22-
bob. Ijtimoiy
ta’minot
22.1.
Ijtimoiy ta’minotning iqtisodiy asoslari va tamoyillari
Mamlakatning Konstitutsiyasi, odatda, yosh bo’yicha, kasal,
nogiron yoki boquvchisini yo’qotganda, bolalarni tarbiyalash uchun
va qonunda ko’zda tutilgan boshqa holatlarda har bir kishining
ijtimoiy ta’minotini kafolatlaydi. Iqtisodiy kategoriya sifatida ijtimoiy
ta’minotga quyidagicha ta’rif berish mumkin: jarayonida fuqarolarni
moddiy ta’minlash va ularga xizmat ko’rsatish uchun milliy
daromadning bir qismi hisobidan pul mablag’larining ijtimoiy
fondlarini shakllantiradigan va ulardan foyda-lanadigan taqsimlash
munosabatlari tizimiga ijtimoiy ta’minot deyiladi. Mana shunday keng
ma’noda, ijtimoiy ta’minot fondlarini shakllantirish manbalari va
ta’minotni tashkil etishga bog’liq bo’lmagan holda jamiyat barcha
a’zolarining tegishli tarzda ta’minlanishini o’z ichiga qamrab oladi.
Pulli pensiya va nafaqa to’lovlari ijtimoiy ta’minot bo’yicha
xarajatlarning asosiy ko’rinishlari hisoblanadi.
Pensiya
– bu qarilik, nogironlik, xizmat qilgan yillari va
boquvchisining yo’qotilganligi munosabati bilan (bog’liq ravishda)
fuqarolarni moddiy jihatdan ta’minlash uchun ma’lum pul
summalarining davrma-
davr to’lanmalaridan iborat. Pensiyaning
quyidagi ko’rinishlari mavjud:
Yoshga doir (qarilik) pensiya(si) (ba’zi xorijiy davlatlarda
qarilik pensiyasi deyiladi, bizning qonunchiligimizda yoshga doir
pensiya deyilgan);
nogironlik pensiyasi;
xizmat qilgan yillari uchun pensiya (qonunchiligimizda uch xil
pensiya tizimi qayd etilgan, bu holat pensiyaga ustamalar sifatida
yoki muddatidan oldin pensiyaga chiqish bo’yicha imtiyozli
pen
siyaga chiqish ro’yxatlari bo’yicha keltirilgan kasb egalarini
pensiyasi sifatida qayd etiladi, xorijda bunday nomdagi pensiyalar
mavjud, bizda bu pensiyalarimizning tarkibida yuritiladi);
boquvchisini yo’qotganligi uchun pensiya.
Fuqarolarning ayrim toifalari uchun ijtimoiy pensiyalar deb
ataladigan pensiyalar ham to’lanadi (bizda bu ko’proq ijtimoiy
nafaqalar deb yuritilmoqda, ammo ayrim xorijiy mamlakatlarda
bundan nomlanadigan pensiyalar mavjud).
Yuqoridagilarni hisobga olib, ularni quyidagicha ham ifodalash
ham mumkin:
Yoshga doir (qarilik) pensiya (si);
nogironlik pensiyasi;
boquvchisini yo’qotganligi uchun pensiya.
Ba’zi mamlakatlarda pensiyalarning xizmat qilgan yillari uchun
pensiyalar va ijtimoiy pensiyalar ko’rinishlari ham mavjud. Bizning
mamlakatimizda
xizmat
qilgan
yillar
uchun
pensiyalar
qonunchiligimizda qayd etilgan pensiyalarning tarkibiy qismi
hisoblanadi, ijtimoiy pensiyalar tayinlanadigan ijtimoiy nafaqalar
ko’rinishiga ega va ushbu nafaqalar bugungi kunda davlat byudjeti
hisobidan moliyalashtirilishi belgilangan.
Nafaqalarning quyidagi asosiy ko’rinishlari bo’lishi mumkin:
vaqtinchalik mehnat qobiliyatini yo’qotganligi uchun;
homiladorlik va tug’ish bo’yicha;
farzand
tug’ilganda;
bola parvarishi
bo’yicha;
muddatli harbiy xizmatchilarning bolalariga;
ishsizlik
bo’yicha;
ta’ziya holatlari bo’yicha.
Yuqoridagilar bilan bir qatorda ta’minotning boshqa quyidagi
shakllari ham amal qiladi:
kasbiy-texnikaviy
o’qitish;
ishsizlarni qayta
o’qitish;
nogironlarni qayta o’qitish va ishga joylash;
qariyalar va nogironlar uchun internat-uylarida mehnatga
qobiliyatsizlarni tekinga saqlash;
nogironlarni protezlash va ularni moto-velokolyaskalar va
atomobillar bilan ta’minlash;
uyga yordamning
ko’p ko’rinishlarini tashkil qilish va boshqalar.
I
jtimoiy ta’minot mehnat qilish qobiliyatini qisman yoki to’liq
yo’qotgan shaxs xususida davlat va jamiyat g’amxo’rligi, inson-
parvarlikning namoyon bo’lish shaklidir. Mehnat faoliyatining
to’xtatilishi
munosabati
bilan
insonning
moddiy
ahvoli
yomonlashgan
da, o’z mehnat qobiliyati yo’qotilganligi inson ongiga
kuchli salbiy ta’sir ko’rsatayotgan bir paytda ijtimoiy ta’minot davlat
va jamiyat tomonidan uning unutilmaganligini va o’z holiga tashlab
qo’yilmaganligini ko’rsatadi.
“Ijtimoiy ta’minot” kategoriyasining mazmuniga oid iqtisodchilar
o’rtasida yagona fikr mavjud emas. Mualliflarning ba’zi birlari
“ijtimoiy ta’minot” tushunchasini keng ma’noda talqin qilib, uning
tarkibiga ona va
bolani, fuqarolarni qarilik chog’ida va mehnat
qobiliyatini yo’qotganda tekin ta’minlanishi, davolash va tibbiy
xizmatlarning tekinligi bilan bog’liq bo’lgan ijtimoiy-iqtisodiy tadbirlar
majmuining barchasini kiritadilar. Boshqa bir toifadagi mualliflar
“ijtimoiy ta’minot” va “ijtimoiy sug’urta”ni yagona tartibdagi iqtisodiy
kategoriyalar sifatida ko’rib chiqadilar. Uchinchi guruh mualliflari
“ijtimoiy ta’minot” tushunchasini tor ma’noda tasavvur qilib, ijtimoiy
sug’urta bilan qamrab olinmaydigan ta’minotning turlarinigina uning
tarkibidan iborat deb hisoblaydilar. V
a nihoyat, to’rtinchi guruhga
kiruvchi mualliflar ham mavjudki, ularning fikricha, meh-natga
qobiliyatsizlikni ta’minlashning turli shakllari va ko’rinishlari, shu
jumladan, ijtimoiy sug’urtani ham qamrab oluvchi yagona “ijtimoiy
ta’minot” tushunchasi mavjud.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi fuqarolarning
mehnat qilish, dam olish, sog’ligini muhofaza qilish huquqlariga,
qariganda, kasal bo’lganda, mehnat qobiliyatini vaqtinchalik yoki to’liq
yo’qotganda va boquvchisidan mahrum bo’lganda ijtimoiy ta’minot,
uy-
joyga egalik qilish,ma’lumot olish, madaniyat yutuqlaridan
foydalarish huquqlariga, davlat va jamoatchilik ishlarini boshqarish
huquqiga ega ekanligini kafolatlaydi. Shu munosabat bilan va
“ijtimoiy ta’minot” tushunchasini keng talqin qilish pozitsiyasidan
nafaqat tekin tibbiy xizmat
ko’rsatish va davolash, balki
Konstitutsiyada ko’zda tutilgan tekin bilim olish, madaniyat
yutuqlaridan foydalanish va boshqa ijtimoiy-iqtisodiy tadbirlardan
bahramand bo’lish kabilarni ham uning tarkibiga kiritish maqsadga
muvofiq bo’lur edi. Chunki bu huquqlarning har biri fuqarolarning turli
ehtiyojlarini qondirishni nazarda tutib, Konsti-tutsiyada
ko’zda tutilgan
tegishli tadbirlar va mablag’lar bilan ta’minlanadi. Masalan, qarilik
chog’ida, kasallik paytida va mehnat qobiliyatini to’liq yoki qisman
yo’qotganda, shuningdek boquvchisidan mahrum bo’lgandagi
moddiy jihatdan ta’minlanish huquqi ijtimoiy ta’minotning turli shakllari
orqali amalga oshiriladi. Sog’liqni muhofaza qilish huquqini
ta’minlash, ya’ni tekin tibbiy xizmat ko’rsatish va davolanish bo’yicha
maxsus shakllar ko’zda tu-tilgan. Boshqacha qilib aytganda,
fuqarolarning turli ehtiyojlari ularni qondirishning o’ziga xos bo’lgan
o’z shakllariga egadir. Shularga muvofiq ravishda pul mablag’lari
fondlari ham shakllantiriladi.
Bulardan ko’rinib turibdiki, “ijtimoiy
ta’minot” tushunchasini bundan ham kengroq tarzda talqin qilish
o’zining etarli darajadagi asosiga ega emas.
Bir vaqtning o’zida, “ijtimoiy ta’minot” va “ijtimoiy sug’urta”ni
parallel ravishda amal qiluvchi, mustaqil bir tartibli iqtisodiy
kategoriyalar sifatida talqin qiladigan, ijtimoiy
ta’minotga davlat
byudjetining
to’g’ridan-to’g’ri o’tkazma (transfert)lari hisobidan
amalga oshiriladigan, ijtimoiy sug’urtaga esa faqat ijtimoiy sug’urta
fondi mablag’lari hisobidan amalga oshiriladigan tadbirlar kiradi, deb
hisoblaydigan qarashlarni asoslangan deyish mumkin emas.
Ijtimoiy ta’minotga to’g’ridan-to’g’ri o’tkazma (transfert)lar
hisobidan Davlat byudjetidan, Pensiya jamg’armasidan va ijtimoiy
sug’urta fondidan qilinadigan xarajatlarning yo’nalishlarida printsipial
xarakterdagi farqlar yo’q. Bir vaqtning o’zida ham to’g’ridan-to’g’ri
byudjet ajratmalari, ham Pensiya jamg’armasi va Ijtimoiy sug’urta
jamg’armalari hisobidan qarilik (yoshga doir), nogironlik, ishlagan
yillari uchun, boquvchisini yo’qotgandagi pensiyalar, farzand
tug’ilganda, homiladorlik va tug’ish nafaqalari to’lanishi mumkin. Bu
yerda farqlar faqat ta’minlanayotganlarning kontingentiga nisbatan
bo’ladi, xolos. Pensiya va Ijtimoiy sug’urta jamg’armalari
mablag’laridan ishchi va xizmatchilar, ilmiy xodimlar, bevosita
byudjetdan esa Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Bojxona
organlari va boshqa bir necha toifadagi boshliqlar tarkibidagi harbiy
xizmatchilar ta’minlanadi.
Shuning uchun ham ijtimoiy sug’urtani ijtimoiy ta’minotga bog’liq
bo’lmagan holda parallel ravishda mavjud bo’lgan, mustaqil
kategoriya deb hisoblashga asos mavjud emas. Aksincha, ijtimoiy
sug’urta yaxlit butunning bir qismi sifatida ijtimoiy ta’minotga tegishli
bo’lib, uning shakllaridan biri hisoblanadi.
Ijtimoiy ta’minotning iqtisodiy manbalari xususida gapirilganda
ayrim iqtisodchilar ijtimoiy iste’mol fondlarini (pensiya to’lovlarini
birga qo’shgan holda) shakllantirishning manbaini qo’shimcha
mahsulot, boshqalari esa ijtimoiy iste’mol fondlarini zaruriy mahsulot
bilan bog’laydi.
Turli ijtimoiy ta’minot fondlari va ulardan to’lanmalarning tahlili
shuni ko’rsatadiki, ularning ba’zilarining manbai zarur mahsulot bo’lsa,
boshqalariniki esa qo’shimcha mahsulotdir. Masalan, vaqtinchalik
mehnat qobiliyatini
yo’qotgandagi nafaqa to’lanmalari, homiladorlik va
tug’ish bo’yicha nafaqalar, nogironlarni o’qitish va ishga joylashtirish
xarajatlari, ishsizlarni qayta o’qitish xarajatlarining manbai bo’lib
zarur
mahsulot
hisobla-nadi.
Bu
to’lanmalarning yo’nalishi
vaqtinchalik mehnat qobiliyatini yo’qotgan paytda yoki ishsizlik davrida
xodimga zarur bo’lgan hayotiy ne’matlarni berish bilan belgilanadi. Bu
to’lanmalar ishchi kuchini takror ishlab chiqarish xarajatlari bilan
bevosita
bog’liqdir.
Pensiya to’lanmalariga nisbatan vaziyat (holat) boshqacha. Bu
to’lanmalar mehnatga qobiliyatsizlarga to’lanmalardir. Mehnat
faoliyati boshlangunga qadar mamlakatning har bir yosh avlodi ham
zaruriy mahsulot (ota-
onalarning mehnat haqi to’lovlari shaklida) va
ham qo’shimcha mahsulot (ijtimoiy iste’mol fondlaridan xizmatlar va
imtiyozlar
shaklida)
hisobidan
saqlanadi.
Mehnat
faoliyati
boshlanganidan to pensiyaga chiqqunga qadar (35-40 yil ichida) bu
avlod oshib boruvchi hajmlarda ijtimoiy mahsulotni (za-ruriy va
qo’shimcha) yaratadi. Jamg’armaga yo’naltirilgan qo’shimcha
mahsulotning qismi ancha oshadi. Buning natijasida milliy boylikning
hajmi tez o’sadi. Demak, ko’rinib turibdiki, har bir yangi avlod
o’zining navbatdagi avlodiga o’zining oldingi ajdodlaridan olgan
milliy boylikka nisbatan kattaroq hajmdagi milliy boylikni qoldiradi.
Ana shu asosda har bir yangi avlod
o’z mehnati bilan yalpi
mahsulotni ishlab chiqarishni oshiradi. Bunda moddiy boylik ishlab
chiqarish sohasi xodimlarining shaxsiy ehtiyojlarini qondirishga
foydalaniladigan zaruriy mahsulotning ham hajmi va ishlab
chiqarishni rivojlantirishga hamda
ijtimoiy iste’mol fondlarini
shakllantirishga, shu jumladan, jamiyatning mehnatga qobiliyatsiz
a’zolarini ta’minlashga yo’naltirilayotgan qo’shimcha mahsulotning
hajmi ham o’sadi.
Iqtisodiy jihatdan taraqqiy etgan mamlakatlarda pensiya
to’lanmalari ko’p yillar davomida, asosan, mehnatkashlarning ish
haqlaridan
ajratmalar
yordamida
shakllantiriladigan
pensiya
jamg’armalari hisobidan amalga oshiriladi. Shuning uchun ham bu
yerda pensiya jamg’armalari zaruriy mahsulotning rezervlashtirilgan
qismidan iborat bo’lib, uni xodim qarilik yoki nogironlik bo’yicha
pensiyaga chiqqandan so’ng, ola boshlaydi.
Mamlakatimizda qariganda, kasalligida, mehnat qobiliyatini to’liq
yoki qisman yo’qotganda, boquvchisidan mahrum bo’lganda moddiy
ta’minlash huquqi mamlakat Konstitutsiyasiga muvofiq ijtimoiy
ta’minotning turli shakllari bilan kafolatlangan. Mehnatkashlar
o
’zlarining ish haqlaridan 0,1% (2019 yil 1 yanvaridan boshlab)
miqdorida
o’zlarining
kelgusi
jamg’ariladigan
pensiyalariga
ajratmalarni o’tkazadilar (2019 yil 1 yanvardan boshlab 2018 yilda
mehnatkashlarning ish haqlaridan ushlab qolinadigan 8% yagona
ijti
moiy sug’urta fondiga, ya’ni Pensiya jamg’armasiga o’tkaziladigan
majburiy ajratma bekor qilindi). Kelgusi davrning pensionerlari uchun
pensiya jamg’armasi davlat mablag’lari hisobidan ham oldindan
shakllantirilmaydi. Mehnatga qobiliyatsizlarni ta’minlash uchun
fondlar YaIM va MDni taqsimlash jarayonida har yili ajratiladi va
ulardan foydalaniladi.
Ishlamaydigan pensionerlar zaruriy va qo’shimcha mahsulotni
yaratmaganligi va ularning mehnat faoliyati davrlarida pensiya
jamg’armasi ular uchun shakllantirilganligi tufayli har yili
shakllantirilishi lozim bo’lgan pensiya jamg’armalarining manbai
ishlayotgan avlodning qo’shimcha mehnati evaziga yaratilgan YaIM
va MD qismi, ya’ni qo’shimcha mahsulot hisoblanadi.
Ijtimoiy ta’minotning o’ziga xos bo’lgan muhim xususiyati uni
vujudga
keltirishning
(yaratishning,
qurishning,
tuzishning)
printsiplaridir. Ular quyidagilardan iborat:
Dostları ilə paylaş: |