadlarga bog’liq bo’lmagan holda soliqqa tortish birligiga 
nisbatan absolyut summalarda o’rnatiladi. Proportsional stavkalar 
daromadning hajmiga (
miqdoriga) bog’liq bo’lmagan holda unga 
nisbatan bir xil foizlarda belgilanadi. Progressiv soliq stavkalari 
soliqqa tortiladigan daromad hajmining ortishi bilan oshib boradi. 
Regressiv soliq stavkalari esa, aksincha, daromadning ortib 
borishi bilan pasayadi. 


752 
Soliq tizimi 

mamlakat doirasida (hududida) to’lovchilardan 
(yuridik va jismoniy shaxslardan) belgilangan tartibda olinadigan 
soliqlar, yig’imlar va boshqa to’lovlar hamda ular tarkibiy 
tuzilishining shakl va uslublari yig’indisi. 
Soliq yurisdiktsiyasi 
- davlat soliq organlarining huquqiy 
masalalarni va soliq huquqbuzarligi to’g’risidagi ishlarni hal qilish 
bo’yicha qonunga binoan (yoki boshqa me’yoriy hujjatga ko’ra) 
belgilangan vakolatlari yig’indisi. Bu vakolatlar ikki me’zon 
bo’yicha aniqlanadi: 1)rezidentlik; 2) hududiylik. Bular, o’z 
navbatida soliqqa tortiladigan daromadlarning tarkibini aniqlab 
beradi. Barcha mamlakatlarda bu me’zonlarni qo’llashda 
yagonalik bo’lmaganligi uchun ikki marta soliqqa tortish 
muammosi vujudga keladi. 
Me’zonlarni tanlash har bir 
mamlakatning milliy manfaatlari bilan bog’liqdir. Ayrim 
mamlakatlar amaliyotida bu me’zonlarni turli variantlarda 
kombinatsiya qilib qo’llash keng tarqalgan. Masalan, AQSh va 
Buyuk Britaniyada asos sifatida rezidentlik me’zoni olinsa-da, u 
mamlakatlarning aniq manfaatlariga bog’liq ravishda hududiylik 
mezoni bilan to’ldirilgan. Lotin Amerikasi mamlakatlarida esa 
soliq yurisdiktsiyasi ustuvorlik bilan hududiylik me’zonini qo’llash 
orqali amalga oshiriladi. Bu tartib Fransiya, Shveytsariya va 
boshqa mamlakatlarning soliq amaliyotida ham muhim ahamiyat 
kasb etgan. 

Yüklə 3,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   297   298   299   300   301   302   303   304   ...   323




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin