T. Malikov O. Olimjonov moliya


Byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi daromadlarining



Yüklə 3,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə189/323
tarix30.09.2023
ölçüsü3,97 Mb.
#150845
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   323
Мoliya. Darslik. T.Malikov, O.Olimjonov. Toshkent-2019

Byudjetdan tashqari Pensiya jamg’armasi daromadlarining 
shakllanish tartibi va manbalari
. Jamg’arma daromadlari quyidagi 
manbalar hisobiga shakllanadi
103

1. 
Majburiy to’lovlar va badallar: 

belgilangan miqdorlardagi 
yagona ijtimoiy to’lov tushumlari; 

alohida yuridik shaxslarning ijtimoiy sug’urta badallari; 

fuqarolarning sug’urta badallari (2019 yil 1-yanvardan 
boshlab bekor qilindi); 

jismoniy shaxslar ayrim toifalarining sug’urta badallari; 
103
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O‘zbekiston 
Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan tashqari Pensiya 


jamg’armasi to’g’risidagi nizomni tasdiqlash haqida” gi 2010 yil 19 
fevraldagi 30-son qarori 



majburiy ajratmalar (2019 yil 1-yanvardan boshlab bekor 
qilindi); 
2. Boshqa 
to’lovlar: 

boquvchisini yo’qotgan taqdirda, shuningdek mehnatda 
mayib bo’lganlik yoki xodim mehnat majburiyatlarini bajarishi bilan 
bog’liq kasb kasalligi oqibatidagi nogironlik tufayli tayinlangan 
pensiyalarni to’lashga xarajatlarni to’lash uchun regressiv talablar 
(da’volar) bo’yicha ish beruvchilar va fuqarolardan “Fuqarolarning 
davlat pensiya ta’minoti to’g’risida”gi O‘zbekiston Respublikasi 
Qonuniga 
muvofiq undiriladigan mablag’larning 85 foizi; 

“Fuqarolarning davlat pensiya 
ta’minoti to’g’risida”gi 
O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 14-moddasiga muvofiq 
muddatidan oldin tayinlangan yoshga doir pensiyalarni to’lash 
xarajatlarini qoplash uchun o’tkaziladigan O‘zbekiston Respublikasi 
Bandlikka ko’maklashish davlat jamg’armasi mablag’lari; 

“Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti to’g’risida”gi 
O‘zbekiston Respublikasi Qonunining 12-moddasiga muvofiq 
tayinlangan imtiyozli pensiy
alarni to’lash xarajatlarini qoplash 
hisobiga o’tkaziladigan yuridik shaxslar mablag’lari; 

dehqon xo’jaliklari a’zolari tomonidan qonun hujjatlarida 
belgilangan tartibda to’lanadigan sug’urta badallari; 

hisoblangan jarimalar summasining bir qismi hamda majburiy 
to’lovlar, badallar va boshqa to’lovlar o’z vaqtida to’lanmaganligi 
uchun penyalar (qonun hujjatlariga muvofiq davlat soliq xizmati 
organlarini ijtimoiy rivojlantirish va moddiy-
texnik ta’minlash maxsus 
jamg’armasiga hamda Jamg’arma xodimlarini ijtimoiy rivojlantirish 
va 
moddiy 
rag’batlantirish 
jamg’armasiga 
undiriladigan 
summalardan tashqari); 

yuridik shaxs tugatilganda, qishloq xo’jaligi kooperativi 
(shirkati), fermer va dehqon xo’jaligi qayta tashkil etilganda yoki 
tugatilganda mehnat vazifalarini 
bajarish bilan bog’liq holda mayib 
bo’lgan, kasb kasalligiga chalingan yoki sog’lig’iga boshqacha 
shikast etkazilgan xodimga etkazilgan zararni qoplash uchun 
to’lanadigan summalar; 

qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar, shu 
jumladan O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablag’lari va 
ixtiyoriy badallar. 
Yuqorida ko’rsatilgan xarajatlarning ko’pchiligi bugungi kunda 
Pensiya jamg’armasi mablag’lari hisobidan qoplanmayapti, asosan 
davlat byudjeti mablag’lari hisobidan moliyalashtirilmoqda 



Yüklə 3,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   185   186   187   188   189   190   191   192   ...   323




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin