T. Malikov O. Olimjonov moliya



Yüklə 3,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə205/323
tarix30.09.2023
ölçüsü3,97 Mb.
#150845
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   323
Мoliya. Darslik. T.Malikov, O.Olimjonov. Toshkent-2019

1. 
Eng umumiylik 
printsipi 
– jinsi, yoshi, millati, irqi, ishi-ning joyi 
va xarakteri, mehnatga haq to’lashning shaklidan qat’iy nazar, yoshi 
yoki nogironligi tufayli mehnatga layoqatsizligi sodir 
bo’lganda 
ijtimoiy 
ta’minotning barcha mehnatkashlarga nisbatan qo’llanilishini 
anglatadi. 
Bundan 
tashqari, 
eng 
umumiylik 
printsipi 
mehnatkashlarning barcha toifalariga, ya’ni ishchilar, xizmatchilar, 
dehqonlar, harbiylar, o’quvchilar va boshqa fuqarolarga nisbatan 
qo’llaniladi. Shuningdek, ijtimoiy ta’minot boquvchisi vafot etgan 
oilaning mehnatga qobiliyatsiz barcha a’zolariga (balog’at yoshiga 
etmagan bolalar, aka-ukalar, opa-singillar, nabiralar, qariyalar yoki 
mehnatga layoqatsiz er (xotin), ota, ona, bobo, buvi va boshqalar) 
nisbatan ham tegishlidir. 
2. 
Hammaga mumkinlik (lozimlik) 
printsipi 
– barcha uchun 
mumkin bo’lgan u yoki bu pensiyani aniqlash (belgilash) huquqini 
beruvchi shart. 
Masalan, hayotning o’rtacha davomiyligi 73,6 yil 
bo’lganda qarilik bo’yicha pensiya huquqi erkaklarda 60 yoshda, 
ayollarda esa 
– 55 yoshda, mehnatning og’ir turlarida band 
bo’lganlar uchun esa erkaklarda 50-55 yoshda, ayollarda esa – 45- 
50 yoshda vujudga 
keladi. Bu pensiyani olish uchun zarur bo’lgan 
mehnat staji erkaklar uchun 25 yil, ayollar uchun esa 
– 20 yil, 
mehnatning og’ir turlarida band bo’lganlar uchun bundan ham 
pastroq qilib belgilangan. Demak, barcha xolis (sidqidildan) xizmat 
qiluvchilar uchun bu stajga qarilik yoshiga etgundan ancha oldin 
erishish mumkin. 
3. 
Ta’minot o’lchami va shakllarining o’tgan (qilingan) 
mehnatga 
nisbatan bog’langan holda o’rnatish (belgilash) 
printsipi 
– bu ijtimoiy ta’minotning stajning davomiyligi, ishning shart- 
sharoiti, ish haqi va mehnat hamda ijtimoiy faoliyatning boshqa 
omillarga nisbatan bog’liq ravishda amalga oshirilishini taqozo etadi. 
Bu printsip ijtimoiy ta’minotda ish haqi orqali o’z ifodasini topadi, 
chunki unga ko’ra pensiya va nafaqalarning ko’plab turlari ish
haqiga nisbatan hisoblanadi. 

Yüklə 3,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   201   202   203   204   205   206   207   208   ...   323




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin