T. Malikov O. Olimjonov moliya


Respublika byudjeti defitsitini moliyalashtirish



Yüklə 3,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə299/323
tarix30.09.2023
ölçüsü3,97 Mb.
#150845
1   ...   295   296   297   298   299   300   301   302   ...   323
Мoliya. Darslik. T.Malikov, O.Olimjonov. Toshkent-2019

Respublika byudjeti defitsitini moliyalashtirish 
– davlat 
tomonidan xorijdan va ichki mablag’ni jalb qilish, respublika 
byudjeti mablag’larining moliya yili boshlanishidagi qoldiqlari va 
qonunlarga muvofiq boshqa manbalar hisobidan amalga 
oshiriladi. 
Real soliq 
– soliq to’lovchining ayrim mulklarini soliqqa 
tortadigan to’g’ri soliqlardan iborat. 
Regressiv soliq 
– soliqqa tortiladigan daromadning oshishi 
bilan soliq stavkasining pasayishi xarakterlidir. Bunday soliqlar 
toifasiga, xususan, egri (bilvosita) soliqlarni kiritish mumkin. 
Regressiv soliqlarning yuki (og’irligi) boylarga nisbatan kambag’al 
qatlamlar uchun og’irroq deb sanaladi. Masalan, qo’shilgan 
qiymat solig’ini to’lash uchun kambag’allar boylarga nisbatan o’z 
daromadlarining 
ko’proq 
qismini 
(hissasini) 
sarflaydilar. 
Proportsional soliq ham regressiv bo’lishi mumkin. 


750 
Regressiv soliqqa tortish 
– soliq asosi (bazasi)ning o’sib 
borishi bilan soliq stavkasining pasayishini taqoza etadi. Soliq 
undirish og’irligi daromadga teskari prorportsionaldir: daromad 
qancha kam bo’lsa, soliq to’lovchi uchun soliqning og’irligi 
shuncha og’irdir. Hozirgi paytda qo’shilgan qiymat solig’ining joriy 
etilishi bilan egri (bilvosita) soliqlarning regressivligi kuchayib 
bormoqda. 
Rezidentlar 
– kalendar yilida mamlakatda 183 kundan kam 
bo’lmagan muddatda yashagan, O‘zbekistonda doimiy yashash 
joyiga ega bo’lgan va bo’lmagan soliq to’lovchilardan iborat. Shu 
mamlakatning rezidentlarining daromadlari (shu mamlakat 
hududida va undan tashqarida olinganlari ham) shu mamlakatda 
soliqqa tortilishi shart. 

 
Soliqlar 
– qonunda belgilangan tartibdagi stavka bo’yicha 
xo’jalik yurituvchi sub’yektlardan va fuqarolardan davlat 
tomonidan davlat yoki mahalliy byudjetga olinadigan majburiy 
to’lovlar. Soliq, yig’im, boj va boshqa to’lovlar deyilganda qonuniy 
aktlar asosida belgilangan tartibda va shartlarda to’lovchilar 
tomonidan tegishli darajadagi byudjetlarga yoki byudjetdan 
tashqari fondlarga majburiy badallarning to’lanishi tushuniladi. 
Belgilangan tartibda 
olinadigan soliqlar, yig’imlar, bojlar va 
boshqa to’lovlarning yig’indisi soliq tizimini tashkil etadi. 

Yüklə 3,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   295   296   297   298   299   300   301   302   ...   323




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin