T. Malikov O. Olimjonov moliya


  Respublika yo’l jamg’armasi



Yüklə 3,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə197/323
tarix30.09.2023
ölçüsü3,97 Mb.
#150845
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   323
Мoliya. Darslik. T.Malikov, O.Olimjonov. Toshkent-2019

21.5. 
Respublika yo’l jamg’armasi 
 
(ushbu jamg’arma 2019 1 yanvardan boshlab O‘zbekiston 
Respublikasining Avtomobil yo’llari davlat Qumitasi tasarrufiga 
o’tkazildi va uning asosiy funksiyalarini bajarish maqsadidagi 
manzill
i dasturlarni kelishish va moliyalashtirish O‘zbekiston 
Respublikasi Moliya vazirligi funksiyasiga 
o’tkazildi) 


O‘zbekiston Respublikasi geografik joylashuviga muvofiq, okean va 
dengiz 
bandargohlariga to’g’ridan-to’g’ri chiqish uchun kamida ikkita 
mustaqil mamlakatning davlat chegarasini bosib o’tishi lozim. 
Bunday holat, o’z navbatida, dengiz transportini tashkil etish va 
undan foydalanishga imkoniyat bermaydi, albatta. Bu narsa bizda 
havo yo’li tarnsporti, temir yo’l tarnsporti, quvur transporti va eng 
asosiysi avtomobil yo’l transportini boshqa davlatlardagi (Rossiya 
Federatsiyasi, Ukraina, Yaponiya, Buyuk Britaniya, AQSh va bir 
qator Fors hamda Arab mamlakatlari)ga qaraganda jadal va tez 
rivojlantirishni ob’yektiv zarurat qilib qo’yadi. Ushbuni teran his etgan 
mamlakatimiz rahbariyati mustaqillikning ilk kunlaridan boshlab, 
umumiy 
foydalanishdagi avtomobil yo’llarni qurish, qayta ta’mirlash, 
rekonstruktsiya qilish chora-tadbirlariga katta ahamiyat berib 
kelmoqda. 
O‘zbekiston Respublikasining Markaziy Osiyo mintaqasida tranzit 
transport tashuvlari chorrahasida joylashuvi bevosita avtomobil 
yo’llarini muttasil yangilanishini va davr talabiga mos rivojlanishini 
talab etgan. 
Mamlakatimizda Respublika yo’l jamg’armasi O‘zbekiston 
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Qaroriga muvofiq 1993 yilda 
tashkil etilgan. Jamg’arma umumiy foydalaniladigan avtomobil 
yo’llarini saqlash, ta’mirlash, rekonstruktsiya qilish va qurish bilan 
bog’liq xarajatlarni moliyalashtirishga safarbar etilgan. 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2003 yil 21 
avgustdagi 361-
son Qarori bilan “O‘zbekiston Respublikasi Moliya 
vazirligi huzuridagi Respublika 
yo’l jamg’armasi to’g’risida”gi Nizom 
tasdiqla
ndi. Keyinchalik, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 
“O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil yo’llari davlat qo’mitasi va 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika 
yo’l jamg’armasi faoliyatlarini tashkil etish to’g’risida”gi 2017 yil 14 
fevraldagi PQ-2776-
sonli qaroriga ko’ra Respublika yo’l jamg’armasi 
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligidan O‘zbekiston Respublikasi 
Vazirlar Mahkamasining Hududlarni kompleks rivojlantirish va 
kommunal soha, transport, kapital qurilish, qurilish industriyasi 
masalalari kompleksiga bo’ysundirildi. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “2019 yilgi asosiy 
makroiqtisodiy ko’rsatkichlari prognozi va davlat byudjeti parametrlari 
hamda 2020-2021 yillarga 
byudjet mo’ljallari to’g’risida” gi 26 dekabr 
2018 yilda qabul qilingan PQ-4086 son 
Qaroriga ko’ra 2019 1 
yanvardan boshlab O‘zbekiston Respublikasining Avtomobil yo’llari 
davlat Qumitasi tasarrufiga o’tkazildi va uning asosiy funksiyalarini 


bajarish maqsadidagi manzilli dasturlarni kelishish va moliyalashtirish 
O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi funksiyasiga o’tkazildi. Yo’l 
xo’jaligi sohasidagi qurilish, rekonstruktsiya qilish, ta’mirlash va 
jihozlash bo’yicha manzilli dasturlarni moliyalashtirish va kelishish, 
shuningdek, 
avtomobil yo’llaridan foydalanish va saqlash bo’yicha 
xarajatlarni 
moliyalashtirish, O‘zbekiston Respublikasi Avtomobil 
yo’llari davlat qo’mitasi, uning hududiy bosh boshqarmalari, tuman 
yo’llardan foydalanish korxonalari, yo’llardan muntazam foydalanish 
korxonalari, ko’priklardan foydalanish korxonalari, Respublika yo’l 
jamg’armasi va Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yo’l-qurilish ishlari 
sifatini nazorat qilish Davlat inspektsiyasini saqlash funksiyalarini 
Moliya vazirligi zimmasiga yuklandi hamda boshqaruv xodimlarining 
cheklangan sonini 9 birlikdan iborat etib belgilagan holda Respublika 
yo’l jamg’armasini yo’l xo’jaligi sohasida xalqaro moliyaviy institutlar, 
xorijiy hukumat moliya tashkilotlari ishtirokidagi investitsiya loyihalarini 
amalga oshirish bo’yicha ijrochi organ sifatida belgilandi. 
Respublika yo’l jamg’armasiga 2019 yil 1 yanvardan keyin 
tushadigan majburiy ajratmalar summasi to’liq miqdorda Pensiya 
jamg’armasiga o’tkaziladigan bo’ldi hamda ushbu to’lovlar bo’yicha 
ortiqcha to’langan summalar Pensiya jamg’armasidan to’lanilishi 
belgilandi. Respublika yo’l jamg’armasining (xodimlarni moddiy 
rag’batlantirish maxsus hisobraqamidan tashqari) 2018 yil yakuni 
bo’yicha qoldiq mablag’lari O‘zbekiston Respublikasi respublika 
byudjetiga o’tkaziladi hamda yakunlanmagan qurilish-ta’mirlash va 
jihozlash ishlari keyinchalik O‘zbekiston Respublikasi respublika 
byudjetining qo’shimcha manbalari hisobidan moliyalashtirilishi qayd 
etildi. Shuningdek, 2019 yilning 1 yanvaridan tugatilayotgan davlat 
maqsadli jamg’armalarining 2019 yil 1 martgacha bo’lgan davr uchun 
xodimlariga to’lanadigan ish haqi, kompensatsiya to’lovlari va boshqa 
xarajatlarni 
moliyalashtirish O‘zbekiston Respublikasi respublika 
byudjetining qo’shimcha manbalari hisobidan amalga oshirilishi, 
shuni
ngdek, Respublika yo’l jamg’armasi tomonidan avval jalb 
qilingan xorijiy kreditlarni O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjeti 
hisobidan qaytarilishi qayd etildi. 

Yüklə 3,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   323




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin