T. Malikov O. Olimjonov moliya


Jamg’arma mablag’larini shakllantirish manbalari



Yüklə 3,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə201/323
tarix30.09.2023
ölçüsü3,97 Mb.
#150845
1   ...   197   198   199   200   201   202   203   204   ...   323
Мoliya. Darslik. T.Malikov, O.Olimjonov. Toshkent-2019

Jamg’arma mablag’larini shakllantirish manbalari 
quyidagilardan iborat: 

O‘zbekiston 
Respublikasining 
asosiy 
makroiqtisodiy 
ko’rsatkichlari prognozi va Davlat byudjeti parametrlarini tasdiqlash 
vaqtida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlari bilan 
strategik resurslarga belgilanadigan chegara narxdan jahon narxining 
oshishi natijasida tushadigan 
mablag’lar; 

davlat mulkini xorijiy investorlarga chet el valyutasiga sotishda 
O‘zbekiston 
Respublikasining 
Davlat 
byudjeti 
daromadlarini 
shakllantirish 
chog’ida hisobga olingan hajmlardan ortiqcha 
tushadigan 
mablag’lar; 

Jamg’armaning aktivlarini boshqarishdan, shu jumladan 
Jamg’arma mablag’larining bo’sh qoldiqlarini joylashtirishdan 
keladigan daromadlar; 

qonun hujjatlariga muvofiq boshqa manbalar. 
Jamg’armaning mablag’lari uning O‘zbekiston Respublikasi 
Markaziy bankida ochilgan hisobvaraqlarida xorijiy valyutada 


shakllantiriladi. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki Jamg’arma 
hisobvaraqlariga tushgan mablag’larni ular tushgan kuni amalda 
bo’lgan Markaziy bankning almashuv kursi bo’yicha chet el 
valyutasiga 
konvertatsiya 
qiladi 
va 
Jamg’armaning valyuta 
hisobvarag’iga o’tkazadi. Soliq va to’lovlarning ayrim turlari bo’yicha 
mablag’larni Jamg’arma hisobvarag’iga o’tkazish belgilangan tartibda 
amalga oshiriladi. Jamg’arma mablag’lari tushumi manbalari va 
ulardan foydalanish yo’nalishlari har yili belgilangan tartibda 
O‘zbekiston Respublikasi Investitsiya dasturiga kiritiladi va Jamg’arma 
balansida aks ettiriladi. 
Jamg’arma mablag’lari quyidagi maqsadlar uchun 
foydalaniladi: 

avvalo 
yoqilg’i-energetika 
kompleksi, 
kimyo 
sanoati, 
mashinasozlik, rangli metallurgiya va iqtisodiyotning boshqa bazaviy 
tarmoqlarida, shuningdek transport va telekommunikatsiya sohasida 
Davlat investitsiya dasturiga kiritilgan g’oyat muhim loyihalarni 
moliyalashtirish, shu jumladan xalqaro va xorijiy moliyaviy institutlar 
ishtirokidagi loyihalarda O‘zbekiston Respublikasi ulushini qo’shma 
moliyalashtirish; 

kelajakda, birinchi navbatda qishloq hududlarida, yangi sanoat 
ishlab 
chiqarishlarini 
joylashtirish 
uchun 
ishlab 
chiqarish 
infratuzilmasini rivojlantirish va tiklash loyihalarini moliyalash 
maqsadida, shu jumladan Davlat 
byudjeti mablag’lari hisobidan 
qoplanadigan imtiyozli kreditlar berish; 

yangi 
tashkil 
etilayotgan 
moliyaviy 
institutlar 
hamda 
iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlarida xorijiy investitsiyalar ishtirokida 
strategik ahamiyatga ega 
bo’lgan korxonalarning ustav kapitaliga 
investitsiya kiritish; 

davlatning tashqi qarzlari bo’yicha xalqaro moliya institutlari va 
xorijiy kreditorlar oldidagi majburiyatlarni muddatidan oldin 
to’lash; 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlangan 
modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta jihozlash dasturlari 
doirasida tijorat banklariga xorijiy valyutada ochilayotgan kredit 
liniyalari orqali investitsiya loyihalarini jadal moliyalashtirish hamda 
amalga oshirish; 

ayrim loyihalarning dastlabki yoki yakuniy texnik-iqtisodiy 
asoslarini ishlab chiqishni grant asosida yoki foizsiz kreditlar ajratish 
yo’li bilan moliyalashtirish; 

yangi zamonaviy xorijiy texnologiyalar, texnika va uskunalar 
hamda strategik ahamiyatga ega 
bo’lgan boshqa tovarlarni 


tasdiqlangan davlat dasturlariga muvofiq xarid qilish uchun imtiyozli 
kreditlar berish; 

birinchi navbatda istiqbolli, ammo etarlicha rivojlanmagan 
hududlarda ishlab chiqarish va noishlab chiqarish infratuzilmasini 
shakllantirish bo’yicha ijtimoiy jihatdan ahamiyatli milliy davlat 
dasturlari va loyihalarini, Davlat byudjeti va investitsiya dasturining 
tasdiqlangan parametrlari doirasida, grant asosida moliyalashtirish 
(qo’shma moliyalashtirish); 

tijorat banklari bilan birgalikda qarz oluvchi korxonalarning 
investitsiya dasturi (biznes-rejalari)ni, shu jumladan ishlab chiqarishni 
texnik jihatdan qayta jihozlash, ishlab chiqarish quvvatlarining 
ishlatilishini ko’paytirish, raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarish va 
uni eksport qilish hajmlarini oshirish hamda 
qo’shilgan qiymat o’sishini 
ta’minlashga imkoniyat beruvchi loyihalarni qo’shma moliyalashtirish; 

Jamg’arma boshqaruvi va ijro etuvchi apparatining ta’minoti 
bilan bog’liq bo’lgan xarajatlarni qoplashga. 
Mablag’larni berish muddati va shartlari Jamg’armani 
boshqarish bo’yicha Kengash qarori bilan belgilanadi. Jamg’arma 
tomonidan beriladigan kredit resurslari bo’yicha foiz stavkasi yiliga 6 
foizgacha tabaqalashtirilgan miqdorlarda belgilanadi. 
Jamg’armaning kredit resurslari shartnomada belgilangan chet 
el valyutasida ajratiladi. 
Tijorat banki marjasining eng yuqori chegarasi Jamg’arma va 
tijorat banki o’rtasida tuziladigan kredit shartnomasida har bir loyiha 
bo’yicha alohida belgilanadi. 
Jamg’arma 
mablag’lari 
hisobidan 
birgalikda 
moliyalashtiriladigan import kontraktlari bo’yicha avans to’lovlarini 
to’lash, qoidaga ko’ra, etkazib beruvchi tomonidan qayta 
moliyalashtiruvchi tijorat bankiga birinchi darajali xorijiy bank 
tomonidan, avans 
to’lovini qaytarishga berilgan kafolatnomani taqdim 
etgan holda amalga oshiriladi. 

Yüklə 3,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   197   198   199   200   201   202   203   204   ...   323




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin