T. Malikov O. Olimjonov moliya


  Bandlikka ko’maklashish davlat jamg’armasi



Yüklə 3,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə191/323
tarix30.09.2023
ölçüsü3,97 Mb.
#150845
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   323
Мoliya. Darslik. T.Malikov, O.Olimjonov. Toshkent-2019

21.3. 
Bandlikka ko’maklashish davlat jamg’armasi 
 
Bozor iqtisodiyoti asosida milliy iqtisodiyotini tashkil etayotgan 
barcha mamlakatlarda bandlik (ishsizlikni oldini olish)ni qo’llab- 
quvvatlash davlat jamg’armalari tashkil etiladi. Jamg’armaning 
hajmi, moliyalashtirish manbalari va xarajat 
yo’nalishlari har bir 
alohida davlatning olib borayotgan ijtimoiy-iqtisodiy siyosatidan kelib 
chiqadi. 
Byudjetdan 
tashqari 
bandlikni 
qo’llab-quvvatlash 
jamg’armasi maqsadli xususiyatga ega bo’lib, davlat tasarrufi va 
uning joylardagi vakolatini olgan organlarda tashkil etiladi. 
“O‘zbekiston Respublikasida Bandlikni qo’llab-quvvatlash davlat 
jamg’armasini tashkil etish to’g’risida”gi O‘zbekiston Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasining 606-sonli Qarori 1992 yil 31 dekabrda qabul 


qilindi. Ushbu Qaror 
jamg’arma daromadlarini shakllantirish, 
taqsimlash va foydalanishini muvofiqlashtirib turuvchi me’yoriy hujjat 
bo’lib hisoblandi. Davr o’tishi bilan va bozor iqtisodiyoti printsiplari va 
qonunlari milliy iqtisodiyotga bosqichma-bosqich joriy etishi 
jadall
ashishi bilan birga, bandlikni qo’llab-quvvatlash davlat 
jamg’armasiga ham mos ravishda ijobiy o’zgarishlar hamda 
qo’shimchalar kiritilib borildi. 
1998 yil 1 may kuni O‘zbekiston Respublikasining “Aholi bandligi 
to’g’risida”gi qonuni qabul qilindi. Mazkur qonunni qabul qilinishi va 
hayotga tatbiq etilishi Bandlikni qo’llab-quvvatlash jamg’armasining 
mavqeini yanada kuchaytirishga turtki bo’ldi. Chunki qonunning 6- 
moddasida mehnat qilish huquqi kafolati deb nomlanishining o’ziyoq 
jamg’armani yanada takomillashtirishga, resurslarini maqsadli 
ishlatilishiga zamin yaratdi. 
2003 yil 2 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasining “O‘zbekiston Respublikasi Bandlikni qo’llab- 
quvvatlash davlat jamg’armasi mablag’larini shakllantirish va 
foydalanish ta
rtibi to’g’risida”gi Nizomni tasdiqlash bo’yicha 173- 
sonli Qarori e’lon qilindi. Mazkur Qaror bevosita “Aholi bandligi 
to’g’risida” va “Byudjet tizimi to’g’risida”gi (hozirgi kunda ushbu 
Qonun O‘zbekiston Respublikasining “Byudjet kodeksi”ning qabul 
qilinishi munosabati bilan bekor qilingan) qonunlar negizida ishlab 
chiqildi. 
2016 yil 20 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasining “Mehnat organlari faoliyatini tashkil etishni 
takomillashtirish chora-
tadbirlari to’g’risida”gi 117-sonli Qarori qabul 
qilinib, unga ko’ra “O‘zbekiston Respublikasining Bandlikka 
ko’maklashish davlat jamg’armasi mablag’larini shakllantirish va 
ulardan foydalanish tartibi to’g’risida”gi Nizom qabul qilindi hamda 
unga muvofiq jamg’armaning mablag’larini shakllantirish va ulardan 
foydalanishning asosiy yo’nalishlari belgilanib olindi. 
2017 yil 24 may kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 
“O‘zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi 
faoliyatini tashkil etish chora-
tadbirlari to’g’risida” gi 3001-sonli 
Qarori qabul qilindi va unda O‘zbekiston Respublikasi Bandlikka 
ko’maklashish davlat jamg’armasi mablag’larini shakllantirish 
manbalari va mablag’larini sarflashning asosiy yo’nalishlari qayd 
etildi. 

Yüklə 3,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   323




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin