21.2. Pensiya j
amg’armasi
Umumdavlat moliyasi tarkibidagi bo’g’inlar ichida davlat
byudjetidan keyin hajmi va
iste’molchilarni qamrab olish ko’lami
hamda
ijtimoiy ahamiyati bo’yicha ikkinchi o’rinda turadigan
markazlashgan jamg’armalardan biri bu byudjetdan tashqari
Pen
siya jamg’armasi hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasida
byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasiga dastlab O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1996 yil 27 dekabrdagi
“O‘zbekiston Respub-likasi ijtimoiy ta’minot vazirligi huzurida Pensiya
jamg’armasini tashkil etish to’g’risida”gi 459-sonli qaroriga muvofiq
asos solingan. Har bir yangi tashkil etilgan markazlashgan
jamg’arma oldiga muayyan maqsad qo’yilgani bois, ushbu
jamg’arma oldiga ham zarur maqsad qo’yildi. Jumladan, Byudjetdan
tashqari Pens
iya jamg’armasining bosh maqsadi – davlat tomonidan
kafolatlangan pensiya
ta’minoti tizimida boshqaruv tuzilmasini
takomillash-tirish,
daromadlarga mo’ljallangan majburiy badal, yig’im
va ajratmalarni
to’liq yig’ilishini ta’minlash, shuningdek, aholini kuchli
ijtimoiy himoya qilish uchun moliyalashtirish chora-
tadbirlarini o’z
vaqtida va to’liqligicha ta’minlashga erishish hisoblanadi
2019 yil 1 yanvar holatiga binoan, O‘zbekiston Respublikasida
pensionerlar soni
– 3485869 nafarni tashkil etdi. Shundan: 2618503
nafar yoshga doir pensionerlar; nogiron pensionerlar 370626 nafar
va boquvchisini yo’qotgan pensionerlar 173922 nafarni tashkil
etmoqda. Ushbularni ijtimoiy himoya qilish va manzilli yordam berish,
o’z navbatida, Byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasini tashkil
etishga asos bo’ladi.
Byudjetdan
tashqari
Pensiya
jamg’armasining
asosiy
vazifalaridan biri O‘zbekiston Respublikasining 1993 yil 3
sentyabrda qabul qilingan “Fuqarolarni davlat pensiya ta’minoti
to’g’risida”gi qonunini hayotga tatbiq etishga qaratilgan. Qayd
etilgan qonunning 2-
moddasida quyidagi ko’rinishdagi davlat
pensiyalari zikr etilgan:
– yoshga qarab;
– nogironligi bo’yicha;
– boquvchisini yo’qotganligiga ko’ra.
1995 yil 20 noyabrda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
1289
–sonli Farmoni e’lon qilindi. Mazkur Farmonda 1996 yil 1
yanvardan boshlab, ishlayotgan, xizmat ko’rsatayotgan va ish
bajarayotgan
pensionerlar
uchun
mo’ljallangan,
belgilangan
pensiyaning 50%
to’lanishi nazarda tutilgan. Shuni alohida qayd
etish joizki, ushbu tartib 2019 moliya yilidan boshlab bekor qilindi.
Endilikda, ikkinchi jahon urushi qatnashchilari yoxud shularga
tenglashtirilganlar, 1-2-guruh nogironlari, Chernobil halokatini
bartaraf etishda ishtirok etgan, shuningdek hukumat qarorlariga
ko’ra alohida kasb egalari bo’lgan (masalan, shifokor-pensionerlar,
mudofaa, ichki ishlar, favquloddagi vaziyatlar, milliy gvardiya, milliy
xavfsizlik, bojxona tizimidagi pensionerlar, umumta’lim muassasalari
va maktabgacha tarbiya muassasalarida faoliyat olib borayotgan
pensionerlar,
mahalla
oqsoqoli
va
boshqalar)
ishlayotgan
pensionerlar kabi ishlayotgan barcha pensionerlar to’liq 100%
miqdorda olinishi belgilandi
102
.
O‘zbekiston Prezidenti huzuridagi Vazirlar Mahkamasining
1991 yil 14 yanvardagi 9-son qaroriga asosan Pensiya fondining
O‘zbekiston jumhuriyat bo’limi tashkil etilgan. Ijtimoiy ta’minot
tizimida davlat kafolatlarini amalga oshirish hamda ijtimoiy sug’urta
mablag’larining to’g’ri va samarali sarflanishi ustidan nazoratni
kuchaytirish
maqsadida
O‘zbekiston
Respublikasi
Vazirlar
Mahkamasi va O‘zbekiston kasaba uyushmalari federatsiyasi
Kengashining 1993 yil 4 avgustdagi 391-son qaroriga muvofiq,
sobiq SSSR Pensiya fondining O‘zbekiston Respublika bo’limi
102
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Fuqarolarning pensiya
ta’minoti tizimi samaradorligini oshirish va pensionerlarni ijtimoiy qo’llab-
quvvatlashni kuchaytirishga oid qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida” gi
” 2018 yil 12 dekabrda qabul qilingan PF-5597-son Farmoni.
negizida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ijtimoiy sug’urta
jamg’armasi tashkil etilgan. Unga O‘zbekiston kasaba uyushmalari
federatsiyasi Kengashi tizimidan vaqtincha mehnatga qobiliyatsizlik,
homiladorlik
va tug’ish bo’yicha, farzand tug’ilganda, dafn etishga
beriladigan nafaqalarni to’lashga yo’naltiriladigan davlat ijtimoiy
sug’urta mablag’lari berilgan. Aholini ijtimoiy muhofaza qilish tizimini
yanada takomillashtirish, pensiya ta’minoti uchun majburiy
badallarning to’liq kelib tushishi xamda davlat ijtimoiy sug’urtasi
bo’yicha pensiya va nafaqalarni to’lashga xarajatlarni o’z vaqtida
moliyaviy ta’minlash uchun ijtimoiy ta’minot organlarining
mas’uliyatini oshirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining 1996 yil 27 dekabrdagi 459-son qaroriga asosan
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Ijtimoiy
sug’urta jamg’armasi negizida O‘zbekiston Respublikasi Ijtimoiy
ta’minot vazirligi huzurida Qoraqalpog’iston Respublikasi Ijtimoiy
ta’minot vazirligi va ijtimoiy ta’minot mahalliy organlari qoshida
tegishli xududiy bo’linmalari va bo’limlari bo’lgan Pensiya
jamg’armasi tashkil etilgan. Pensiya ta’minoti tizimidagi boshqaruv
tuzilmasini takomillashtirish davlat ijtimoiy sug’urtasi bo’yicha
majburiy badallar to’liq yig’ilishini ko’paytirish, amaldagi boshqaruv
tuzilmalarini qisqartirish hamda pensiyalar va nafaqalar to’lashga
yo’naltiriladigan mablag’lardan foydalanish samaradorligini oshirish
maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000
yil 15 noyabrdagi 444-son qaroriga muvofiq, 2001 yil 1 yanvardan
boshlab O‘zbekiston Respublikasi Ijtimoiy ta’minot vazirligi
huzuridagi Pensiya jamg’armasi O‘zbekiston Respublikasining
byudjetdan
tashqari
Pensiya
jamg’armasiga
aylantirilgan.
O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish
vazirligi (hozirgi O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat
munosabatlari vazirligi)ga pensiyalar, shuningdek ijtimoiy ta’minot
bo’limlari tomonidan to’lanadigan nafaqalarni o’z vaqtida hisoblash
va to’lash funksiyalari yuklatilgan. O‘zbekiston Respublikasi
Hukumatining 2004 yil 21 oktyabrdagi 490-son qaroriga asosan,
2005 yil 1 yanvardan boshlab O‘zbekiston Respublikasining
byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi O‘zbekiston Respublikasi
Moliya vazirligi huzuridagi Pensiya jamg’armasiga aylantirilgan.
“Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to’g’risida” gi O‘zbekiston
Respublikasi Qonuniga muvofiq hamda pensiya ta’minoti tizimining
tashkiliy tuzilmasini yanada takomillashtirish, pensiyalar va ijtimoiy
nafaqalarni byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasidan o’z vaqtida
moliyalashtirish hamda ularni to’liq hajmda to’lash, shuningdek,
respublika fuqarolarining pensiya ta’minotiga yo’naltiriladigan
mablag’lardan maqsadli foydalanilishi ustidan nazoratni kuchaytirish
maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 yil 30
dekabrdagi PF-4161-son Farmoniga muvofiq, 2010 yilning 1
yanvaridan boshlab pensiyalar, shuningdek, ijtimoiy nafaqalar,
kompensatsiya va boshqa t
o’lovlarni tayinlash, moliyalashtirish,
ularning to’lanishini hisobga olish va monitoringini yuritish
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan
tashqari Pensiya jamg’armasining tegishli hududiy bo’linmalari
tomonidan amalga oshirilishi belgilangan.
2005 moliya yili boshlangunga qadar, Byudjetdan tashqari
Pensiya jamg’armasi dastlab O‘zbekiston Respublikasi Ijtimoiy
ta’minot vazirligi, so’ngra vazirlik Mehnat vazirligi bilan
umumlashtirilganidan keyin O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va
aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi (hozirgi O‘zbekiston
Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi) tasarrufiga
o’tkazildi.
2004 yil 21 oktyabrda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining 490-
sonli “Byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi
boshqaruvini yanada takomillashtirish to’g’risida”gi Qarori e’lon
qilindi. Ushbu qarorga muvofiq Pensiya jamg’armasi 2005 yil 1
yanvardan boshlab, O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
huzuridagi Byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi maqomini oldi.
Shuningdek, ushbu qaror bilan Byudjetdan tashqari Pensiya jam-
g’armasini boshqaruv kengashi va uning tarkibi ham belgilandi.
Qayd etilgan qarorga muvofiq Moliya vazirligi huzuridagi
byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasini tezkor muvofiqlashtirib
turuvchi Ijroiya direktsiya tasdiqlangan.
Dostları ilə paylaş: |