T. Malikov O. Olimjonov moliya


Davlatning byudjetdan tashqari jamg’armalarining moliyaviy



Yüklə 3,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə185/323
tarix30.09.2023
ölçüsü3,97 Mb.
#150845
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   323
Мoliya. Darslik. T.Malikov, O.Olimjonov. Toshkent-2019

Davlatning byudjetdan tashqari jamg’armalarining moliyaviy 
munosabatlari. 
Alohida mamlakatlarda Davlat byudjetidan tashqari 
Davlat jamg’armalarining mavjudligi fond ichida, fondlararo va moliya 
tizimining boshqa bo’g’inlari o’rtasida ko’p qirrali moliyaviy 
munosabatlarni amalga oshirishni taqozo etadi. Amaliyotdagi 
bunday moliyaviy munosabatlar bir tomonlama, ikki tomonlama va 
ko’p tomonlama bo’lishi mumkin. 
Bir 
tomonlama 
moliyaviy 
munosabatlar. 
Bunday 
munosabatlar, odatda, 
jamg’armaning daromadlarini shakllantirishda 
yoki uning 
xarajatlarini amalga oshirishda namoyon bo’ladi. Masalan, 
ko’pchilik mamlakatlarda valyuta fondining tashkil etish manbai 
markazlashtirilgan byudjet mablag’laridan qaytarib berilmaydigan 
subsidiya shaklidagi resurslar hisoblanadi. Bir tomonlama moliyaviy 
aloqalar fond daromadining bir qismini moliya tizimining boshqa 
bo’g’iniga dotatsiya yoki subsidiya sifatida o’tkazganda ham vujudga 
keladi. Masalan, AQShda tashkil etilgan Yo’l jamg’armasi maxsus 
soliqlar hisobiga tashkil etiladi, ammo daromadlar xarajatlardan ortiq 
bo’lgan davrlarda Federal byudjetga zayom shaklida taqdim etiladi. 
Ikki 
tomonlama 
moliyaviy 
munosabatlar. 
Bunday 
munosabatlar amaliyotda moliyaviy resurslarning oqimi fondlararo 
va moliya t
izimining boshqa bo’g’inlari o’rtasida sodir bo’ladi. 
Masalan, Pensiya 
jamg’armasi nafaqat maxsus ajratmalar hisobiga 


tashkil etiladi, balki hozirgi davrda respublika byudjetidan olinayotgan 
subsidiya (transfertlar) hisobidan ham qisman shakllanadi. Bir 
vaqtning 
o’zida, agar fond daromadida aktiv saldo vujudga kelsa, u 
ortiqcha moliyaviy resurslar hisobiga qisqa muddatli davlat g’aznachilik 
qimmatli qog’ozlarini xarid qilib, byudjet defitsitini kamaytirishi yoxud 
Davlat byudjetga kreditor sifatida ham namoyon 
bo’lishi mumkin. 

Yüklə 3,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   181   182   183   184   185   186   187   188   ...   323




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin