Davlat bojxona qo’mitasi va ularning joylardagi organlari tomonidan
amalga oshiriladi. Shuningdek, bu jarayonda
Moliya vazirligining
muhim tarkibiy tuzilmalaridan biri
bo’lgan Davlat G’aznachilik tizimi va
uning quyi organlari alohida rolni
o’ynaydi
101
.
Davlat g’aznachilik tizimi davlat byudjeti ijrosi bo’yicha
quyidagilarni amalga oshiradi:
davlat byudjeti daromadlarining tushishini qayd etish;
davlat byudjeti majburiyatlarini, ya’ni
davlat byud-jeti
to’g’risidagi qonunga muvofiq ravishda vujudga keladigan ma’lum
muddat davomida xarajatlarni sarflash majburiyatini qabul qilish
muddatlari va hajmlarini tartibga solish;
ajratilgan davlat byudjeti majburiyatlari limiti doirasida
xarajatlarni amalga oshirish huquqiga
ruxsat yozuvlarini sodir etish;
byudjetdan mablag’ oluvchilar nomidan to’lovlarni amalga
oshirish;
va boshqa funksiyalar.
Davlat byudjeti tizimi byudjetlarining ijrosi moliya yili
mobaynida va qo’shimcha vaqt davrida amalga oshiriladi. Keyingi
yilning yanvar oyi moliya yiliga qo’shimcha vaqt davri bo’lib, bu davr
mobaynida o’tgan yil uchun davlat byudjeti
tizimi byudjetlarining
ijrosi amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
davlat byudjeti tizimi byudjetlarining qo’shimcha vaqt davridagi ijrosi
bo’yicha operatsiyalarni o’tkazish tartibini va oxirgi muddatlarini
belgilaydi.
O‘zbekiston Respublikasida davlat byudjetining ijrosi
g’aznachilik ijrosi asosida amalga oshiriladi.
Dostları ilə paylaş: